bo’linadi. 1) Kishilik olmoshlari: men, biz (I shaxs); sen siz (II shaxs); (y) u, ular
olmoshlari shaxsni ifodalashi bilan birga, ko’rsatish ma’nosini ham bildiradi.
III shaxs ko’plikdagi ular olmoshi so’zlash jarayonida ishtirok etmagan
birdan ortiq boshqa shaxsni yoki predmetlarni ifodalaydi. Ular bizga yetib olishsin.
Kishilik olmoshlari ko’plik qo’shimchasi – “lar”ni olish bilan ko’plikni
ko’rsatmaydi.
Men olmoshi – lar qo’shimchasini qabul qilmaydi. Sen olmoshi esa – lar
qo’shimchasi bilan qo’llangandan, tinglovchi va boshqa shaxslarga qo’shimcha
munosabatni yoki tinglovchini bir oz kamaytirish ma’nosini bildiradi: Senlarga
aytayapman (sen va boshqalarga aytayapman). –lar qo’shimchasi III shaxs
birlikdagi u olmoshiga qo’shilib keladi: u keldi – ular keldilar. Biz va siz
olmoshlariga qo’shilganda ma’nosini bir oz kuchaytirish ma’nosini shuningdek,
so’zlovchi va boshqalar to’dasini – ko’plikni bildiradi. Egalik qo’shimchalari
kishilik olmoshlariga, odatda qo’shilib kelmaydi. Ba’zan III shaxs kishilik olmoshi
ko’rsatish ma’nosida kelganda, otlashib egalik qo’shimchalari qabul qilishi
mumkun:
Kishilik olmoshlari kishilik qo’shimchalarining olib turlanishi mumkun.
Meni, uning, seni, sizda, sizga, ulardan kabi. Kishilik olmoshlarining I va II shaxs
birlik formalari tushum va qaratqich kelishigidagi bilan turlanganda bir n tovushi
tushib qoladi: menning, senni emas, meni – mening, seni – sening.
Dostları ilə paylaş: