95
Glitserinli suvni kalsiy gidroksid bilan neytrallash.
Bu usul asosida quyidagi kimyoviy
reaksiya yotadi:
2RCOOH + Ca(OH)
2
(RCOO)
2
Ca + 2H
2
O
Hosil bo‘lgan sovun o‘z yuzasiga rang beruvchi moddalar (karotinoidlar, xlorofillar va
boshqalar) va boshqa hamroh moddalarni adsorbsiyalab oladi.
Neytrallash uchun kalsiy gidroksidning suvli suspenziyasidan (ohakli sutdan) foydalaniladi.
Neytrallash jarayoni neytralizatorlarda bug‘, havo yoki mexanik aralashtirgich yordamida, 80
0
C
haroratda olib boriladi. Ishkor nazariy miqdorga nisbatan ortiqchasi bilan qo‘shiladi. Ishqorning
ortiqcha miqdori titrlash usuli bilan topiladi: 25ml glitserinli suvga 0,01n li 3-5ml xlorid kislota
eritmasi sarf bo‘lsa, bu ortiqcha ishqor miqdori kalsiy oksid hisobida 0,003-0,005% ga to‘g‘ri
kelishini bildiradi.
Neytrallash jarayoni tugagach, mahsulot tindiriladi va kalsiyli sovun ajratiladi. Glitserinli
suv esa aralashtiriladi va romli filtrlarda filtrlanadi.
Quyqadagi kalsiyli sovunni natriyli sovunga aylantirish uchun quyqaga Na
2
CO
3
bilan
ishlov
beriladi. Jarayon quyidagi reaksiya asosida sodir bo‘ladi:
(RCOO)
2
Ca + Na
2
CO
3
2RCOONa + Ca CO
3
Usul, keng yoyilganiga qaramay, bir qator kamchiliklarga ega. Ma’lumki
kalsiyli sovunning glitserinli suvda erishi yog‘ kislotalarinikidan yuqori. Bu esa usulning maqsadga
muvofiq emasligini ko‘rsatadi.
Glitserinli suvda kalsiyli sovunning bo‘lishi distillyasiya paytida ko‘piklanishga olib keladi.
Bundan tashqari ishqorli suv glitserinli suvning ishqoriyligini oshiradi. Natijada, glitserinli eritmaga
ishlov bergandan keyin, unda kul va organik moddalar miqdori oshib ketadi.
Glitserinli suvni kalsiy gidroksid bilan neytrallashdan boshqa, alyuminiy sulfat va kislota
bilan qayta ishlab, separatsiyalash bilan, hamda ion almashinish usuli bilan tozalash mumkin.
Glitserinli suvni tozalash sxemasi.
Glitserinli suv, tarkibidagi hamroh moddalar va
aralashmalarning xilma xilligi sababli, uni tozalashning texnologik sxemasida
bir necha tozalash
usullari uyg‘unligidan foydalaniladi. Ular quyidagi tartiblarda uyg‘unlashishi mumkin: tindirish-
sovutish-filtrlash; tindirish-separatsiyalash; tindirish-separatsiyalash-ohakli sut bilan ishlov berish-
filtrlash; va hokazo.
Davriy usulda avtoklavlarda yog‘larni gidrolizlash, glitserinli suvni tozalash va
bug’latishning texnologik sxemasi (36-rasm).
Yog’ 1-bakdan (u yerda 85-90
0
C gacha isitiladi 2-nasos bilan 3-avtoklavga yuboriladi. Ayni
vaqtda yuqori bosimli suv ham avtoklavga beriladi. Avtoklavda bosim 20-25 atm bo’lib 220-225
0
C
gacha isitiladi. 3 soat qaynatilgandan so’ng yog’ 85-87% parchalanadi. Shundan so’ng bug’ berish
to’xtatiladi va avtoklavdagi aralashma 15 min davomida tindiriladi. Tarkibida 15-16% gliserini
bo’lgan gliserinli suv bosimpasaytirgich 7-bakga quyiladi. Yog’ kislotalariga yana kondensat
qo’shiladi va parchalashni ikkinchi davri boshlanadi, u 2 soat davom etadi. Shundan so’ng gliserinli
suv bakga, yog’ kislotalari esa 10-bakga yuboriladi.
Keyin esa yog’ kislotalari 9-bakdagi kondensat bilan (yog’ kislotasi og’irligiga nisbatan
10%) yuviladi. Yog’ kislotalari 8-nasos bilan keyingi ishlovga beriladi.
Gliserinli suvda 0,2-0,3% erigan yog’ kislotalari bor, shuning uchun uni tozalanadi.
Buning
uchun gliserinli suv 12- bakdan13-neytralizatorga keladi, u yerda u 85
0
C gacha qizdiriladi.
Aralashtirilgan holda 15-o’lchagichdan natriy gidroksid eritmasi (kuchsiz ishqor reaksiyasigacha)
qo’shiladi. So’ng 14-aralashtirgichda alyuminiy sulfat eritmasi bilan ishlov beriladi. Shundan so’ng
gliserinli suv 17-nasos bilan 18-filtrga yuboriladi. Filtrlangan gliserinli suv 21-bakda yig’iladi va
22-nasos bilan bug’latishga yuboriladi. 23-bug’latish qurilmasida 15-20% konsentrasiyali gliserinli
suv qizdirilib konsentrlanadi. Qurilmadagi massa 24-nasos bilan sirkulyasiyalab turiladi. Gliserin
konsentrasiyasi 86% ga yetgach 24-nasos orqali distillyasiyalashga yuboriladi. 23-qurilmadan
chiqayotgan suv bug’lari 25-tomchi ajratkich orqali 26-kondensatorga keladi. Bu yerda
kondensatlanib 27-quduqqa yig’iladi.