yo’q edi. (Q.Muxtor, yillar shamoli, 97-bet). Qani olmoshi shaxs yoki narsa
predmetning mavjudlik o’rni haqida so’roqni ifodalaydi. Masalan, kitob qani?
Lekin ayrim hollarda bu so’z yuklama o’rnida ham kelishi mumkun. Bunday
hollarda u so’roq ma’nosini ifodalaydi?
Qani, qo’lingizni bering usta Binaqul.
(X.Sultanov Bir oqshom ertagi, 159-bet). Qani edi xudoning rahmi kelib…
(U.Nazarov chayon yili, 13-bet). Qani olmoshi qayerda so’roq olmoshiga sinonim
bo’ladi. Faqat shaxs yoki narsaning mavjudligini o’rni haqida so’roqni ifodalash
bilan birga so’zlovchining shu shaxs yoki narsa predmetni bevosita ko’rmoqchi
bo’lganligini ham anglatadi, ya’ni so’zlovchi so’rayotgan shaxs va narsani
ko’rmoqchi so’zlsa diyarli hamma vaqt qayda, qayerda, qayoqda olmoshlari
qo’llanadi. Masalan: maktab qani (maktabni ko’rmoqchi); maktab qayerda
(maktabning joyini so’ramoqda) va h.k. Qancha olmoshi predmetning son-miqdori
haqida so’roqni bildiradi. Bunda qancha muxlislarning bor (holi
seni qilarlar tahlil
E.Vohidov IV-t, I – tom, 42-bet). Qancha olmoshining necha olmoshidan farqi
unda predmetni donalash xususiyati yo’q. masalan, majlisga necha odam keldi
deganda majlisga kelganlarning soni so’raladi. Majlisga qancha odam keldi.
Deganda asosan kelgan odamlarning yoki ozligi so’raladi. Bunda donalash deyarli
bo’lmaydi. Shuning uchun bu so’roqqa javob berishda hisob so’zlar qo’llanmaydi.
Faqat sanoq bildiruvchi sonning o’zi qo’llanadi. Ancha og’ir toshlar. Tubda unga
cho’kkan tiz (A.Oripov, 40-bet). Hali ancha tunlarni yana o’tkazishim kerak
uyqusiz (A.Oripov, 428-bet). Qancha olmoshi belgi haqida so’roqni bildiruvchi
olmoshlar qatoriga kiradi. Bu olmosh ish harakatning bajarilish vaqti haqida
so’roqni ifodalaydi. Uy opsanmi, Saidjon, to’y qachon endi? Ayt, qachon
ko’nglimga solding. Ishq o’tin, e sohira. Dil o’zi bog’landimu, yo bog’lading jodu
bilan? (E.Vohidov IV jildlik, I-tom, 166-bet). Qachon so’zi ish-harakatning
bajarilish vaqti haqidagi so’roqni ifodalshda hozirgi zamon o’zbek
tilida asosiy
so’z hisoblanadi. So’roq olmoshi so’roq ma’noidan tashqari boshqa ma’nolarda
ham qo’llanadi. Lekin bu ma’noda shu olmoshlarning o’ziga xos ma’no emas, bu
ma’nolar gapning umumiy mazmuni(dan) va ohang orqali riollashadigan
ma’nolardir. So’roq olmoshlarining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki,
ular qo’shma gaplarda bosh gap bilan ergash gapni bog’lash uchun keng qo’llandi.
O’zbek tilida qani so’roq olmoshidan boshqa barcha so’roq olmoshlari ana shu
vazifada qo’llana oladi. So’roq olmoshlarining nisbiy so’z vositasida qo’llanishi
faqat o’zbek tilida uchraydigan hodisa bo’lmay, balki turkiy tillarning deyarli
barchasiga xos xususiyatdir. Yuqorida biz faqat so’roq olmoshlarining semantik-
stilistik xususiyatlari bilan tanishib chiqdik. Agar boshqa olmoshlarni ham shu
tarzda tahlil qilsak, ularning o’ziga xos stilistik, semantik xususiyatga ega ekanligi,
qo’llanish ko’lami kengligi, universalligi bilan boshqa so’z turkumlaridan ajralib
turishi yaqqol ko’zga tashlanadi.
II bob
O’zbek tili stilistikasining nazariy masalalariga bag’ishlangan
ko’rsatishlarda finktsional uslublar masalasi ham tadqiqotchilarning diqqat
markazida bo’lgan.
8
Nafaqat o’zbek tilshunosligida, balki ko’pchilik
tilshunosliklarda ham akademik V.Vinogradovning tilining uch muhum vazifasi –
aloqa, habar, ta’sir etish xususiyatlariga asoslanadi.
9
Kishilar o’z ijtimoiy
faoliyatlarida, - deb yozadi I.Karimov,- tildagi barcha vositalardan – fonetik,
grammatik, leksik, funktsional badiiylardan foydalanganlarida, avvalo o’z
ihtiyojlaridan kelib chiqib nutq, mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va
ishlatadilar. Tilimizdagi vositalarning bir nechalab ko’rinishlariga ega bo’lishi
sinonimik rang-baranglik shunday yo’l tutishga imkon beradi. Mana shu
tanlash
nutq jarayonida til birliklarining o’ziga xos, uslubiy chegaralashlarni taqozo qiladi.
Til elementlarining ijtimoiy muhitda tanlab ishlatilishi va ularni tilshunoslikda
ilmiy-amaliy tahlil qilish zaruriyati stilistikada yangi sohasi, funktsional stilistikani
vujudga keltiradi”.
10
Biz o’zbek tili badiiy uslubida olmoshlarning funktsional-stilistik
xususiyatlari ikkinchi bobimizda o’rganishga harakat qildik.
Badiiy uslubda yozilgan asarlar aniq, bir muallifga tegishliligi va ijod
mahsuli ekanligni bilan harakterlanadi. Zero, bu uslublarda shakillanadigan
matnlar asar mualifidan janr talabidan kelib chiqib maxsus tayyogarlik ko’rishni,
har bir voqea – hodisani, tasvir oy’ektini badiiy estetik tafakkur prizmasidan
o’tkazishni, binobarin, ushbu maqsadga xizmat qiladigan har bir elementni tanlab
ishlatishni, ularga muayyan ta’sir ko’rsatish vazifasini yuklashni talab etadi. Til
birliklaridan shu tarzda foydalanish bevosita olmoshlarga bo’lgan munosabatda
ham anglashilib turadi.
8
Қўнғуров Р., Каримов С., Қурбонов Т. Ўзбек тилининг функционал ситилялари. – Самарқанд: СамДУ
нашри, 1984; Ўринбоев Б. Функционал услуб ва унинг моҳияти. –T.: Фан 1992. -----
9
Қўнғуров Р., Каримов С., Қурбонов Т. Юқоридаги асар, 12-16 бетлар.
10
Каримов С. Ўзбек тилининг бадиий услуби.----------
Buning ustiga asar muallifining til materiallariga ijodiy yondashu, voqelikni
keng ko’lamda siqiq shaklda ifodalashga bo’lgan extiyoj til birliklari zimmasiga
allohida vazifalarni yuklaydi. Q.Samadovning quyidagi fakrlari fikrimiz isbotidir.
Badiiy uslub har bir ijodkorning mustaqilligi belgisidir. Bu belgi zamirida
sanatkorning voqelikka munosabat, estetik prensiplarni ijodiy nazariyasi
mujassamlashadi. Til vositalari ana shu o’ziga xoslikni
namoyon etuvchi muhum
omil hisoblanadi. Bunda til vositalari faqat tasvirlovchi unsurlar bo’lib qolmasdan,
balki voqelikka munosabat ko’lami ko’rsatuvchi badiiy tadqiq etilayotgan voqea-
hodisalarni bosh g’oya atrofiga uyushtirib asarga yaxlitlik baxsh etuvchi omil ham
hisoblanadi. Demak, badiiy asarda til faqat tashqi belgi-shakl bo’lib qolmasdan
mazmunga ham dahldor, aniqrog’i uni uyushtiruvchi va yorituvchi vosita
hisoblanadi.
11
Badiiy asarda so’z qo’llash ijodning janr xususiyatlari bilan chambarchas
bog’liqdir. Demak, boshqa xoslangan uslublardagi kabi badiiy uslubda so’z qollash
ham lisoniy va nolisoniy qonuniyatning uzviy bog’liqligini taqozo etadi. Ayni
chog’da mana shu holatlarning zamirida sanatkorning ijodiy pozitsiyasi
mujassamlashadi.
Badiiy tasvir hayotning hamma sohasini qamraydi. Shuning uchun bunda
umumiy leksika ham, chegaralangan so’zlar ham keng ravishda qo’llaniladi. Bu
jihatdan badiiy adabitoy tili ro’znoma tiliga o’xshab ketadi. Chunki ro’znomada
ham hayotning nihoyatda keng ko’lami ifoda qilinganidan turli sohaga oid so’zlar
qo’llanadi. Ammo ro’znoma materiali asos etibori bilan publisistik
uslubga
mansub bo’lsa, badiiy adabiyot tili badiiy uslubga xosdir. Badiiy uslub esa
timsolliylik zuhr etadi. To’g’ri ro’znomadan ham timsolilik ishlatiladi. Ammo
badiiy ijoddagi timsol muhokamaga undaydi, voqeylikni yanada chuqurroq,
yanada kengroq bilib olishga imkon yaratadi.
Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, unda
eskirgan so’zlar ham, lahja so’zlari ham, atamalar ham yangi so’zlar ham keng
11
Самадов Қ. Ўзбек тили услубияти. – Гулистон, 1992, 30- бет.
ravishda qo’llanadi. Chunki hayotning keng lavhasini yuzaga keltirish
voqiylikning butun qatlamini to’la yoritish shuni taqozo etadi. Bu jihatdan
Oybekning “Navoiy”, O.Yoqubovning “Ulug’bek hazinasi” kabi romanlarini
eslash kifoya. Ayniqsa Oybek besh
asrlik masofani qalb va qalam, tafakkur va
shuur yo’li bilan bosib o’tib, hozir eskirgan o’sha vaqtda faol qo’llangan so’zlarni
tasvirga singdirib, ularga ruh baxsh etadi va hayotning jonli manzarasini
kitobxonga taqdim qladi. Shu tariqa adib o’tmishini zamonamiz hizmatiga yo’lladi.
Shuning uchun badiiy asar tilini o’rganish tilning taraqqiyot darajasini ham
o’rganib borishidir. Bundan tashqari badiiy asar tili shunday bir tilki uning
doirasida tilning xalqona soddaligi, oddiy tushunarliligi, ta’sirchanligi va
ijodkorning tafakkur qudrati mavjud. Shuning uchun badiiy matnlarni lingopoetik
jihatdan o’rganishda uning morfologik xususiyatlariga ham etibor berish zarur.
Dostları ilə paylaş: