O’zbekiston respublikasi Navoiy Icon metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik instituti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə11/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#38528
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
sasas

U oL

UL = 1 rez XL =— XL = U~

R
ning kichik va Xl ning katta qiymatlarida, kuchlanish Ul va unga teng bo'lgan kuchlanish Uc zanjirga berilgan kuchlanishdan bir necha o'n marta katta bo'lishi mumkin. Kuchlanishlar rezonansida tarmoqdan iste'mol qilinadigan reaktiv quvvat nolga teng bo'ladi.

Q = Ql - Qc = 0

Chunki, induktiv g'altak va kondensatorning reaktiv quvvatlari o'zaro teng: to'la quvvat esa aktiv quvvatga teng:

S = V P2 + Q1 = P

Demak, kuchlanishlar rezonansida induktiv g'altak va kondensator orasida reaktiv energiya almashinuvi sodir bo'ladi, ammo tarmoq va induktiv g'altak yoki tarmoq va kondensator orasida esa energiya almashinuvi yuz bermaydi.

Kuchlanishlar rezonansi u paydo bo'lgan qurilma uchun xavfli, chunki kuchlanish bir necha o'n marta ortib ketishi mumkin. Agar ma'lum sig'imga ega bo'lgan kabel liniyasiga biron qurilmaning induktiv g'altagi (masalan, transformator chulg'ami) ulansa, shunday hodisa sodir bo'lishi mumkin.

Ammo texnikaning ko'p sohalarida kuchlanish rezonansidan keng foydalaniladi. (masalan, radiotexnikada filtrlar sifatida).



  1. Ishni bajarish tartibi

  1. Kompyuterda “Elektronics Workbench” dasturiy paketi ishga tushuriladi.

  2. 5.1-rasmdagi sxema yig'iladi.





rez


5.1-rasm.

26






O’lchashlar

С

I

u

Ul

Uc

mkf

а

v

v

v

1
















2


































n

















  1. Uc,Ul, U va I larning C ga bog'liqlik grafiklari quriladi.

  2. Grafik bo'yicha rezonans momenti aniqlanadi.

  3. Kuchlanishlar rezonansida zanjirning parametrlarini hisoblab, uning natijalari 5.2-jadvalga


yoziladi.

7. Rezonans momenti uchun vektor diagramma quriladi. 5.2-jadval



Grafdiklardan

Hisoblashlar

С

Ul

Uc

L

R

UL

Uc

mkf

V

V

Gn

om

U

U























  1. Hisobot tuzish tartibi

  1. Rezonans sharti uchun vektor diagramma quriladi (5.2-rasm).

Ixtiyoriy 0
nuqtadan I tokining vektorini qo'yamiz. Yana shu nuqtadan bu vektorga parallel qilib (ustma-ust qilib) induktiv g'altakdagi aktiv kuchlanish Urg'= 1рез R ning tushuviga teng bo'lgan, tarmoq kuchlanishi U ning vektori o'tkaziladi. So'ngra 900 ga qoluvchan burchak ostida kondensatordagi kuchlanish tushuvi vektori Uc qo'yiladi. Induktiv g'altakdagi kuchlanish Ug g'altakdagi aktiv Urg' va induktiv Ulg' kuchlanishlar tushuvining geometrik yig'indisiga teng bo'lishi kerak. So'ngra Urg' vektorining oxiridan yuqoriga perpendikulyar chiqarib, ana shu perpendikulyarga 0 nuqtadan turib Ug' vektoriga teng radius bilan yoy chiziladi. Urg' va Ug' vektorlarining oxirlarini birlashtiruvchi kesma kuchlanishning induktiv tushuvi Ul ga teng bo'ladi. Bu vektorni 0 nuqtaga ko'chirib, pastga yo'naltirilganda u Uc vektoriga teng bo'lib chiqishi kerak.

  1. Grafiklar quriladi.

Ul = fi(C), Uc = f2 (C) va I = /з(С) bog'lanishlarning egri chizig'ini bir grafikda chizish kerak. Tok I maksimal qiymatiga erishgan nuqta kuchlanish rezonansiga to'g'ri keladi. Tok I maksimal qiymatga erishgan nuqtadan ordinata o'qiga parallel to'g'ri chiziq o'tkazilsa, bu to'g'ri chiziq kuchlanish rezonansida Ul, Uc va C larning qiymatini aniqlovchi nuqtalarda tegishli egri chiziqlarni kesib o'tadi. Grafikdan olingan qiymatlar 5.2-jadvalga yoziladi.





27





  1. Tekshiruv savollari.

  1. Qanday elektr zanjirlarida kuchlanish rezonansi sodir bo'lishi mumkin ?

  2. Kuchlanish rezonansi hosil bo'lishining shartlari qanday ?

  3. Elektr zanjiridagi kuchlanish rezonansida qanday hodisalar kuzatiladi ?

  4. Kuchlanishlar rezonansi nima bilan xavfli ?

  5. Kuchlanishlar rezonansida tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi qanday quriladi ?

  6. Qanday miqdorlarni o'zgartirish bilan kuchlanish rezonansiga erishish mumkin?


  1. TAJRIBA ISHI TOKLAR REZONANSI

  1. Ishdan kuzda tutilgan maqsad

  1. Toklar rezonansi hodisasi bilan amaliy tanishish.

  2. Kondensatorning sig'imi o'zgarganda, butun zanjirda va zanjirning qismlarida tokning o'zgarishini tekshirish.

  3. Toklar rezonansi boshlanish momentini aniqlash.

  4. Toklar rezonansi momentida zanjirning o'tkazuvchanligini aniqlash.

  1. Tajriba ishini tushuntirish Parallel ulangan induktiv g'altak va kondensatordan iborat elektr zanjirini reaktiv o'tkazuvchanliklari teng bo'lgandagi ish rejimiga toklar rezonansi deyiladi, ya'ni

bL = be

XL XL


G'altakning reaktiv o'tkazuvchanligi bL2^2 2

Z G RG + XL

Kondensatorning reaktiv o'tkazuvchanligi (agar kondensatorning kichik aktiv qarshiligi hisobga olinmasa)



be = a С

bu yerda XL=aL -g'altakning induktiv qarshiligi, om Z-g'altakning to'la qarshiligi, om Rg' -g'altakning aktiv qarshiligi, om L-g'altakning induktivligi, gn C-kondensatorning sig'imi, f



a =2 nf-o'zgaruvchan tokning burchak chastotasi, sek-1 f- tarmoqdagi o'zgaruvchan tokning chastotasi.

Toklar rezonansi vaqtida quyidagi hodisalar kuzatiladi:



  1. zanjirning to'la o'tkazuvchanligi Y, uning aktiv o'tkazuvchanligi gga teng bo'ladi.

  2. zanjirning quvvat koeffisiyenti cosp birga teng bo'ladi:

g

C0S prez - — 1

rez

v) zanjirning tarmoqlanmagan qismida tok I =U Yrez =Ug eng kichik qiymatga ega bo'ladi. Tokning induktiv va sig'im tashkil etuvchilari o'zaro teng. Bu quyidagi ifodadan ko'rinadi .



bL = be; U bL = U be; ya'ni Il = Ie g)shuningdek reaktiv quvvatlar Ql va Qe lar o'zaro teng.

Il = Ie : UIl = UIe , ya'ni Ql =Qc Demak, zanjirning umumiy qismida reaktiv quvvat bo'lmaydi, to'la quvvat esa aktiv quvvatga teng bo'ladi :

S — VP1 + (Ql - Qc )2P Reaktiv quvvat va reaktiv tok faqat LC konturda bo'ladi. Chunki zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kuchi, toklar rezonansida eng kichik qiymatga ega. O'zgarmas aktiv quvvatda, induktiv g'altak va kondensatorning iste'mol qilayotgan aktiv quvvati amalda nolga teng. Bu


28






O’lchashlar

Vektor

diagramm

С

U

I

Ig

Ikon

cos9

mkf

v

А

а

a




1.



















2.








































n





















Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin