O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil ish



Yüklə 29,79 Kb.
səhifə7/10
tarix07.01.2024
ölçüsü29,79 Kb.
#202463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil

Bu kitob bilan hazrati Yusuf orasida bir o‘xshashlik bor. Yusufning akalari uni arzimas aqchaga sotdilar. Biroq uni Misrda o‘zining vaznicha keladigan javohirga pulladilar. Burhonbey bu kitobni menga 33 liraga sotdi. Men esa buni behisob olmoslarga, zumradlarga bermayman». Bu kitob Mahmud Koshg‘ariyning hali ilm ahliga ma’lum bo‘lmagan «Devonu lug‘atit-turk» asari edi. «Devon»ning topilishi katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Hatto uni kimlardir qo‘lga kiritish payiga tushdi. Majoriston Fanlar akademiyasi asarni o‘n ming oltin pulga sotib olishni taklif etdi. Frantsuzlar «Devon»ni qo‘lga kiritish uchun quyuq va’dalar berib ko‘rdi. Biroq millat manfaatini har qanday moddiy boylikdan ustun qo‘yadigan Ali Amiriy barcha takliflarni rad etdi. «Devon» 1915-1917-yillari Istambulda chop etildi. Keyinchalik ingliz, nemis, rus, turk, ozarboyjon, uyg‘ur va o‘zbek tillariga tarjima qilindi. Turkiyshunoslikda asar haqida ko‘plab tadqiqotlar yaratildi. Bu asarni ilmiy o‘rganish va ommalashtirishda o‘zbek olimlarining ham xizmati beqiyosdir. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, «Devon» bo‘yicha hozirgacha qancha ko‘p tadqiqot qilingan bo‘lsa, asar hali bundan ham ko‘p ishga mavzu berishi mumkin. Boshqa muammolarni qo‘yib, birgina asarning topilish sanasi va joyi bilan bog‘liq fikrlarga e’tibor beraylik. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallab chiqarilgan «O‘zbek adabiy tili tarixi»da «Devon»ning 1914 yili Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgani ta’kidlangan (U.Tursunov, B.O‘rinboev. O‘zbek adabiy tili tarixi. T., 1982, 35-bet). Ushbu «Tarix»ning qayta ishlangan nashrida ham aynan shu fikr keltirilgan (U.Tursunov, B.O‘rinboev, A.Aliev. O‘zbek adabiy tili tarixi. T., 1995, 66—67-betlar). Boshqa o‘zbek olimlarining ishlarida ham shunday fikr uchraydi. Tatar olimi X.Maxmutov esa asarning 1915 yili Istambulda topilganini qayd etadi (X.Maxmutov. Mangulik yodgor. Qozon, 2002, 8-bet). Mashhur turkiyshunos olim A.N.Kononov Ali Amiriy «Devon»ni Istambuldagi eski kitoblar sotiladigan bozordan 1914—1915 yillar oralig‘ida sotib olgan, degan fikrni bildirgan «O‘zbek tili va adabiyoti», 1972, 1-son, 34-bet). Ali Amiriy faoliyatini o‘rgangan turk olimi Muxtor Tevfik o‘g‘li esa «Devon» 1908—1912-yillar oralig‘ida topilgan, degan xulosaga kelgan (Muxtor Tevfik o‘g‘li. Ali Amiriy. Anqara, 1989, 72—73-betlar.).


Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin