O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə78/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

136-modda. Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmaydi.
Sudyalar daxlsizdir.
Davlat sudyaning va uning oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydi.
Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga, uning vakolatlarini bekor qilishga yoki to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Mazkur Konstitutsiyaviy normada Sudyalar daxlsizligini ta'minlashga oid masalaga e’tibor kuchaytirilganligini ko’rishmiz mumkin. Agarda sudya o'zini tinch va xotirjam his qilmasa, uning xolisligiga putur yetishi mumkin. Shu maqsadda bugungi kunda Sudyalar daxlsizligini ta'minlash va korrupsiyaning oldini olish bo'yicha sud inspeksiyasi tashkil etildi.
Sudyalarning yaqin qarindoshlariga bosim o'tkazishni oldini olish maqsadida Konstitusiyada nafaqat sudyalarning, qolaversa oilasi daxlsizligi ham alohida Konstitutsiyaviy norma sifatida belgilab qo’yildi. Bu esa o’z navbatida sudyalar faoliyatining qonun doirasida bo’lishining yana bir kafolatidir.
Sudyalarning daxlsizligi — uning odil qaror qabul qilishiga, o'zi va yaqinlariga nisbatan hech qanday xavf-xatarlarni his etmagan holda hukm chiqarishiga zamin yaratadi. Shunga ko'ra, Konstitusiyaga kiritilgan mazkur o'zgarishlar mustaqil sud tizimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin