O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil ish



Yüklə 29,79 Kb.
səhifə6/10
tarix07.01.2024
ölçüsü29,79 Kb.
#202463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbek Adabiyoti tarixi fanidan mustaqil

Endi aqlini taniy boshlagan bir o‘spirin otasidan o‘zi tug‘ilib o‘sgan Diyorbakir shahrida besh-olti yuz yil avval bir million qirq ming kitob fondiga ega kutubxona bo‘lganini eshitadi. Bu ma’lumot uni juda hayratlantiradi. Shu sabab bo‘lib, u kitobga, kitob sotib olishga ishqiboz bo‘ladi. Bir millionli, hech bo‘lmaganda, o‘n besh-yigirma ming fondli kutubxona tashkil etishni niyat qiladi. Qo‘liga pul tushdi deguncha, kitob sotib ola boshlaydi. To‘qqiz yoshli bu bolakay Ali edi. U umrining oxiriga qadar ana shu odatini tark etmadi. Haftada ikki-uch marta kitob do‘konlariga, rastalarga borar, tarix, adabiyot, til, madaniyat va siyosatga oid kitoblarni sotib olar edi. Shunday qilib u yigirma mingdan ortiq nodir kitoblar, qo‘lyozmalar to‘playdi. Bu millat uchun juda katta xizmat bo‘lganini, ehtimol, u xayoliga ham keltirmagandir… Bir kuni Ali, odatdagidek, eski kitoblar sotiladigan sahhoflar bozoriga boradi. Burhonbeyning do‘koniga kirib, eski kitoblarni titkilaydi. O‘ziga ma’qul hech vaqo topmaganidan so‘ng Burhonbeydan biror yangi narsa bormi, deb so‘raydi. Sotuvchi bir kitob boru, biroq qimmat ekanini, hatto maorif vazirligi ham olmaganligini aytib, kitobni unga ko‘rsatadi. Ali Amiriy kitobni qo‘liga olishi bilan bu asar yagona qadimiy nusxa ekanini, asarning jahonshumul ahamiyatini darhol tushunib yetadi, biroz hayajonlandi. Buni Burhonbeyga sezdirmasdan u bilan savdolashib, kitobni 33 liraga sotib oladi. Ali Amiriy shundan keyingi taassurotini maslakdoshlariga bunday hikoya qilgan edi: «Kitobni olib uyga keldim. Yeb-ichishni ham unutib, bir necha soat uning mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘ldim. Do‘stlar, sizga bildirayapman. Bu kitob emas, Turkiston o‘lkasidur! Turkiston emas, jumlai jahondur! Turklik, turk tili bu kitob soyasida chinakam ravnaq topadi! Arab tili uchun Seyyibuyihning kitobi qanchalik muhim bo‘lsa, bu ham turk tili uchun shunchalik ahamiyatlidir. Hozirga qadar turk tilida buning kabi kitob yozilgani yo‘q. Bu kitobning haqiqiy bahosi aniqlanmoqchi bo‘lsa, jahonning xazinalari bunga teng kelolmas.


Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin