Benzoy kislotadan benzol olish. Benzoy kislotani dekarboksillash (ishqor
qo’shib qizdirish yo’li bilan karboksil gruppadan karbonat angidrid ajratib chiqarish)
orqali ancha toza benzol olish mumkin.
Hovonchada 5 g benzoy kislota bilan 10 g natron ohakni maydalab
aralashtiring. Aralashmani probirkaga soling va uning og’zini uzun gaz o’tkazish
nayi o’rnatilgan probka bilan berkiting. Probirkani shtativ qisqichiga o’rnating va
gaz o’tkazish nayining pastki uchini muz bilan sovitiladigan ozgina suvi bor
yig’gich-probirkaga tushiring. Quruq aralashmali probirka dastlab ehtiyotlik bilan
pastroq alangada, so’ngra esa qattiq, qizdiriladi. Aralashma butunlay qoraygach,
qizdirishni to’хtating. Yig’gichdagi haydalgan suyuqlik ikki qatlamga ajraladi.
Yuqorigi qavat (benzol) odatda kristallanadi, Bu kristallar gaz o’tkazish nayining
teshigini berkitib qo’ymasin. Yig’gichdagi suyuqlikning yuqori qavati ajratgich
voronka yordamida ajratib olinadi. Unga bir necha bo’lak kalsiy хlorid solib quriting
va haydang. Benzol 79-80° C da to’liq haydaladi va 2 - 2,5 g ni tashkil etadi:
C
6
H
5
COOH
0
t C
6
H
6
+ CO
2
benzoy kislota
Natriy benzoatdan benzol olish. Karbon kislotalarning kaliyli yoki natriyli
tuzlarini ishqor qo’shib qizdirish yo’li bilan parchalash uglevodorod olishning
umumiy usullaridan biri hisoblanadi. Shu usuldan foydalanib, natriy benzoatdan
benzol olish mumkin.
Quruq probirkaga 1 massa qism natriy benzoat va 2 massa qism natron
ohakdan iborat aralashma soling. Probirkani shtativ halqasiga gorizontal holatda
o’rnating va uning og’zini gaz o’tkazish nayi o’rnatilgan probka bilan berkiting.
Gaz o’tkazish nayining pastki uchini muz bilan sovitiladigan suvli probirkaga
tushiring. Aralashma solingan probirkani gaz gorelkasi alangasida qizdiring.
Benzolni yig’gich (probirka) ga haydalishi uchun, avval, probirkaning yuqori
qismini, so’ngra aralashmani qizdiring. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan benzol
yig’gichdagi suv yuzasida mayda moysimon tomchilar holida to’planadi. Benzolni
unga хos hididan bilish mumkin.
C
6
H
5
COONa + NaOH
0
t C
6
H
6
+ Na
2
CO
3
natriy benzoat