O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil ish



Yüklə 29,79 Kb.
səhifə1/10
tarix07.01.2024
ölçüsü29,79 Kb.
#202463
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil

O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil ish

Bajardi: Boboxonova.M

Tekshirdi:______________________

Mavzu: “Devonu lug’atit turk”dagi adabiy janrlarni o’rganish

Reja: 1.“Devonu lug’otit turk” asari haqida 2.“Devonu lug’atit turk”dagi adabiy janrlar 3. “Devonu lug’otit turk” asarining topilishi.

Qomusiy olim Mahmud Qoshg`ariy o`z asarlarida, ya`ni “Devonu lug`atit turk” asarida buyuk allomalar singari mehr-oqibat, do`st-birodarlik g`oyalarini ilgari suradi. Mahmud Qoshg`ariy Bolosog`un shahrida dunyoga kelgan. Uning to`liq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Mahmuddir. Hozirgi Qirg`izistonda Barsg`on daryosi va Barsg`on dovoni bor. Ular Issiq ko`l atrofida joylashgan. Xuddi shu yerda Barsg`on shahri bo`lgan. Mahmudning otasi va bobosi ana shu shahardan edi. Otasi Qashqarga ko`chib kelgan va Mahmud shu yerda tug`ilgan. Shuning uchun ham Qoshg`ariy nasabini olgan. Agar joiz bo`lsa, tillar u turkiy gramatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olimdir. Turkcha, arabcha lug`atning birinchi namunasi ham uning nomi bilan bog`liq. “Devonu lug`atit turk” Mahmud Qoshg`ariy qoldirgan va turkiy xalqlar uchun bebaho bo`lgan qomusiy asardir. U bu devon ustida uzoq yillar ishladi, dastlab u ko`p yillar yurtma yurt kezib manbaa to`pladi.Yuqori chindan boshlab butun Movarounnahr , Xorazm, Fag`ona, buhoroga qadar cho`zilgan keng va kata hududni birma-bir kezib chiqdi va bu katta hududda yashagan urug`lar, xalqlarning o`zini, ularning kasb-korlarini, turar joylarini , nufuzlarini aniqladi va ularning tillarini sinchiklab o`rgandi. Natijada u shuncha katta hudud yashagan barcha qobilalarni va ularning tilarini juda puxta va mukammal aniqlashga muvaffaq bo`ldi. Hatto u har bir so`zning qaysi qabilaga tegishli ekanini, so`zlarning qadimgi va hozirgi variantlarini, so`zlarning ma`no va shakllariga doir xususiyatlariga, so`zlar talaffuzida qabilalar orasidagi moslik va farqlarni har tomonlama aniqlab chiqdi va nihoyat tartibga soldi. Shunday va chidamli mehnat natijasida u o`zining “Devonu lug`otit turk” deb atalgan bebaho asarini yaratdi va uni Abdulqosim Abdullo binni Muhammad al-Muqtadoga bag`ishlaydi. Bu asarda olim turkey tildagi so`zlar ma`nosini arab tilida izohlab beradi. Misol sifatida esa maqollardan va badiiy adabiyotdan parchalar keltiradi. Bu haqida Mahmud Qoshg`ariyning o`zi yozadi: “Men bu kitobi maxsus alifbe tartibida hikmatli so`zlar, sajlar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadi”. “Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo`llanib kelgan she`rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo`llaniladigan hikmatli so`zlardan maqollardan keltirdim”. Shunday qilib, bu kitobda O`rta Osiyoda yashgan turkey xalqlarning XI asrgacha bo`lgan badiiy ijodi to`g`risisda juda qimmatli ma`lumotlar jamlangan. Bular hozirgi avlodlar uchun ham nihoyatda katta ahamiyatga ega. Mahmud Qoshg`ariy umri davomida qilgan mashaqqatli mehnati evaziga qomusiy olim va tolmas sayyoh bo`lib tanildi. U turkiy til gramatikasini ishlab chiqqan birninchi tilshunos olimdir.


Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin