40 minut
4
|
9. Mustahkamlash va baholash bosqichi:
9.1. Berilgan ma’lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi:
1. Zamaxshariy hayoti va ijodi haqida fikr bildiring.
2. Zamaxshariy ijodining o’rganilish tarixi haqida so’zlang.
3. Zamaxshariy ijodini tahlil qilish asosida qanday fikrga kelganligingizni ifodalashga harakat qiling
10. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
|
O’qituvchi,
15 minut
|
5
|
11.O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
11.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
11.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi
11.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.
|
O’qituvchi,
10 minut
|
Reja:
1. Zamaxshariyning hayoti va ijodi.
2. Zamaxshariy tilshunos olim.
3. Zamaxshariy asarlaridan namunalar.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Jorulloh, Zamaxshariy hayoti, Sharq tilshunosligi, tilshunoslik tarixi, Zamaxshariy asarlari, so’zning o’z va ko’chma ma’nosi, Muqaddimatul adab, arabcha so’zlar, forscha so’zlar, arab grammatikasi, al-mufassal, aniq mezon, balog’at asoslari.
1-asosiy savollar bo’yicha o’qituvchi maqsadi:
Zamaxshariyning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish. Shu asosda o’zbek tilshunosligi tarixining g’oyat qadimiy ekanligiga e’tibor qaratish. Bular bevosita ma’naviyat va o’zlik bilan bog’liqligini singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Zamaxshariy hayoti va ijodi haqida tushuncha beradi.
1.2. Zamaxshariy ijodining o’rganilish tarixiga nazar tashlaydi.
1.3. Zamaxshariy hayoti va ijodini tahlil qilish asosida talabalar e’tiborini o’zlikni anglashga yo’naltirishga harakat qiladi.
1-asosiy savolning bayoni:
Ma’lumki, Sharq qadimdan, ma’rifat, ma’naviyat, ilm-fan markazi bo’lgan. Shubhasiz buning markazida Sharq olimlari, allomalari turadi. Ana shulardan biri Xorazmlik olim Zamaxshariy bo’lib, uning ismi dunyoga mashhurdir.
Mahmud hijriy 467 yil, milodiy 1075 yil, 18 martida rajab oyining 27sida Xorazmning Zamaxshar qishlogida tug’ilgan bo’lib, otasining ismi Umar, bobosiniki Ahmaddir. Bu davrda Sulton Malikshoh 2, Saljuqiy (1075-1092) podsho, Nizomulmulk (1017-1092) vazirlik qilgan. Tarixdan Nizomulmukning Bog’dod, Basra, Balx, Nishopur, Tus, Hirot, Isfahon shaharlarida madrasalar qurdirganligi aniq. Bu shubhasiz, u kishining maorifga, ilmu fanga g’oyat qiziqqanligini ko’rsatadi.
Umar ibn Ahmad (Mahmudning otasi) o’z davrining o’qimishli kishilaridan biri bo’lib, Mahmudga dastlabki ta’limni o’zi beradi. Uning o’qishga qiziqishini, layoqatini sezgan ota o’g’lining o’qishini davom ettirish ko’yiga tushadi. Biroq ma’lumki, Mahmud bolaligida daraxtdan yiqilib tushib, bir oyog’idan ajralgan edi. Shu bois yog’och oyoq bilan yurgan Mahmudga hamma tomonini hisobga olib, otasi chevarlikni o’rgatishni ma’qul topadi. Biroq chevarlikni xohlamagan yosh Mahmud Urganch madrasalaridan biriga kiradi. Madrasada qunt bilan o’qiydi. Hatto moddiy ehtiyojini qondirish uchun hattotlik bilan shug’ullanadi.
Mahmud Zamaxshariy Urganchda saboq olgan davrlarda til ilmida "faridu-l-asr" va "vaxidu-d-daxr" (yagonai davron) sanalgan Abu Muzar Mahmud ibn Jarir Zabbiy Isfahoniy mudarrislik qilar edi.
Taqdir har jihatdan bilimli, xushfe’l bu tilshunos olimdan Mahmudning ham dars olishini nasib etdi. Hatto u kishi Mahmudning eng sevimli ustoziga aylanib qolganligidan ustozi vafot etganda, shogird sifatida Mahmud unga marsiya yozadi. Mahmud Urganchda tahsil olib bo’lgach, Buxoroga ilm axtarib borishga majbur bo’ladi. Buxoroda Mahmud Zamaxshariy Shayxulislom, Nasr Xorisiy, Abul Hattob ibn Abulbatr va Abusa’id Shakkoniylardan ilm o’rganadi. Keyin Xuroson va Isfahonga boradi, saljukiylar saroyida hizmat qila boshlaydi.
Zamaxshariy shoh Muhammad ibn Nushtagin (1097-1127) hukmronligi davrida Xorazmga kelib, unga qasida yozadi. Ayni paytda uning xizmatida bo’ladi. Hatto adib o’zining mashhur asari bo’lmish -"Muqaddimat-ul adab"ni Muhammad Nushtaginning o’g’li iltimosi bilan bitadi.
512 hijriy (milodiy 1118-1119) yilda Zamaxshariy qattiq kasal bo’ladi. Shu davrda shoh va amaldorlardan ranjiganligi, bundan keyin ularning huzurida xizmat qilmaslikka, qolgan umrini ilm fanga bag’ishlashni niyat qiladi. Shu maqsadda tuzalgach Zamaxshariy Bog’dodga boradi, olimlar bilan ilmiy suhbatda bo’ladi. Undan Makkaga o’tadi va Arab yarim orolini to’liq aylanib chiqadi. Makkada taxminan ikki yillar hayot kechirib, Xorazmga qaytib keladi. Bir qancha vaqtdan so’ng Shomga, Damashqqa boradi. Undan Makkaga o’tadi. Makkada mashhur "Al-kashshof" asarini bitadi. So’ng Xorazmga kelib, olim 538 yil Zulxijja oyi arafasida (1144y 4 iyun) Urganchda vafot etadi.
Mahmud Zamaxshariy ko’plab shogirdlar etishtirish bilan birga ilm xazinasiga ellikdan ko’proq noyob asarlar qoldirdi. Shu bois fan olamida uning ilmiy asarlariga ham qiziqish kuchli. Jumladan Sharq olimlari Mahmud Zamaxshariyga "Ustozu-u-l-arab va-l-ajam"(arab va g’ayri arablar ustozi), "faxr-i-Xorazm", "Jorulloh" degan unvonlar berdiki, bu allomaning nechog’li bilimdonligini ko’rsatadi. Xuddi shu o’rinda Hazrat Alisher Navoiyning Zamaxshariy ijodiga, bilimiga e’tibor qaratganligining ham bejiz emasligini ta’kidlash o’rinli bo’ladi. Hazrat o’zining "Sab’ayi sayyor"ida Jomiyni Jorulloh, ya’ni Zamaxshariy bilan qiyoslab,chog’ishtirib tasvirlar ekan, shu paytgacha Zamaxshariyning oldiga tushadigan, undan o’tadigan arabshunos olim bo’lmaganligiga ishora qiladiki,bu tavsif bizning olim haqidagi fikrlarimizni yanada tiniqlashtiradi.
Mahmud Zamaxshariyning zamondoshi Abusaid Muhammad Sam’oniy (1179-1229) "Kitobu-l-ansab" asarida, Yoqub Hamoviy (1179-1229) "Irshodu-l-adib-ila-ma’rifati-l-adib" asarida, misrlik Jamoliddin Kiftiy (1167-1248) "Inboxu-r-ruvot ‘alo anboi-nuxot" asarida uni o’z davridagi adiblar adibi ekanligini, filologiya sohasida esa tengsiz olimligini ta’kidlashi bizning e’tiborimizni adib ijodiga beixtiyor yana tortgandek bo’ladi. Shuningdek, Krachkovskiy, Krimskiy, A.K.Borovkov singari rus sharqshunoslari, Brakkelman, Bensing, Goldtsier, Neledke, Rot, Zayonchkovskiydek g’arb olimlari; Volidiy Tug’on va Muhammad Kozimdek sharq tadqiqotchilarining Mahmud Zamaxshariy ijodiga, olimning ilmiy merosiga bekorga qiziqmaganligi ham adib ijodiga bizning munosabatimizni belgilashga bir ishoradek. O’zbek tilshunosi akademik Alibek Rustamov (Mahmud Zamaxshariy, O’zbekiston SSR "Fan"nashriyoti, Toshkent,1971) ham Mahmud Zamaxshariy ijodiga o’z munosabatini bildirdi.
Nazorat topshiriqlari:
1. Zamaxshariy hayoti va ijodi haqida fikr bildiring.
2. Zamaxshariy ijodining o’rganilish tarixi haqida so’zlang.
3. Zamaxshariy ijodini tahlil qilish asosida qanday fikrga kelganligingizni ifodalashga harakat qiling.
2-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi:
Mahmud Zamaxshariyning tilshunos olimligini izohlash. Asarlaridan namunalar keltirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Zamaxshariyning tilshunos olim ekanligini izohlaydi.
2.2. Olimning asarlaridan namunalar keltiradi.
2-asosiy savolning bayoni:
Ma’lumki, arab tili XV asrda g’oyat nufuzli ilmiy til sifatida maydonga keldi. Shuning ta’sirida bo’lsa kerak, Mahmud Zamaxshariy bu tilshunoslik bilan umrining oxirigacha shug’ullandi, uning fan sifatida rivojlanishiga o’zining muhim hissasini qo’shdi. Chunonchi, "Asosu-l-balog’a" nomli asari arab lug’atchiligini yuqori pog’onaga ko’tardi. Bu lug’at arab lug’atchiligida emas, balki umumlug’atchilik ishida ham muhim ahamiyat kasb etadi:
Birinchidan, lug’atda so’zlarni birinchi va keyingi harflarni nazarda tutgan holda izohlaydiki, bu lug’atdan foydalanishni osonlashtirish bilan birga, bunday usul ozgina o’zgarish bilan hozirgi lug’atchilik ishida hanuz ish bermoqda.
Ikkinchidan, lug’atda so’zning asl ma’nosidan tashqari ko’chma ma’nolari ham lo’nda, mufassal izohlangan. Eng asosiysi o’sha ma’noni tasdiqlovchi misollar ham berilgan.
Uchinchidan, Zamaxshariy so’zni qaysi iboralarda, qanday ma’nolarda qo’llanilishiga e’tibor berish bilan birga, ko’chma ma’noning hosil bo’lish sabablarini ham izohlaydi.
Yoki "Al-foiq fi-g’aribi-l-hadis"da hadis va badiiy asarlardagi ma’nosini tushunish qiyin bo’lgan so’zlar izohi beriladi. Bular ham alifbo tartibida berilib, she’riy yoki nasriy misollar yordamida asoslaniladi.
"Al-jibol va-l-amkina va-l-miyoh" yoki "Kitobu asmon-l-adviya va-l-jibol" asari toponimikaga bag’ishlanib, kitobda jug’rofiy nomlar alifbo tartibida izohlangan. Bu asarning ham afzalligi shundan iboratki, joy nomlari izohlanish borasida shu nomning qo’yilish sababi sharhlanadi. Ular bilan bog’liq rivoyat va she’rlarning berilishi bu soha bo’yicha kelgusida qilinajak ishlarga bir yo’llanmadir.
"Muqaddimatu-l-adab" nafaqat arab tili va tilshunosligi, balki o’zga til va tilshunoslik uchun ham g’oyat zarur. Uning birinchi faslida ism guruhidagi so’zlar, ikkinchi faslida fe’llar, uchunchi faslida ko’makchi guruhidagi so’zlar, to’rtinchi faslda ismlarning turlanishi, beshinchi faslda fe’llarning tuslanishi tahlil etilgan.
Dostları ilə paylaş: |