O’zbek tilida qo’llanadigan so’roq olmoshlari asosan quyidagi
xususiyatlarga ega:
Kim olmoshlariga shaxslarga nisbatan qo’yiladi. Bu olmoshning
qo’llanishida quyidagi xususiyatlar bor:
1. Shaxsga nisbatan so’roqni ifodalagani uchun ot xarakterida keladi va otlar
kabi egalik va kishilik qo’shimchalarini qabul qiladi. Mening kimim bor? Ayrim
vaqtda juftlanib kelib shaxslarning kimligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Juftlanib
kelganda har ikkisi birlikda yoki oldingisi birlikda keyingisi ko’plik formasida
qo’llanilashi mumkun.
2. Nisbiy so’z vazifasida kelganda ma’noni kuchaytirish uchun – ki yoki –
da, + kim yordamida qo’shib ishlatiladi: kimki ko’p ishlasa, u ko’p haq oladi.
Kimdaki (m) vijdonan ishlasa, u hurmatga sazovor bo’ladi.
3. Kim olmoshi – sa qo’shimchasini olib otga qo’shadi: kimsa. Bu so’z hech,
har so’zlari bilan kelishi yoki – siz qo’shimchasini olishi mumkun. Kim olmoshi
gapda ko’pincha ega, kesim, to’ldiruvchi, ba’zan aniqlovchi va hol bo’lib keladi;
4. Nima olmoshi takrorlanib, har ikkinchisi bir xil shakillarida yoki oldingisi
birlikda, keyingisi ko’plik qo’shimchasini olgan holda keladi: nima – nima olding,
nima-nimalar olding?
Nima so’zi ba’zan ne shaklida (yolg’iz, yo takrorlangan holda: a)
predmetiga
nisbatan qo’llanilgan nima so’roq olmoshi o’rniga ishlatiladi. .. to’z aynisa ne
sotadi? b) predmetbelgisini ifodalovchi qanday olmoshiga yaqin vazifada yoki
gapning
mazmuniga qarab yomon, ko’p degan ma’nolarda ishlatiladi. U
qo’rquvdan ne ahvolda ekanini o’zi bilar edi.).
Necha olmoshi otlashib, kishilikning hamma shakillariga kela oladi:
nechanchi, nechaga, nechaning, nechadan. Necha so’zi predmet miqdoriga
nisbatan so’roqni ifodalaganda sonlarga o’xshash qo’shimchalar
bilan birga
qo’llanadi. Necha kulometr yo’l bosdim ekan? Gapda aniqlovchi va kesim bo’lib
keladi. Necha kishi keldi?
Qanday olmoshi predmet yoki harakatning belgisiga nisbatan so’roqni
bildiradi. Bu so’z qanaqa, qandoq shaklida ham kelib, yuqoridagi ma’noni
ifodalashi mumkun: qaysi olmoshi predmetning tarkibiga yoki o’rniga ko’ra
belgisini aniqlash uchun qo’llanadi: qaysi kishi? Qaysi uy?
Ergash gapli qo’shma gaplarda qaysi olmoshi nisbiy so’zlarning
birinchi
qismi bo’lib keladi. Qaysi kishi tirishib halol ishlasa, u hurmatga sazovor bo’ladi.
Qancha olmoshi son – ravish xarakteriga ega bo’lib, predmet yoki harakatning
miqdoriga ko’ra belgisini aniqlash uchun beriladigan so’roqni ifodalaydi. Ko’p
predmetning miqdorini aniqlash uchun qo’llanganda, o’zidan keyingi ot ko’pincha
birlikda keladi. Qancha kitob olding? – onta kitob oldim. Taxminiy miqdorini
aniqlash uchun qo’llanganda, ba’zan – cha qo’shimchasini qo’shib keladi. Qancha
yerni haydadingiz?)
Nisbiy so’zlarni birinchi qismi bo’lib kelib, daraja –
miqdorni ifodalash
uchun qo’llaniladi. Yerda qancha nam ko’p bo’lsa, urug’ shuncha tez unib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: