O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Qonunchilik tashabbusi huquqiga qaysi davlat tashkilotlari ega?



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə59/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Qonunchilik tashabbusi huquqiga qaysi davlat tashkilotlari ega?
98-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir.
Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega boʻlgan, yuz ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.
Qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini kiritish va koʻrib chiqish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Ushbu moddani sharhlashda birinchi navbatda, “Qonunchilik tashabbusi huquqi” iborasiga eʼtiborni qaratishimiz lozim. Ushbu alohida turdagi huquqning ahamiyati, subyektlari va ularning faoliyati hamda bu huquqning amalga oshirish jarayoni oʻziga xos xususiyatga ega. Aynan qonun chiqarish jarayonining birinchi bosqichi – qonunchilik tashabbusini amalga oshirish orqali amalga oshiriladi.
Qonunni yaratish jarayoni, yaʼni qonun chiqaruvchi organ doirasidagi bevosita faoliyat qonunchilik tashabbusi koʻrsatilishidan boshlanadi. Qonunchilik tashabbusi borasidagi huquqiy muammolarning magʻzini anglab yetish uchun uning quyidagi muhim jihatlarini puxta mushohada etish talab qilinadi:
1) qonunchilik tashabbusi huquqining mohiyati;
2) qonunchilik tashabbusi amalga oshirilishi natijasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatning mazmuni;
3) qonunchilik tashabbusi huquqining subyektlari doirasi hamda ularga xos xususiyatlar va boshqalar.
Mamlakatimiz Asosiy qonunida qonun chiqarish jarayonining alohida bosqichi hisoblanmish qonunchilik tashabbusi huquqi oʻzining yuridik ifodasini topgan. Eʼtirof etish lozimki, qonunchilik tashabbusi Oliy Majlisda emas, balki faqat Qonunchilik pala­tasida roʻyobga chiqariladi.
Qonunchilik tashabbusi huquqining oʻzi nima? U kimlarga tegishli? Qonun chiqarish jarayonidagi eng muhim bosqich hisoblangan qonunchilik tashabbusini amalga oshirish toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish uchun, birinchi navbatda, uning mohiyatiga eʼtibor qaratish oʻrinli. Qonunchilik tashabbusini amalga oshirish “qonunchilik tashabbusi huquqi” orqali amalda oʻz ifodasini topadi. “Qonunchilik tashabbusi huquqi deganda, Konstitutsiyada belgilangan davlat organlari, tashkilotlar va shaxslarning qonun chiqaruvchi organga qonunchilikka oid taklif yoki qonun loyihasini taqdim etishdan iborat subyektiv huquqi tushuniladi”45.
Demak, qonunchilik tashabbusi huquqiga Konstitutsiyada belgilangan davlat organlari va mansabdor shaxslargina ega boʻladilar. Bu subyektlar oʻz huquqlaridan foydalangan holga qonun chiqarish jarayonida ishtirok etishlari mumkin. Ular qonunchilik tashabbusi huquqini qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiradilar.
Qonunchilik tashabbusi huquqi orqali Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalari bir qator talablarni oʻzida aks ettirgan hujjatlar bilan birga yuboriladi. Masalan, davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama­sining xulo­sasi. Ushbu xulosaning muhimligi shunda namoyon boʻladiki, qonunning qabul qilinishi davlatning bugungi iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy hayoti, byudjetdagi mablagʻlari va ularning taqsimlanishi bilan adekvat boʻlishi lozim. Aynan ushbu jihat Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi toʻgʻrisidagi qonunning 27-moddasidagi quyidagi qoida bilan yanada aniqlashtirilgan: «Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirish, shuningdek byudjet moddalari boʻyicha oʻzgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mah­ka­masining ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda kiritilishi mumkin» (27-moddaning 2-qismi).
Bu qoida shundan dalolat beradiki, bu yoʻnalishdagi qonun loyihalari, birinchi navbatda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladi va uning davlat iqtisodiy asoslariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beriladi. Hozirgi kunda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi qonunning 27-modda 2-qismi bu konstitutsiyaviy normaga toʻldiruvchi qoida sifatida amal qilmoqda.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subyektlarning qonun loyihasini parlamentga kiritishi va uni koʻrib chiqish tartibi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunda belgilab berilgan. Xususan, mazkur Reglamentning 12-moddasida quyidagi qoidalar bayon etilgan:
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subyektlar kiritadilar.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim etilishi kerak:
1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushuntirish xati;
2) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bogʻliq qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi;
3) oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim boʻlgan qonun osti hujjatlarining roʻyxati;
4) moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonun­chilik tashabbusi huquqining subyekti loyiha matnini oʻzgartirish yoki oʻzi kiritgan qonun loyihasini qaytarib olish huquqiga ega.
Ikki palatali parlament sharoitida qonunchilik tashabbusining mazmuni muayyan tarzda oʻzgaradi. Yaʼni, 1995-yil 5-mayda qabul qilingan Oliy Majlis (bir palatali parlament) Reglamentining 79-moddasida: “Qonunchilik tashabbusi huquqi Oʻzbekistonning yangi qonunlari loyihalarini, amaldagi qonunlarini oʻzgartirish toʻgʻri­sidagi loyihalarni, yangi qonunlarni qabul qilish yoki amaldagi qonunlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida takliflarni (qonun chiqarish takliflari) kiritish shaklida amalga oshiriladi»46, – deyilgan edi. Taʼkidlash joizki, bunda qonunchilik tashabbusi ikki shaklda – ham tayyor loyiha shaklida, ham qonunchilikka oid taklif shaklida amalga oshirilardi. Qonunchilik palatasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan Reglamenti belgilagan tartibga koʻra, qonunchilik tashabbusi faqat tayyor qonun loyihasini mazkur palataga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qonunchilik taklifi bilan murojaat etish huquqi hech kim uchun cheklanmagan. Shunday taklif kiritilgan taqdirda esa, qonun loyihalari qonun chiqarish tashabbusi huquqiga ega boʻlgan yuqorida koʻrsatilgan idoralar va shaxslar orqali kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ombudsmani ushbu huquq subyekti hisoblanadi. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) toʻgʻrisidagi qonunning 5-moddasida: “Vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati boʻlib, qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir”47, – deyilgan. Solishtirib koʻrilganida, Konstitutsiyaning 98-moddasida Ombudsman qonunchilik tashabbusi huquqining subyekti sifatida zikr etilmaganligi koʻzga tashlanadi. Shundan kelib chiqib, Ombudsmanning mazkur huquqqa egaligi toʻgʻrisidagi qoidani Konstitutsiyaga kiritish lozimligi haqida ham fikrlar bildirilmoqda.
Bizningcha, Konstitutsiya bilan ushbu qonun oʻrtasida ziddiyat yoʻq. Konstitutsiyaning 98-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining deputatlari qonunchilik tashab busini roʻyobga chiqara olishlari yozib qoʻyilgan. Ombudsman parlamentning deputati hisoblanadi. Demak, mantiqan Ombudsman ham Qonunchilik palatasi huzuridagi qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalana oladi. Ombudsman toʻgʻrisidagi qonunning 5-moddasida ham uning parlament deputati ekanligi eʼtirof etilib, soʻngra qonunchilik tashabbusi huquqi borligi qayd etilgan. Shu sababli Konstitutsiyaga qoʻshimcha kiritishga ehtiyoj yoʻq.
99-modda. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan maʼqullanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy manbalarda eʼlon qilingach, yuridik kuchga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.
Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan oltmish kun ichida koʻrib chiqiladi va maʼqullangan taqdirda, imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga oʻn kundan kechiktirmay yuboriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin