O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə55/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

95-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Sudyalar oliy kengashini, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqish hamda maʼqullash;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
9) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish;
10) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
11) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga oʻz faoliyatini
amalga oshirishda koʻmaklashish;
12) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik normalariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, bekor qilish;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini
va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
15) oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
16) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
17) Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, bundan Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar mustasno;
18) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ham, amaldagi qonun hujjatlariga asosan, oʻzining mutlaq vakolatlariga ega. Senatning mutlaq vakolatlarini sharhlashda, ularning mazmuni va ijro usuliga koʻra tasniflab olamiz.
Birinchi guruh – Senatning ichki faoliyatini tartibga solish va oʻzi mustaqil hal etadigan vakolatlari:
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash (sharhlanayotgan moddaning 1-bandi). Oliy Majlis Senatining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi. Senat Raisini saylash tartibi toʻgʻrisida 86-moddaning sharhida batafsil toʻxtalamiz.
Senat Raisi oʻrinbosarlarining huquqiy maqomi 2002-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonunning 15-moddasida ifodalangan boʻlsa, ularni saylash tartibi 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 4-moddasida oʻz aksini topgan. Unga asosan, Senat Raisining oʻrinbosarlari Senat aʼzolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Senat vakolat muddatiga saylanadi. Senat Raisining oʻrinbosarligiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan senatorlar orasidan taqdim etiladi. Senatorlar orasidan saylangan Senat Raisining oʻrinbosarlaridan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakili boʻladi. Ushbu masala boʻyicha qaror qabul qilinadi, qarorlarni Senat majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Senat qoʻmitalari raislari va ularning oʻrinbosarlari faoliyati hamda ularni saylash tartibiga oid huquqiy normalar 2002-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonunning 17-moddasida va 2003-yil 29 avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 7-moddasida oʻz aksini topgan. Unda qayd etilishicha, Senat tomonidan senatorlar orasidan palataning vakolatlari muddatiga rais, uning oʻrinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar tuziladi. Senat Raisi va uning oʻrinbosarlari Senatning qoʻmitalari tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Senatda reglament, byudjet va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari, tashkiliy-maʼmuriy masalalar, qonunchilik va sud-huquq masalalari, mudofaa va xavfsizlik masalalari, tashqi siyosat masalalari qoʻmitalari tuzilishi shart. Senatda boshqa qoʻmitalar ham tuzilishi mumkin. Senat qoʻmitalarining umumiy soni, qoida tariqasida, sakkiztadan oshmasligi kerak.
Senat qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari palata majlisida Senat Raisining taqdimiga binoan senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi.
Senat qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari, shuningdek, qoʻmita aʼzolari saylangani toʻgʻrisida Senat qarorlar qabul qiladi.
Hozirda samarali faoliyat olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida oltita qoʻmita mavjud. Ular:

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin