O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil ish



Yüklə 29,79 Kb.
səhifə8/10
tarix07.01.2024
ölçüsü29,79 Kb.
#202463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil

Ma’lum bo‘ladiki, bu borada aniq to‘xtamga kelinmagan, tafovutli xulosalar turlicha. «Devon»ning qachon va qaerdan topilgani haqidagi dastlabki ma’lumot asarning birinchi noshiri va ilk tarjimoni kilisli Rifatning «Yangi tong» gazetasida («Yeni sabah», 1945 yil 30 sentyabr, 4, 7, 11, 14, 18 oktyabr) e’lon qilgan xotiralarida uchraydi. Xotiralar Turkiyada bir necha marta qayta nashr qilingan. Unda asarning topilgan joyi sifatida sahhoflar bozori ko‘rsatilgan. Xo‘sh, bu holda «O‘zbek adabiy tili tarixi»dagi ma’lumot qanday paydo bo‘ldi? Sahhoflar bozori qaysi shaharda? Bu savollarga aniqlik kiritilishi zarur. Asarni topgan Ali Amiriy asli Diyorbakir shahridan bo‘lgan. Shu bois, Rifat xotiralarda «diyorbakirli Ali Amiriy afandi», deb tilga olgan. Ali Amiriy «Devon»ning topilgani haqidagi ma’lumotlarni ham «Diyorbakir qiroatxonasi»da gapirib bergan. Manbalarda «Devon» topilgan sahhoflar bozori Istambul shahridagi Boyazid maydonida joylashgani qayd qilingan (Muxtor Tevfik o‘g‘li. Ali Amiriy. Anqara, 1989, 73—74-betlar). Diyorbakir qiroatxonasi ham Istambuldagi Qarababa ko‘chasida joylashgan. Ali Amiriy 1908 yili Istambul shahriga ko‘chib kelib, umrining oxiriga qadar shu shaharda yashagan. Biroq Rifat xotiralarida sahhoflar bozori va Diyorbakir qiroatxonasining Istambul shahrida joylashgani, Ali Amiriyning 1908 yili bu shaharga ko‘chib kelgani haqida ma’lumot berilmagan. Xuddi shu hol «O‘zbek adabiy tili tarixi» mualliflarini chalg‘itgan ko‘rinadi. Endi «Devon»ning topilish sanasi xususida. Rifat xotiralarida «Devon» hijriy 1333 sanada topilgani ko‘rsatilgan. Bu milodiy hisob bo‘yicha 1915 yil. X.Maxmutovning asar 1915 yili, A.N.Kononovning 1914—1915-yillar oralig‘ida topilgan deyishlari sababi shunda bo‘lsa kerak. Bizningcha, bu va yuqorida keltirilgan sanalarning «Devon» topilgan vaqtga daxli yo‘qqa o‘xshamoqda. Nega? Chunki «Devon»ning bosma birinchi va ikkinchi jildlari ham hijriy 1333 yili Istambulda nashr qilingan. Bu o‘z-o‘zidan «Devon»ning 1915 yili topilganiga shubha uyg‘otadi. Chunki bir yil ichida «Devonu lug‘atit-turk»dek katta hajmli asarning ikki jildini nashrga tayyorlab, chop ettirish mushkul ekani ayon.


Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin