85
quruq sut yoki tuxum kukuni ishlatiladi. Quruq sut struktura tuzuvchi bo’lib, oqsillar suvda bo’kib,
namlikni ushlashiga (saqlashga) yordam beradi.
Xantal
kukuni ta’m beruvchi qo’shimcha bo’lib hisoblanadi. Uning tarkibidagi oqsillar
emulsiyalashni ta’minlaydi.
Tuz, shakar ta’m beruvchi qo’shimchalar sifatida ishlatiladi.
Oziqa sodasi aniq pHni saqlaydi, bu esa sutning oqsillari bo’kishini yaxshilaydi.
Sirka kislotasi, ta’m beruvchi qo’shimcha bo’lib, mayonezning bakterisid xossalarini
oshiradi.
Suv esa tuz va shakarni eritish, oqsillarni eritish va bo’kdirish uchun ishlatiladi.
Suyuq o’simlik moylari, shakar, sut, tuzlarni sifatiga margarin ishlab chiqarishda qanday
talablar qo’yilgan bo’lsa, xuddi shunday talablar qo’yiladi. Tuxum kukuni begona hid va ta’mga
ega bo’lmasligi kerak. Xantal(xantal) kukuni quruq bo’lishi va o’tkir allil moyi hidiga ega bo’lishi
lozim.
Mayonez resepturasi va assortimenti
Mayonezlar ziravorli, maza beruvchi va dirildoq hosil qiluvchi qo’shimchalar qo’shilgan
oshxona, parhyez va bolalar uchun guruhlarga bo’linadi:
-Oshxona
(«Provansal», «Sutli», «Lyubitelskiy») mayonezlari nafis nordonroq ta’mga,
yaxshi qovushqoqlik va konsistensiyaga ega.
-Ziravor qo’shilgan mayonezlar («Baxor» ukropli; «Xantalli»va boshqalar) o’zini ta’mi va
mazasi bo’yicha “Provansal” mayoneziga o’xshaydi, lekin qo’shilgan dorivorni ta’mi va hidi sezilib
turadi. Bu mayonezlar salatlar va sabzavotli, baliqli, go’shtli taomlarni xushxo’r qilish uchun
ishlatiladi.
Ziravorli, maza beruvchi va dirildoq hosil qiluvchi qo’shimchali mayonezlar achchiq va
shirin ta’mli guruhlarga bo’linadi. Achchiq ta’mlilarga “Gorchichn
ы
y”, “Prazdnichn
ы
y”,
“Ogonyok” va boshqalar , shirin ta’mlilarga esa “Apelsinli”, “Asalli” va boshqalar kiradi. Bu
mayonezlar qo’shilgan essensiyaga xos shirin ta’mga ega bo’ladi. Ularda dirildoq hosil qiluvchi
qo’shimcha sifatida fosfatli kraxmal ishlatiladi va bu mayonezlardan mevali va boshqa salatlarni
xushxo’r qilishda foydalaniladi. Shuningdek ular bolalar ovqatlanishida va buterbrod mahsuloti
sifatida ham ishlatiladi.
«Diabetik» mayonezga shakar o’rniga ksilit qo’shiladi. Bu mayonezga shirin ta’m beradi.
Ayrim mayonezlarning resepturasi 17 – jadvalda ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: