O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil ish



Yüklə 29,79 Kb.
səhifə4/10
tarix07.01.2024
ölçüsü29,79 Kb.
#202463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil

сокушуб урушур, отра тон тiтшур-so`kishdan urishish boshlanadi. O`rtada to`n yirtiladi. Bu maqol (odamlarni) so`kishdan qaytarishga undab aytiladi. Ushbu maqolda keltirilgan so`zlardan ota-onalar o`z hayot faoliyatlarida foydalanmasliklari kerak. Farzandlar ham o`zaro bunday muammolarga yo`liqmasliklari, yomon illatlarga qo`l urmasliklari, ota-onaga, qarindosh-urug`larga hurmat-ehtirom bilan muomala qilishlari, bir-birlarini ardoqlashlari to`g`risida so`z boradi. Oila va qarindosh urug`chilik rishtalari muqaddasdir.Har bir amalning, harakatning boshlang`ich nuqtasi oilada shakllanadi. “Devonu lug`atit turk” da oilada ya`ni turmushda ishlatiluvchi so`zlarham keltirib o`tilgan. Misol tariqasida кiдiдi-jiyak tikishdi ол мэна борк қiдiшi-u menga do`ppi jiyakini tikishda yordam berdi. Oirдi-kesdi эр эт бirдi-odam go`sht kesdi. Boshqa narsani kelishga ham bu so`z qo`llaniladi6. Barchamizga malumki ushbu faoliyatlar bilan onalar kop`roq shug`llangan va qizlargaham o`rgatishgan. Inson oilada barcha amallarni o`rganadi deb bejizga aytib o`tilmadi. Avvalo ota-onasiga, aka-ukalariga mehribon bo`lishni o`rganadi va qarindoshlik rishtalari shakllanadi. Onalardan qizlar ro`zg`or ishlarinio`rganadilar. Farzandlarning birinchi muallimlari ota-onalar bo`ladilar. Bularning barchasi mehr-oqibat qarindosh-urug`chilik rishtalariga bog`liqdir. Tug`ilib o`sgan go`shasida ota-onasi, qarindosh-urug`ida, bog`cha maktabiyu kasbu korida mehr bilanmunosabatda ko`lib ketayotgan inson ma`nan va ruhan barkamol, jonkuyar va fidoiy inson sifatida qadr-qimmat topadi. Aksi esa… faqat oqibatlarni yetaklab kelaveradi. Sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf asarlarida madh etgan, Oxunjon Madaliyev navosida sayr etga mehr hamisha insoniyatni ezgulikka, saodatga chorlab turaveradi: O`tar qancha yillar to`zoni Yulduzlar-ko`zyoshi samani O`tar inson yaxshi-yomoni, Mehr qolur-muhabbat qolur.

«Devonu lug’otit-turk» («Turkiy so’zlar devoni») — Mahmud Koshg’ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071—72). Bu asarda 11-a. ning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va G’arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug’ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geografiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan. «Devonu lug’otit-turk»ning qo’lyozmasi 1914 y. Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. 319 sahifali bu qo’lyozma Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa «Devonu lug’otit-turk» yozilganidan salkam 200 yil keyin, ya’ni Mahmud Koshg’ariyning o’z qo’li bilan yozilgan nusxadan 1266 yilda kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy al-Damashqiy tomonidan ko’chirilgan. «Devonu lug’otit-turk» arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish maqsadida arabcha harakatlar (harflardagi ost-ust ishoralar)dan foydalanilgan. Bunda, albatta, muallif ancha qiyinchilikka uchragan, chunki arabcha harf va alif, vov, yo) ishoralari bilan turkiy tovushlarni berib bo’lmas edi. Turkiy tildagi cho’ziq va qisqa unlilar, yumshoq va qattiq tovushlar uchun Maxmud Koshg’ariy maxsus belgilar (harakatlar)ni qo’llaydi yoki so’z boshidagi cho’ziqlikni ikki alif bilan ko’rsatadi yoki ikki xil talaffuz qilinadigan so’zlarga 2 xil ishora qo’yadi: azuqluq, eritmak so’zlaridagi Z va R harflari ustiga ham kasra, ham damma ishorasini qo’ygan, demak, bu so’zlar o’sha davrda ikki xil talaffuz etilgan: azmqluq — azuqluq, eritmak — erutmak kabi. Arabcha harf b-n ko’rsatish mumkin bo’lmagan turkiy talaffuzni «Devonu lug’otit-turk»da izohlab, ta’riflab o’tgan. «Devonu lug’otit-turk»da, avvalo, otlar, so’ng fe’llar izohlanadi. So’zlar tartibi ularning tarkibidagi harflarning orta borishiga (2 harfdan 7 harfgacha) qarab amalga oshirilgan. Mahmud Koshg’ariy «Devonu lug’otit-turk»ga o’zi tuzgan dunyo xaritasi (dunyoning doira shaklidagi tasviri)ni ilova qilgan. Xaritada mamlakat, shahar, qishloq, tog’, cho’l, dovon, dengiz, ko’l, daryo va h. k. ning nomlari yozilgan. Xaritaga yozilmay qolgan bir qancha nomlar asar matnida izohlangan. Xarita, asosan, hoz. Sharqiy yarim sharga to’g’ri keladi. Asarda 11-a. dagi shaharlar, qishloqlar, dengiz, ko’llar, turkiy qabilalar va urug’lar haqida, urug’larning ijtimoiy aqvoli, kelib chiqishi, nomlanishi, ichki urug’ va toifalari, ularning joylanishi, urf-odatlari, til xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.


Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin