93
Yog‘lar gidrolizlanish jarayonining kinetik xarakteristikasi S-simon egri chiziq
ko‘rinishida aks etib, bu avtokatalitik jarayon uchun xarakterli hisoblanadi.(34-rasm)
Jarayon davomiyligi, soat
34 – rasm. Yog‘ning gidrolizi reaksiyasini borishi
Gidroliz - qaytar jarayon, asosiy reaksiya bilan bir vaqtda qaytar reaksiya – yog‘ kislotalar
va glitserinning eterifikatsiyasi sodir bo‘ladi. Dastlabki momentda reaksiya tezligi past bo‘ladi, bu
narsa geterogen sistemada suvni yog‘da kam erishi bilan tushuntiriladi. (34 – rasmdagi egri chiziqni
ab
qismi). Sistemada mono va diglitseridlarning hosil bo‘lishi bilan reaksiya tezligi birdaniga oshib
ketadi (
bv
egri chiziq). Gidroliz mahsulotlarining (glitserin va erkin yog‘ kislotalari)
konsentratsiyasi oshishi bilan eterifikatsiya reatsiyasining tezligi oshadi, glitseridlarning sovunlashi
esa, aksincha, kamayadi. Oxirida, to‘g‘ri va teskari reaksiyalar tezligi tenglashgach, sistema
kimyoviy muvozanatga erishadi.
Sistemani muvozanatga yaqinlashish holati
vg
egri chiziq uchastkasida ifodalangan bo‘lib,
u absissa o‘qiga parallel liniyaga asimtotik yaqin.
Yog‘ning gidrolizi reaksiyaning turli bosqichida gidrolizlanish darajasi bilan
xarakterlanadi, ya’ni parchalangan yog‘dagi yog‘ kislotalarning miqdori (%) bilan ifodalanadi.
Muvozanat holatning surilishidagi hal qiluvchi omil bu – suvning miqdoridir. Yog‘
og‘irligiga nisbatan suvning nazariy miqdori 6 % dir. Amalda esa suv ko‘proq qo‘shiladi, chunki
suv H
+
va OH
-
ionlarini yetkazib beradi va glitserinni yaxshi erituvchisi hisoblanadi. Suvda glitserin
konsentratsiyasi qancha kam bo‘lsa yog‘ shuncha to‘liqroq gidrolizlanadi. Shuning uchun sanoatda
yog‘ning gidrolizi ikki davrda olib boriladi. Bunda muvozanat holatni kutmasdan gidroliz jarayoni
to‘xtatiladi, glitserinli suv quyib olinadi va ikkinchi davrga tarkibida glitserin bo‘lmagan toza suv
beriladi. Reaksiya muxitidan hosil bo‘lgan mahsulotlardan biri glitserinni chiqarish reaksiyani o‘ng
tomonga siljishiga ya’ni gidrolizlanish darajasini oshishiga olib keladi,bu 35- rasmda ko‘rinib
turibdi. Odatda gidroliz uchun suv va yog‘ 6:10 nisbatda olinadi.
Hozirgi vaqtda 200 – 225
0
C haroratda va 2 – 2,5 MPa (20 – 25kg/sm
2
) bosim ostida
katalizator ishtirokisiz olib boriladigan reaktivsiz usul eng istiqbolli hisoblanadi. Bu usul olinadigan
mahsulotlarni sifatli bo‘lishi bilan birga glitserin va yog‘ kislotalarining chiqishini yuqori bo‘lishini
ta’minlaydi. Yog‘larni reaktivsiz gidroliz qilish avtoklavlarda davriy yoki uzluksiz ravishda olib
boriladi.
Dostları ilə paylaş: