O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil ish



Yüklə 29,79 Kb.
səhifə5/10
tarix07.01.2024
ölçüsü29,79 Kb.
#202463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil

Bundan tashqari, hayvonot va o’simliklari, ularning nomlanishiga to’xtalib o’tadi, astronomik ma’lumotlar, burj va muchal haqida ham ma’lumotlar bor. «Devonu lug’otit-turk»da ayniqsa qabila va urug’ tillariga oid lingvistik ma’lumotlar ancha batafsil berilgan. Bunda har so’zning ma’nolari (polisemiya, omonim, sinonim, antonim va arxa-ik so’zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so’zlarning etimologiyasiga to’xtalib o’tadi. Tovushlar (fonemalar)ning taxlili ancha mukammal: unli va undosh fonemalar, cho’ziq va qisqa unlilar, ularning urug’ tillaridagi talaffuzi va orfografiyasi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar batafsil izohlangan. Morfologiya sohasida so’z turkumlarini, davr an’anasiga ko’ra, 3 so’z turkumiga: fe’l, ism, bog’lovchiga bo’lib, ularning yasalish va turlanish yo’llarini ko’rsatib o’tadi. «Devonu lug’otit-turk»da 250 dan ortiq maqol va matallar, o’nlab she’riy parchalar keltirilgan. V. V. Bartolьd «Devonu lug’otit-turk»dan o’z ilmiy ishlarida keng foydalanganini sharqshunos S. Volin ko’rsatib o’tgan. Tilshunos olim V. I. Belyaev «Devonu lug’otit-turk» haqida shunday yozadi: «Biz bu asarga nihoyatda yuksak baho berishimiz kerak, chunki u kitoblardan olib yozilmagan, balki jonli materialni shaxsan kuzatishga asoslangan… Muallif bergan ma’lumotlar… arxeologik kashfiyotlar bu ma’lumotlarning aksariyatini isbot etmoqda». Nemis sharqshunosi K. Brokkelьman «Devonu lug’otit-turk» asarini 1928 yili nemis tiliga tarjima qildi. «Devonu lug’otit-turk» qo’lyozmasining fotonusxasi Istanbulda Kilisli Rifat (3 jildli; 1915—17) keyinchalik Besim Atalay tomonidan (3 jildli; 1939—41) turk tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. «Devonu lug’otit-turk» ningturktilidagi keyingi qayta nashri 1957 y. amalga oshirildi. «Devonu lug’otit-turk» ikkinchi bo’lib o’zbek tiliga tarjima qilinib, muhim izoh va tafsirlari bilan 1960—63 y. lari Toshkentda «Fan» nashriyotida 3 jildda chop etilgan. Bu tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Solih Mutallibovning 35 yillik mehnati natijasi edi. Ushbu nashr faqat tarjima bo’lmay, turkcha tarjimaga munosabat, baho, atamalar, shaxs nomlari, shahar va joy nomlariga izoh, va tafsir hamdir. O’zbekcha nashrining muqaddima qismida 11-a. filologlari, «Qutadg’u bilig» asari, Maxmud Koshg’ariyning lingvistik qarashlari, turkiy qabilalar, ularning shakllanishi, bu urug’ va qabilalar, tillarning hozirgi turkiy xalqlar va ularning tiliga munosabati, tarjima transkriptsiyasi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. «Devonu lug’otit-turk» o’zbekcha nashrining oxirida turkiy urug’, qabila, shaharlar va boshqalar to’g’risida batafsil ma’lumotlar bor, asarning har bir jildida havolalar berilib, unda uchragan so’z va iboralar keng ta’riflanadi, izohlanadi. O’zbekcha nashrining muhim tomonlaridan biri, uning har bir jildi asosida tuzilgan ko’rsatkichdir. Unda «Devonu lug’otit-turk»da uchragan so’zlar alifbo tarzida keltirilib, so’zning o’zbek va rus tilida tarjimasi beriladi. Mazkur so’zning «Devonu lug’otit-turk» ning qaysi betlarida uchrashi (oldin o’zbekcha, so’ng turkcha nashrlarining beti, satri) ko’rsatib o’tiladi


Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin