O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil ish



Yüklə 29,79 Kb.
səhifə9/10
tarix07.01.2024
ölçüsü29,79 Kb.
#202463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil

Bundan tashqari, xotiralarda nomi keltirilgan Maorif vaziri Amrulloh afandi ham, «Devon»ni do‘kondan sotib olish uchun Amiriyga pul berib turgan dorulfunun domlasi Foiq Reshatbey ham 1914 yili vafot etgan (Muxtor Tevfik o‘g‘li. Ali Amiriy. Anqara, 1989, 72-bet.). Mazkur dalillar «Devon»ning hijriy 1333 yili topilgani haqidagi fikrlar asossiz ekanini ko‘rsatadi. Rifat xotiralarida «Devon»ning topilish vaqti bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar ham borki, hozirga qadar tadqiqotchilarning birortasi bularga e’tibor bermaganga o‘xshaydi. Ali Amiriy «Devon»ni dastlab kilisli Rifatga ko‘rsatib bunday deydi: « — Rifat, bu kitob naqadar mashhur bo‘lsa, shuqadar yuksak, qanchalik qimmatli bo‘lsa, shunchalik bebaho. Biroq tashvishli jihati ham bor. Kitobning muqovasi chirigan, ustki qismi titilib ketgan, varaqlari qorishgan, boshi, so‘ngi o‘qib bo‘lmas darajaga yetgan. Sahifalarining raqami yo‘q. Kitob yakunlanganmi, yo‘qmi? Tartib berish imkoni bormi? Bu kabi savollar meni mahzun etar. Ajabo, kitob bekamu ko‘stmikan? …Rifat, sendan iltimos qilaman, har kuni kel. Shu kitob bilan bir-ikki soat shug‘ullan. Bu kitobda kamchilik yo‘qmi, buni aniqla. Taklifni mamnuniyat bilan qabul qildim. Ikki oycha muntazam ravishda bir necha soatdan shug‘ullandim. Kitobni uch marta o‘qib chiqdim. Varaqlarini bir yerdan olib, ikkinchisiga qo‘ydim. Mos kelmadi. So‘zlarning o‘qilishiga, bahsning davomiga qaradim. Xullas, ishlay-ishlay kitobga tartib berdim. Sahifalariga raqam qo‘ydim».

Demak, Rifatning gaplariga ko‘ra, asar varaqlarini joy-joyiga qo‘yib tartiblashga ikki oycha vaqt ketgan. Bu orada «Devon» topilgani haqidagi xabar ziyolilar orasida keng tarqalgan. Bundan Ziyo Ko‘kalp ham darak topgan. U asarni ko‘rmoqchi bo‘lib, zudlik bilan Ali Amiriyning oldiga kelgan. Biroq Ali Amiriy unga kitobni ko‘rsatmagan. So‘ngra Ziyo Ko‘kalp Rifatning oldiga kelib bunday degan: «Bu kitobni olib, nashr etaylik, deb niyat qildim. Bu xazinaning kaliti sening qo‘lingda. Kel, menga yordam ber. Shu kitobni olaylik. Uni butun turklarga armug‘on etaylik. Qani, menga chorasini ayt!» Shundan keyin ular orasida yana quyidagicha suhbat bo‘lib o‘tadi: « — Talat posho bilan uchrasha olasanmi? Unga so‘zing o‘tadimi? — Markaz a’zosi bo‘lganim uchun o‘tadi, albatta. Nima demoqchisan? — Talat poshoni Ali Amiriy juda hurmat qiladi. Qachon uning nomi tilga olinsa, og‘zidan bol tomadi. Menimcha, bu kitob uchun Talat posho Amiriy afandiga ruxsat bersa, Amiriy ham kitobni darhol beradi. Faqat Talat posho bunga rozi bo‘larmikan, bilmadim? — Talat posho ishonchli va odamshavanda insonlarni yaxshi ko‘radi. Balki bunga ko‘nar. Hamma gap buni qay tarzda amalga oshirishda. Talat posho Amiriy afandining huzuriga borsa bo‘lmas. Uni Bosh vazirlikka (Babialiy) yoki markazga (Ittihod va taraqqiy partiyasi markaziga)chaqirish ham unchalik to‘g‘ri emas». Shu suhbatdan keyin Rifatning rejasiga ko‘ra, Ziyo Ko‘kalpning uyushtirishi bilan Ali Amiriy o‘zi hurmat qiladigan Adliya vaziri Ibrohimbeyning uyiga iftorlikka chaqiriladi. Bu tadbirga Talat posho ham taklif qilinadi. Oldindan rejalashtirib qo‘yilganidek, Talat posho Ali Amiriydan «Devon»ni chop ettirishga ruxsat berishini iltimos qiladi. U rozi bo‘lib, bu ishni shogirdlaridan kilisli Rifatga topshiradi. Rifat kitobni o‘zida qancha muddat saqlagani haqida xotiralarda bunday yozgan: «Mana shunday ehtiyotkorlik bilan bu kitobni bir yarim yilgacha muhofaza etdim. Ming qatla shukr, egasidan olganimday qaytardim». Shu o‘rinda Talat posho faoliyatining ayrim sanalariga ham to‘xtalib o‘tish zarurati seziladi. Fikr yuritilayotgan mavzuni oydinlashtirishda buning alohida o‘rni bor. 1994 yili Istambulda nashr etilgan «Turk jumhuriyati entsiklopediyasi»ning 372—373-sahifalaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Talat posho o‘sha davrda Turkiyadagi eng e’tiborli shaxslardan bo‘lgan.


Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin