О„simliklarning mineral oziqlanishi. Mineral elementlarning fiziologik ahamiyati



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/23
tarix06.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#83191
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
5-maruza (1)

Mis. Mis ham temir kabi nafas olishda va fotosintezda elektron transporti zanjirida 
qatnashadi. Masalan; Fotosintez elektron transport zanjirida mis tutuvchi ko’k rangli 
oqsil plastotsianin tarkibiga kiradi. Misnni ko’p qismi(barg tarkibidagi misni 75%) 
xloroplastlarda bo’ladi va shuning bilan birga fenollarga elektron biriktirishda yoki 
askorbin kislotani kaytarishda ishtirok etuvchi difenoloksidaza va askorbinatoksidaza 
fermentlari tarkibiga ham kiradi. Bu fermentlarda mis oqsil bilan sulfigidril gruppa 
orqali birikkan bo’lishi mumkin. Bu jarayonlardan tashqari mis nitratreduktaza va 
proteaza fermentlarini faollashtiradi demak, oqsil va azot almashinuvida ham ishtirok 
etar ekan. Misni kuchli defitsidligida muddatidan ilgari barglari to’kilib ketadi, 
o’sishi tormozlanadi va bor, rux margeneslar o’z funksiyasini bajarmaydi. 
Rux. Ko’pchilik fermenlarni faolligini va shuning bilan birga xlorofil sintezini, 
karboangidraza tarkibiga kiradi, CO
2
gidrotatsiyasini katalizlab, ko’mir kislotasi hosil 
bo’lishi, uni suvga va CO
2
parchalnishini reaksiyalarida ishtirok etadi. Bundan 
tashqari rux nafas fermentlar, fosfo-piruvat-gidrotaza, ketozo-1-fosfataoldolaza, 
geksokinaza, degidrogenaza, fosfoglitserin aldegidini faollashtiradi.Rux ishtirokida 
kaliy, marganes va molibdenni yutilishi kuchayadi. Rux IUK, hosil bo’lishini va 
triptofan sintezini tezlashtiradi. O’simlikka rux berilganda IUK hosil bo’lishi va 
o’sish tezlashadi. 
Rux yetishamsligini dastlabki belgilari barg plastinkasini tomirlari bo’ylab, to’q 
ko’k rang paydo bo’ladi. Rux tanqisligi davom etssa, to’qmalar nobud bo’lib, o’sish 
nuqtasi parchalanib ketadi. 
Molibden. Mo bir necha fermentlar ishi uchun muhim, jumladan; nitrat azotni 
nitritga qaytarilishdagi nitratreduktaza va azotfiksatsiya qiluvchi mikroorganizmlarda 


gaz holidagi azotni ammoniyga aylantirish uchun javobgar bo’lgan nitrogenazalar 
tarkibiga kiradi. 
Yuqori o’simliklar nitratreduktazasi - bu flavoproteid, molekulyar masCasi 2OO-
3OO kD atrofida bo’lib, tarkibida gem va molibden tutadi. Hozirgi davrda 
nitratreduktaza yuqori o’simliklarni tarkibiga kiruvchi birdan-bir ferment hisoblanadi. 
Muhit tarkibiga nitratlar va molibden qo’shilgandan keyin O,5-3 soatda 
nitratreduktaza fetmenti hosil bo’ladi. 
Nitratreduktaza fermentini faolligi o’simlikni nitrat bilan oziqlantirilganda, ammiak 
bilan oziqlantirgandagiga nisbatan 10 barobar faolligi ortadi. Molibden trikarbon 
kislotalar siklidagi suksinatdegidrogenaza fermentini faollashtiradi.
Molibden yetishmasligini birinchi belgilari eskirgan barglarni xlorozga uchirashi. 
Bu element yetishmasligi natijasida azot almashinuvi buziladi: oqsil sintezi 
kamayadi, shuning bilan bir vaqtda aminokislotalar va ularning amidlarini miqdori 
pasayib ketadi. Molibdensiz o’simlik tarkibida askorbin kislota miqdori keskin tushib 
ketadi. Bu ME ni yetishmasligidan fosfor almashinuvi buziladi. 
Bor. Bu mikroelemetlar hujayralarni cho’zilishida, nuklein kislotalar sintezida, 
hujayralarni garmonlar ta’siriga reaksiyasi, membranalarni normal funksiyasi uchun 
zarurligi, bironta fermentlar tarkibiga kirmaydi, lekin, fermentativ reaksiyalar 
tezligiga ta’sir qiladi, fermntlar o’zi faollashmasdan yoki inaktivatsiya bo’lmasdan, 
ularni substratiga ta’sir qiladi. Borni muhim xususiyatlaridan biri oddiy qandlar
polisaxaridlar, spirtlar, fenollar va boshqa moddalar bilan komplek birikmalar hosil 
qiladi. Borni saxaroza bilan qilgan birikmasi, uni osonlik bilan membranadan o’tib, 
floemada tez harakat qilishiga yordam beradi. Atmosferadagi CO
2
nishonlab 
o’takazgan tajribalar shu narsani ko’rsatdiki, bor bilan oziqlantirilganda fotosintezda 
hosil bo’lgan maxsulotlar, o’simlikni boshqa organlariga tezroq oqib o’tadi. Ehtimol 
bu holat bor ishtirokida o’simlikni tez gullashiga sabab bo’lsa kerak. 
Bor glyukoza-1-fosfatni kraxmalga aylanishini tormozlab qo’yadi, shuning uchun 
o’simlikda bor yetishmasligidan barglarda kraxmal va qandlar ko’p to’plpnib qoladi, 
ularni poyasida, ildizida va mevasida aksincha uglevodlar oz bo’ladi. Bor oksidlanish 
jarayonlarini faollashtiradi, oqsillar, ATF sintezi, ildizlar orqali kalsiyni yutishi, 


toksik fenollar hosil bo’lishini katalizlovchi ayrim fermentlarni ingibitori bo’ishi ham 
mumkin. 
Bor yetishmasligidan nuklein kislotalar sintezi izidan chiqadi. Bu element boshqa 
to’qmalarni meristemasini shakillanishida zarur bo’ladi, bor elementisiz organik 
kilotalarni aminlanishi tormozlanadi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin