2.3 2-rasm Sfagnum Sfagnumkabilarga 350ga yaqin tur kiradi. Ular tundrada, shimoliy va janubiy yarim shaming sovuq o'lkalarida keng tarqalgan. Oq yo'sin uchki qismida doimo o'sib turadi, pastki qismi nobud bo'laveradi; suv barg va poyalariga shimiladi. Ularning tezlik bilan yuqorigi qismini o'sishi, pastki qismining nobud bo'lib turishi, yuqori namgarchilik sharoitida organik modda - torfning hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Torf qishloq xo'jaligida organik o'g'it sifatida keng ishlatiladi. Ulardan karton, qog'oz tayyorlash mumkin. Torf shifobaxsh xususiyatga ham ega. Poyasi kalta va uzun shoxchalarga ega. Kalta shoxchalar poyani uchida g`uj bo`lib, boshoqcha shaklida. Uzun shoxchalari poyada 4-5 tadan joylashgan bo`lib, pastga osilib turadi. Oq (sfagnum) yo`sinlarning poya va barglarining anatomik tuzilishida 2 xil xujayralar borligi ko`rinadi. Birinchi xil xujayralar uzunchokrok bo`lib, xlorofill donachalariga ega..
Sfagnumsimonlar yoki poya bargli yo`sinlar sinfi. Bu sinfga (9500 tur) taalluqli o`simliklar morfologik va anatomik tuzilishi jihatidan jigarsimon o`simliklardan quyidagi asosiy belgilari bilan farq qiladi: bular orasida tallom tuzilishiga ega bo`lgan vakillar yo`k. Tanasi poya va barglarga bo`lingan. Poyasi radial tuzilishiga ega bo`lib, unda barglar ketma-ket joylashgan. Poyaning ichki anatomik tuzilishida hali xaqiqiy floema va ksilema rivojlanmagan bo`lsada, ularning vazifasini bajaruvchi sodda tuzilishga ega bo`lgan o`tkazuvchi naychalar bor. Protonema ipchalari shoxlangan bo`ladi. Ko`sakchadan faqatgina sporalar hosil bo`ladi. Bu sinf uchta sinfchaga
2.3 3-rasm Jigarsimon yo’sinlar vakillari Ikkinchi xili esa serbar tiniq bo`lib, tur ko`zlarida joylashgan holda suvga to`lgan bo`ladi. Poyaning yuqori qismida jinsiy organlari- anteridiy (novdalar orasida) va arxegoniy (poyaning uchida) etiladi. Anteridiy ovalsimon yoki sharsimon shaklga ega bo`lib, unda ikki xivchinli spermatozoidlar yuzaga keladi. Arxegoniyda tuxum xujayra rivojlanadi. Spermatozoidlar tuxum xujayraga suv yordamida etib kelib qo`shilishi natijasida otalanish sodir bo`ladi. Otalangan tuxum xujayradan sporangiy vujudga keladi. Sporangiy ikki qismdan–ko`sakcha va qisqa banddan iborat. Ko`sakchani ikki tomonida gumbazsimon sporogoniy va uning tagida ustuncha bor. Sporogoniyda etilgan sporalar ko`sakcha devorini yorilishi natijasida tashqariga sochilib, erga tushadi. Sporadan dastlab protonema va rizoidlar o`sib chikib, keyinchalik sfagnum o`simligiga aylanadi.
Andreya qabilar sinfchasi. Bu sinfcha ham 1 ta qabila Andreyanamolar (Andreales) va 1 ta oilani o`z ichiga oladi. Bular yuqoridagi sinfchalar orasidagi oraliq yo`sinlar hisoblanadi. Ularning poyasi shoxlangan, barglari bir qavat xujayralardan iborat. Sporalari etilgan vakqtda ko`sakchasi uzunasiga 4-ta pallaga bo`linib ochiladi. Bular har ikkala yarim sharda, ayniqsa o`rtacha va sovuq iqlimli mintaqalarda keng tarqalgan.
Xo`jalikdagi ahamiyati: yo`sinlar tabiatda keng tarqalgan bo`lsa ham xo`jalik nuqtai-nazaridan ma`lum bir qiymatga ega. eng qadimgi, sodda tuzilgan jigarsimon yo`sinlardan qadimda jigar kasalliklarini davolash uchun ishlatilgan. Tundrada o`suvchi kakku zigiri bug`ular uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. Botqoqliklarda o`sadigan sfagnumlardan esa torf hosil bo`ladi. 1 metr torf hosil bo`lishi uchun 100 yil vaqt sarflanadi. Torf yo`sinlaridan yoqilg`i sifatida foydalaniladi. Undan parfin, fenollar, spirt olinadi. Izolyatsiya uchun muzlatkichlarda ishlatiladi. Qog`oz karton tayorlaniladi.