23
4-MA’RUZA
ISHQORIY NEYTRALLASH. ISHQORIY RAFINATSIYA
Reja:
Ishqorli neytrallash jarayoni mohiyati. Ishqor sarfini hisoblash. Ishqor
eritmasini tayyorlash. Ishqorli rafinatsiya mexanizmi. Rafinatsiya jarayoniga turli omillarning
ta’siri. Neytrallashdagi chiqindilar. Neytrallash usullari va texnologik rejimlari. Ishqor sovun muhiti
uzluksiz neytrallash. Neytrallangan yog‘dan sovun qoldiqlari va namlikni yo‘qotish. Paxta
yog‘ining ishqorli rafinatsiyasi. Davriy usulda rafinatsiya texnologik sxemasi. Paxta yog‘ini
emulsiyali usulda uzluksiz rafinatsiyalash texnologik sxemasi.
Tayanch so‘z va iboralar:
ishqor, moy quyqasi – fuza, soapstok, neytrallash, ishqorni
ortiqcha miqdori, erkin yog’ kislotalari, triglitserid
O‘simlik yog‘larida ma’lum miqdorda erkin yog‘ kislotalari bo‘ladi, bular yog‘ning
sifatiga bog‘liq. Erkin yog‘ kislotalarining bo‘lishi yog‘ sifatini yomonlashtiradi, oziqaviy qiymatini
kamaytiradi. Yuqori haroratda erkin yog‘ kislotalari apparatlarning korroziyalanishiga olib keladi.
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan yog‘larning kislota soni 0,2-0,3 mg KOH dan oshmasligi kerak.
Bundan esa erkin yog‘ kislotalarini yo‘qotish zarurligi kelib chiqadi.
Sanoatda quyidagi usullar bilan yog‘ kislotalari yo‘qotiladi.
1.
Erkin yog‘ kislotalarini ishqor bilan neytrallash (ishqorli rafinatsiya).
2.
Yuqori haroratda va vakuum ostida erkin yog‘ kislotalarini yo‘qotish (distillyasiyali
rafinatsiya).
3. Erkin yog‘ kislotalarini yog‘dan selektiv erituvchilar yordamida ajratib olish
(ekstraksiyali rafinatsiya)
Sanoatda asosan ishqorli rafinatsiya va oxirgi yillarda distillyasiyali rafinatsiya ko‘proq
ishlatilmoqda. Selektiv erituvchilar yordamida rafinatsiyalash hali amaliy jihatdan yog‘-moy
korxonalarida ishlatilgani yo‘q.
Ishqorli rafinatsiya-keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bu usulda yog‘ kislotalarini yog‘da
erimaydigan tuzi, ya’ni sovun hosil bo‘ladi. Bu reaksiya quyidagicha ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: