Komenskiy inson tabiatning bir qismidir, shuning uchun ham u tabiatga
bo’ysunadi deb hisobladi. U «Buyuk didaktika» asarida bayon qilgan fikrlarning
barchasi pedagogik tajribalari, orttirgan bilimlari bilan qimmatlidir. Bu asar din
bilan sug’orilgan bo’lsa-da, unda tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini isbotlab
berishdagi fikrlari va ko’rsatmalari diqqatga sazovordir.
U o’z asarlarida bolaga tarbiya berishda inson tabiatiga (tug’ma belgilariga)
e’tibor berishligini ko’rsatadi. U inson tabiatiga asoslanib, bolaning yosh davrlarini
oralig’i 6 yildan bo’lgan 4 davrga ajratadi:
1) Go’daklik davri (tug’ilgandan 6 yoshgacha bo’lgan davr).
2) Bolalik davri (6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan davr).
3) O’smirlik davri (12 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan davr).
4) Yetuklik (balog’at) davri (18 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan davr).
Komenskiy birinchi davrda bola jismoniy jihatdan o’sadi, ikkinchi davrda
eslash qobiliyati, xayol ularning ijrochilari bo’lgan til va qo’l rivojlanadi,
uchchinchi davrda bulardan tashqari tafakkur yuksak darajada o’sadi, to’rtinchi
davrda esa iroda va uyg’unlikni saqlash qobiliyati o’sadi, deb ko’rsatadi.
Komenskiy bu bosqichlar bir-biri bilan uzviy bog’langan, biri-birining
davomidir. U umumiy maktab bo’lishi kerak, deb demokratik tamoyilni ilgari
suradi. 6 yoshgacha bo’lgan bolalar ijtimoiy hayot, tabiat, uy-ro’zg’or buyumlari
to’g’risidagi dastlabki tushunchalarga ega bo’lishi kerak. Bu yoshdagi bolalarda
insonparvarlik, mehnatsevarlik, rostgo’ylik, kattalarga hurmat, ozodalik kabi
xislatlar tarkib toptirilishi kerak.
Komenskiy dunyoda birinchi marta tarbiyaga doir «
Dostları ilə paylaş: