11.1. - Rasm. Aksiz solig‘i sotuvchi tomonidan to‘langanda bozor
muvozanantiga ta’siri.
Ikkinchi variant. Aksiz solig‘i davtlat budjetiga haridorlar tomonidan
to‘lanadi. Haridorlar tovarning avvalgi hajmda sotib olishga tayyor, agar uning narxi
soliqdan tashkari T so‘mga past bo‘lsa. Bunday holatda haridorlar soliq bilan birga
hisoblanganda avvalgi narxga teng qiymatda to‘lashadi. Natijada talab chizig‘i T ga
pastga ko‘chadi (11.2.-rasm). Yangi sotuv hajmi Q2, narx R+ va R- o‘xshash variant
bo‘ladi, sotuvchilar to‘lagandagi kabi. Bundan kelib chiqadiki, bevosita soliq
to‘lovchi - sotuvchimi yoki haridormi ahamiyat kasb etmaydi. 11.2. – rasmdan, soliq
yuki sotuvchi va haridor o‘rtasida taqsimlanish ulushi avvalgidan, ya’ni sotuvchilar
tomonidan to‘langandagi kabi o‘zgarmaydi.
11.2. - Rasm. Aksiz solig‘i haridorlar tomonidan to‘langanda bozor
muvozanantiga ta’siri .
Mahsulot, tovar solig‘ining joriy etilishi soliq tushumini ko‘paytiradi, ammo
iste’molchilar farovonligini pasaytiradi. Soliq bo‘yicha o‘lik yo‘qotish - bu
94
farovonlikni pasayishi yig‘ilgan ya’ni soliqdan yig‘ilgan daromaddan yuqori
darajada bo‘lishidir. Ushbu tushuncha 11.3-rasmda keltirilgan.
Soliq joriy etilishidan avval, p tovar narxi, X0 iste’mol miqdori. Ushbu narxda
iste’molchi ortiqcha daromadi, farovonligi abc uchburchagida o‘z ifodasini topgan.
Tovardan maxsus soliq t summa olinganda, narx q = p + t gacha ko‘tariladi, iste’mol
esa X1 gacha pasayadi.
11.3-rasm. Daromad yo’qotilishi
Narxning o‘sishi bilan iste’molning ushbu pasayishi, iste’molchi daromadi va
farovonligini aef gacha pasayishiga olib keladi. Eto padeniye potrebleniya vmeste s
rostom sen snijayet izlishek potrebitelya do aef. Soliq daromadi tX1 ga, ya’ni cdef
yuzaga ortadi. Iste’molchining dastlabki daromadiga nisbatan, soliqqa jalb
qilinmagan daromad – DWL bu sof yo‘qotish, bde uchburchagi orqali ifodalangan.
Taxminan yo‘qotishlar miqdorini ifodalaydigan, oddiy ifodani ilgari surish
mumkin. Uchburchak bde teng ½tdX ga, bu yerda dX – (X0 - X1) – talab o‘zgarishi.
Soliqqa tortishdan avvalgi va keyingi talab darajasini bilgan holda, ushbu
formuladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishi mumkin. Buni hisobga olgan holda,
ushbu formulaga muqobil formula shaklini ilgari surish mumkin. Talab elastikligi
quyidagicha aniqlanadi kelib chiqadiki Sof yo‘qotish, narxlar o‘zgarishini dp = t
ifodalaydi.
Ushbu holat p dan q = p + t gacha narxlarning to‘liq o‘zgarishishida elastiklik
doimiy ekanligini ifodalaydi.
Sof yo‘qotish formulasi ikkita muhim kuzatuvni amalga oshiradi.
Birinchidan, sof zarar soliq stavkasining kvadratiga mutanosibdir. Shunday qilib,
soliq stavkasi oshishi bilan sof zarar tez o‘sib boradi. Ikkinchidan, sof yo‘qotish
talabning yegiluvchanligi bilan mutanosibdir. Belgilangan soliq o‘zgarishi holatiga
sof zarar katta bo‘ladi, hattoki tovarga bo‘lgan talab yelastikligidan ham yuqori.
95
Tovarlarga soliq solishning muqobil yondashuvi 11.4-rasmda keltirilgan. a
nuqta - soliq solinmagan holatdagi boshlang‘ich pozitsiya. Yendi bir martalik soliq
va 1-tovarga solinadigan tovar solig‘i o‘rtasidagi farqni ko‘rib chiqing, bu yerda
ikkita soliq vositasi bir xil daromad darajasini oshiradi. Rasmda bir martalik soliq a
nuqtadan b nuqtaga o‘tish bilan ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |