O‘quv uslubiy majmua Jizzax politexnika instituti kengashining 2020 yil 20


- AMALIY MASHG'ULOT MAVZU; BO'YOQ QOPLAMALARINING



Yüklə 414,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/77
tarix19.12.2023
ölçüsü414,5 Kb.
#185442
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77
UMK Lak va boyoq materiallari сканер 1

6- AMALIY MASHG'ULOT MAVZU; BO'YOQ QOPLAMALARINING 
FIZIK MEXANIK XUSUSIYATLARI 
BO‘YOQ VA LOKLARNING QUYUQ-SUYUQLIGINI ANIQLASH 
Bo‘yoq va loklarning quyuq-suyuqligi O‘zRST shartlarini qanoatlantirishi 
kerak. Masalan, olifning quyuq-suyuqligi viskozimetr asbobida aniqlanadi. Bo‘yoq 
va loklarning quyuq-suyuqligini topishda asosan uch xil viskozimetr ishlatiladi: 
V3-1 (Engler viskozimetriga o‘xshash), V3-4 va sharikli viskozimetr, og‘irligi 
2,033 g bo‘lgan sharik va uzunligi 370 sm, diametri 20 mm li po‘kak bilan 
berkitiladigan shisha naychadan iborat. Bu viskozimetrda olif va lokning quyuq-
suyuqligi shisha naychadagi sharning cho‘kish tezligiga asoslangan. 
Asbob-uskunalar:
VZ-4 viskozimetri, vizkozimetr uchun shtativ, stakan, 
termometr, sekundomer. 
Ishlash tartibi.
Obdon suyuq eritmada yuvib, keyin quritilgan viskozimetr 
(1-rasm) shtativga o‘rnatiladi. Sinashga tayyorlangan lok, olif yoki bo‘yoq shisha 
tayoqcha bilan aralashtiriladi va 5-10 min tindiriladi. Viskozimetr ostiga 
sinalayotgan suyuqlikni oqib quyilishi uchun hajmi 110 ml dan kam bo‘lmagan 
shisha stakan qo‘yiladi. Viskozimetrning quyi teshigini barmoq bilan berkitib
unga sinaladigan suyuqlikdan (olif, lok yoki bo‘yoq) to‘ldirib quyiladi. Keyin 
zudlik bilan teshikdan barmoqni olib sekundomer yurgiziladi. 
Viskozimetrdan suyuqlikni tushishi to‘xtashi bilan sekundomer to‘xtatiladi. 
Sinash odatda xona haroratida (t=20-22°Cda) bajariladi. 
1-rasm. VZ-4 viskozimetri: a - asbobning umumiy ko‘rinishi,
b - VZ-4 viskozimetri; 1 - rezervuar, 2 - konus va soplo, 3 - ariqcha. 


VZ-4 viskozimetridan 100 ml suyuqlikning oqib tushishi uchun ketgan vaqt 
(sek da) uning quyuq-suyuqligini ifodalaydi. O‘zRST shartlariga ko‘ra, VZ-4 
viskozimetri bilan quyuq-suyuqligi 20-150 sek bo‘lgan suyuqliklar sinalishi kerak. 
Bundan suyuq bo‘lgan boglovchilar uchun VZ-1 viskozimetri ishlatiladi. 
Qaymoqsimon quyuq boglovchilar uchun esa, sharikli viskozimetrdan 
foydalaniladi. 
BO‘YOQ VA LOKLARNING QURISH TEZLIGINI ANIQLASH 
Bo‘yoq va lok ashyolari quriganda ularning yuzasida chang olmaydigan 
yupqa parda hosil bo‘ladi. 

Yüklə 414,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin