Uning qarashlarida diniy axloqiy shakllantirish, ma’rifat orqali xudoni
anglashish asosiy axloqiy tarbiya vazifalari edi;
Umuman olganda, Yan Amos Komenskiy
ilmiy pedagogika fanini
shakllanishida muhim hissa qo’shdi. U pedagogika fanining asosi sifatida va
barchani o’qitish lozim degan progressiv g’oya muallifi bo’lib tanildi.
Komenskiy o’z pedagogik g’oyalari bilan sxolastik ta’limotga qattiq zarba
berdi. U maktab bolani ma’rifat olamiga boshlaganida, uni hissiy bilishga, so’ngra
esa, aqliy bilishga o’rgatishi lozimligini ilgari surdi.
Yan Amos Komenskiy butun dunyoda pedagogika
ilmining va maktabning
taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. U maktab ma’rifiy ishlari orqali jamiyat
hayotini o’zgartirish mumkin degan progressiv g’oyalarini, ta’lim prinsiplari,
uslublarini kiritdi.
3. Yan Amos Komenskiyning pedagogik faoliyati, sinf-dars tizimining
yaratilishi
Maktab ta’limini
tashkil etish, sinf dars tizimi. Komenskiy maktabda o’quv
yili va uni o’quv choraklariga bo’lish to’g’risidagi tushunchani, kanikulni kiritdi,
o’quv kunini qanday tashkil etish belgilab berdi. (ona tili maaktabida 4 o’quv soati
lotincha maktabda 6 o’quv soati), o’quv mashg’ulotlarining
sinf-dars tizimini
nazariy jihatdan ishlab chiqdi va bu temani amalda qo’lladi.
O’sha vaqtlardagi maktablarda o’quvchilar maktabga butun yil davomida turli
vaqtlarda qabul qilina berar edi. O’quvchilar garchi sinfda birga o’tirsalar ham,
lekin ko’pincha sinfning hamma o’quvchilari bilan kollektiv mashg’ulotlar olib
borilmas edi, har bir o’quvchi o’ziga berilgan darsni o’qir, maktabda har bir
o’quvchi sinfdan-sinfga o’zining vaqtiga yarasha alohida-alohida ko’chirila berar
edi. O’qituvchi har bir o’quvchini
huzuriga chaqirib, u bilan yakka tartibda shu-
g’ullanar edi. Komenskiy maktabga o’quvchilarni yilda bir martda qabul qilish,
o’qituvchi butun sinf bilan kollektiv ish olib borishni talab etdi. U o’quv
mashg’ulotlarini o’tkazishning
sinf-dars tizimiga asos soldi, darsni qanday
rejalashtirish va olib borish to’g’risida ko’rsatmalar berdi, darsning bir qismini
o’quvchilardan so’rash yo’li bilan ularning bilimlarini
hisobga olishga ajratishni,
bir qismini esa yangi materialni berish va mashqlar o’tkazishga ajratishni taklif
qildi.
U har bir darsning o’z temasi va o’z vazifasi bo’lish lozimligini aytdi.
O’qituvchi hamma o’quvchilarning mashg’ulotlarda faol qatnashishlarini diqqat
bilan kuzatib borishni va dars vaqtida sinfda intizom
saqlashlari lozimligini
Komenskiy alohida uqtirib o’tdi.
Dostları ilə paylaş: