O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə11/12
tarix15.06.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#61494
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Munira Sadriddinova

2.3 4-rasm Andreyanamolar
Yuksak o'simliklar tashqi ko'rinishi jihatidan raug-barang. Uning tanasi organlarga differentsiallashgan, hamda ularda nasllar gallanishi kuzatiladi. Hozirgi davrda yuksak o'simliklarning soni 500 mingdan ortiq. Ular Yer kurrasining nam tropik o'rmonlaridan tortib, cho'llargacba va Arktikaning doimiy muzliklarida ham uchraydi. Yuksak o'simliklarda yaxshi shakllangan vegetativ va generativ organlar bo'lib, jinssiz va jinsiy usullarda ko'payadi. Riniotoifalar hozirgi vaqtda ma'lum bo'lgan yuksak o'simliklarning qadimgi vakillari bo'lib hisoblanadi, ular juda sodda tuzilgan, ildizsiz, poyasiz, ayrisimon shoxlangan, mayda tikonsimon bargli o'simliklardir. Riniotoifalar paleozoy erasining silur davrlarida kelib chiqib, toshko'mir davrlarining boshlarida nobud bo'lib, yo'qolib ketgan. 1937 yilda paleobotanik U.Lang riniyalardan ham qadimgi vakilini yuqori silur qoldiqlaridan kuksoniya (Cooksonia) deb atalgan yangi turkumini aniqlagan Keyinchalik kuksoniyaning qoldiqlari yuqori silur qatlamlaridan Chexoslovakiya, Markaziy Qozog'iston, Nyu-York, Shotlandiyadan va G'arbiy Sibirdan ham topilgan. Bu qoldiqlar silur davridan to devon davrining oxirigacha yashagan eng qadimgi yuksak o'simliklar sanalib, ular dastlab psilofitlar bo'limiga birlashtirilgan. Hozirgi paytda ko'pchilik olimlar ularni riniyatoifa o'simliklarlar (Rliyniophita)) deb atashadi. Riniyatoifa o'simliklar bo'limi bitta riniyasimonlar ajdodi va 2 ta qabila: riniyanomalar va psilofitnomalarni o'z ichiga oladi. Tipik vakili sifatida katta riniya olinadi. Katta riniya (Rhynia major) yirik balandligi 0,5m. Poyasining diametri 5mm ga yaqin bo'lgan
Bo‘limga 25 mingga yaqin tur kiradi. YA’ni tur soni jihatdan yuksak o‘simliklar orasida gulli o‘simliklardan keyin 2 chi o‘rinda turadi. Ular sodda tuzilish- ga ega o‘t o‘simliklar bo‘lib, suv o‘tlariga ancha yaqin turadi. Sababi vegetativ tanasi tallom (kattana) shaklida, ildizi yo‘q, rizoidlari ildiz vazifasini ba- jaradi. Barglari odpiy, o‘troq.
Yo‘sinlarda gametafit bo‘g‘in (nasl) sporafitdan ustun turadi. Jinsiy organi arxegoiiy va antiridiy hisoblanadi. Anchtridiyda hosil bo‘lgan spermatozoid arxigo- niydagi tuxum xujayra bilan qo‘shiladi. Natijada zigota va undan sporogon taraqqiy etadi. SHundan so‘ng jinssiz ko‘payish boshlanadi. Ularda sporafitning taraq- qiyoti gametofit bilan uzviy bog‘langan. CHunki sporafit suv bilan ozuqani asosan gametofitdan olib turadi. SHuning uchun ham yo‘sintoifalarda gametofit bo‘g‘in ustunlik qiladi. Boshqa yuksak o‘simliklarda esa sporafit bo‘gin mustaqil yashaydi. SHu bois bo‘lim vakillari yuksak o‘simliklar shajarasida alohida o‘rinda turadi.Yo‘sinlar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan sovuqtundra zonasigacha bo‘lgai hududlarda uchraydi. Yo‘sintoifalarning taraqqiyotssiklidagi xarakterli belgilaridan yana biri etilgan sporadan protonemaning o‘sishidir.
Protonema ko‘pchilik yo‘sinlarda ipsimon ko‘rinishda, faqat sfagnum va andreya yo‘sinlarida gametofitlar dastlabki fazasida plastinka shaklida bo‘ladi. Jigarsimon yo‘sinlarda protonema bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan qisqagina ipchadan iborat. Undan plastinkali yoki poyabargli gametofit taraqqiy etadi. Yo‘sinlar orasida funariyaning (Funaria hydrometrica) protonemasi yaxshi o‘rganilgan. Uning sporasi qulay sharoitda o‘sib, undan shoxlangan ipcha hosil bo‘lali. Bu ipcha uchki qismidagi hujayrasining bo‘linishi hisobiga o‘sib boradi. SHundan so‘ng ipcha shoxlanib, unda gametofor kurtaklar hosil bo‘ladi. Yo‘sinlarning bunday ipsimon protonemasi tashqi ko‘rinishidan yashil suv o‘tlariga juda o‘xshaydi. SHunga ko‘ra yo‘sintoifalilarni yashil suv o‘taa- ridan kelib chiqqan degan taxminlar yuzaga kyolgan."Byroq bu fikrni tasdiqpovchi asosli dalillar yo‘q Hozirgi klassifikatsiyalar bo‘yicha o‘simliklar bo‘limn 3 ta sinfga (ajdodga) bo‘gtinadi: Jigarsnmon yo‘snnlar (Marchantiopsida sinf (ajdod)i
Jigarsnmon yo‘sinlar gametofitining xilma-xil bo‘lishi va sporafitining deyarli o‘xshash bo‘lnshi byutan xarakterlanadi. Bu sinfga 300 ga yaqin turkum va 6000 dan ortiq tur kiradi. Ularning ko‘pchiligi tropikada tarqalgan bo‘lib, asosan sernam tuprokda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari ham mavjud.
Jigarsimon yo‘sinlar sinfining vakillari vegetativ, jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan ko‘payadi. Hozirgi klassifikatsiyaga ko‘ra jigarsimonyo‘sinlar sinfi 2 ta sinfchaga bo‘linadi:Sinfchaga 3500 lan ziyodroq tur kirib, ularni SHimoliy va Janubiy yarim sharpa, turli ekologik sharoitlarda uchratish mumkin.


XULOSA
Ushbu kurs ishimni bajarish davomida Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar kiruvchi o’simliklarni muhofaza qilish va turlar sonini o’rganish hozirgi kunda dolzarb ekanligini unga sabab esa yashash muhitining yamonlashuvi,ekologiyaning buzilishi va inson antrapologiyasi eknligi yoritilgan. Tanlagan kurs ishim bo’lgan Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar kiruvchi turlar va navlar haqida ma’lumotlar to’plandi tabiiy sharoitda o’rganildi. Kurs ishimning vazifasi qilib Jigarsimon — Marcbantiopsida yo‘sinlar turlar va navlar biologiyasi o’rganildi, Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar turlarini muhofaza qilish chora tadbirlari o’rganildi turli xil muhofaza qilish borasida takliflar berildi va Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar turlari va navlarining bugungi kundagi axamiyati keng yoritib berildi. Adabiyotlar sharxi orqali hozirgi davrgacha yetib kelgan ko’pgina olimlar tomonidan Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar tegishli fikirlar hamda qilingan ilmiy ishlar haqida ma’lumotlar to’plandi va kurs ishida yoritildi. Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar yoki O’simlik va muhit orasida murakkab aloqadorlik mavjud. O’simliklar tabiatdagi modda almashinuvi jarayonida muhim ro’l o’ynaydi. Yashil o’simliklar planetamizdagi hayotning asosiy manbaidir. Quyoshdan keladigan yorug’lik energiyasi yashil o’simliklar tomonidan o’zlashtirilib, ularning hujayrasida ximiyaviy energiyaga, uning yordamida esa o’simlikka atrof-muhitdan keladigan noorganik moddalar organik moddalarga, yahni oqsil, yog’, uglevod, vitamin, organik kislotalar va boshqalarga aylantiriladi. Noorganik moddalarni organik moddalarga aylanish jarayoni fotosintez deyiladi. Bu jarayonda atmosferaga kislorod ajralib chiqadi va yerdagi hayotning davomiyligi saqlanadi. Hayot faoliyati davomida yashil o’simliklar cheksiz miqdorda biomassa to’playdi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin