Jasurlikni rosa maqtashibdi. Bu ikkita go’dakni
yong’indan qutqarib qolgan kishilar haqida ekan. Qarasamki, unda men
haqimda
sira o’ylamagan edim. Men olmoshi
g’ururlikni ifodalash maqsadida, ayniqsa
nazmda ko’p ishlatilib kelinmoqda. Fikrimizning dalili uchun faqat bitta namuna
keltirish bilan cheklanamiz. Bu “Bekajon” gazetasining 2007-yilning 18- oktabr
sonida e’lon qilingan Umida Toshpolatovaning “men”deb nomlangan she’ridir.
Men ko’zyo’shman, quvochdan ko’zlarda qotgan,
Men quyoshman, kun bilan chiqib, ham botgan.
Men chinorman, o’limga xandalar otgan,
Men xazonman, sevgi deb yerlarda yotgan.
Men quvonchman, yashashga umid uyg’otgan,
Men ishonchman, gumondan oldin yaralgan.
Men tilakman, yaxshilikla senga atalgan,
Men yurakman, ko’ksida ming pora bo’lgan.
Men cho’gman, borliqni yoqishga qodir,
Men o’qman, tekkanda keng dunyo tordir.
Men insonman, omadsiz, senga baxt yordir,
Men toshqalb, sevsam gar men uchun order.
Men gulman, mehringga zor bo’lib so’ngan,
Men qo’lman, sevgimdan faqat shu qolgan.
Men yo’lman, olislarga seni chorlagan,
Men cho’lman bepoyon, qumlikka to’lgan.
Men menman, o’sha barchasi,
Mehringdan nafas olgan, yurak parchasi.
“G’ururlik” semasining ijobiy ma’noda ifodalanishda biz olmoshning o’ziga
xos o’rni bor. Topilgan materiallardan mazkur olmosh ham ushbu semani yuzaga
chiqarib, uslubiy ahamiyat kasb eta olishi ma’lum bo’ldi. Biz, shuningdek, uning –
lar qo’shimchasi turi ham shu ma’noda, asosan badiiy adabiyotda shuningdek
so’zlashuv nutqida ishlatilib kelyapti. Fikrimiz dalili uchun misollarga murojaat
qilamiz: Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak. (Aforizm). Bu yerlarni bizlar
talqon qilib tashladik. Mehnatimiz zoyi ketmadi. (Darakchi
№ 11, 2007).
Dalillardan “g’ururlik” ma’nosining ifodalanishida keshilik olmoshlarining
II shaxs birligi, ya’ni sen ham ijobiy ma’no kasb etib, “gururlik” semasini yuzaga
chiqarishi mumkinligi ayon bo’ldi. Bunday xususiyat asosan, poetik nutqqa
xosligini alohida uqtirib o’tamiz. Chunki, poeziyada shaxslarni ham, ona-vatanni
ham, tabiat go’zalliklarini ham ulug’lashga qaratilgan misralarda “g’ururlik”
ma’nosi o’z ifodasini topib kelmoqda. Misollarga murojaat qilamiz.
G’ururing buyukdir O’zbekistonim!
Nomingni ming bora kuylasak arzir,
Sen uchun kurashmoq bizlarga farzdir,
Seni asrab avaylash har kimga qarzdir. (Bekajon
№ 07, 13-bet).
II. Salbiy baho ottenkasi. Boshqa tillarda, o’zbek tilida ham ma’lum
talablardan kelib chiqadigan nomaqbul, ijobiy bo’lmagan talablarga zid xatti-
harakat, xulq-atvor va boshqa xislatlarni ifodalash maqsadida salbiy ma’no
ifodalovchi so’zlardan ham foydalanib kelinayotganligini inkor etib bo’lmaydigan
lisoniy dalildir. Ayni shunday leksik-semantik ma’noning reallashuvida
olmoshlarning ham o’ziga xos o’rni bor ekanligini ta’kidlash lozim. To’g’ri bu
borada ot yohud sifat turkumlari doirasida salbiy ma’no ottenkasi ifodalanuvchi
so’zlarga nisbatan bunday xususiyatning ro’yobga chiqishida ham kam
miqdordagina olmoshlardan foydalanadi.
Shuni e’tiborga olish lozimki, shaxslarning salbiy xususiyatlarini
ifodalashda ham, asosan, ijobiy xususiyatlarini voqelantiruvchi kishilik
olmoshlaridan foydalanadi. Ya’ni bir xil olmoshning o’zi ikki xil funksiyani ado
etadi. Men olmoshining ijobiy ma’noliligi va uning salbiy ma’noli oppozitsiyasi
biz olmoshining ijobiy ma’noliligi va uning salbiy ma’no ifodalovchi oppozitsiyasi
va h.k. Quyidagi salbiy ma’no ifodalovchi olmoshlar haqida so’z boradiki, bu
ularning o’ziga xos uslubiy xususiyatlariga ega ekanligidan dalolat beradi.
Muhim dalil shundan iboratki, kishilik olmoshlarining ijobiy ma’noli
semalari yuqorida ko’rilganiday, xilma xil bo’lishi bilan bir qatorda, ularning
salbiy ma’noli semalari biroz cheklanganligi bilan harakterlanadi. “Takabburlik”
shunday semalar jumlasidandir. I. “Takabburlik” semasi. “Takabburlik” deganda
“O’zini katta tutadigan, bosar-tusarini bilmay qolganlik, gerdayganlik, o’zgalarni
mensimaslik, nazar-pinad qilmaslik” kabi salbiy xususiyatlar tushuniladi. Bunday
xislatning ifodalanishida so’zlovchi yohud so’zlovchilarning o’zini (o’zlarini)
anglatuvchi men, sen va siz, biz olmoshlarida keng foydalanilayotganligi diqqatga
sazovordir. Fikrimizning tasdig’I uchun dalillarga murojaat qilamiz. Kishilik
olmoshlarining I shaxs birligi bo’lmish
men turi, yuqorida aytilganday, birinchi
navbatda neytral ma’noda ham (men keldim, men o’quvchiman), ikkinchidan,
kamina, bashar, odam, inson kabi so’zlarning ma’nolarini ifodalab kela olishi
uslubiy xoslik ekanligi haqida to’xtab o’tilgan edi. Demak, mazkur olmoshning
bunday ma’noviy o’ziga xoslik ijobiy xarakterga ega. Shu bilan birga, men
olmoshi “takabburlik” semasini ham ro’yobga chiqarishi mumkun ekanligini
quyidagi misollar bilan tasdiqlay olamiz: - Bilasanmi, men kimman? – dedi
darg’azab bo’lib rais.
Men katta bir idoraning boshlig’iman (Bekajon, 2007 yil 20 son). Bu
yerlarni obod qilgankim? Men! Takror aytaman, bu men! (Mo’jiza, 2006, 15-son).
Misollarda men olmoshi “takabburlik” ma’nosida ko’proq badiiy adabiyotning
so’zlashuv nutqiga xos ekanligini payqash qiyin emas. Ayni shu o’rinda ta’kidlash
lozimki, men olmoshining mazkur ma’noviy xususiyatlari, aniqrog’i uning
shevaviy man shaklidan manman, manmanlik kabi qarindosh so’zlar hosil
qilingan. Ular ham “takabburlik” ma’nosida qo’llab kelinmoqda. Manmanga zavol
– kamtarga kamol. (Maqol). Ey uka, ha deb manmanlik qilaverma. (so’zlashuv
nutqidan). Men olmoshi ko’plik shakl – biz beradigan ma’noviy xususiyatni
ifodalab, uslubiy ahamiyat kasb etish hollari ham tez-tez uchrab turadi. Bunday
xususiyat badiiy uslubning og’zaki nutqida, aniqrog’i personaj nutqida yuzaga
chiqadi. Mazkur holat ayniqsa, biz olmoshi, men olmoshi o’rnida qo’llanganda
yorqin namoyon bo’ladi. Misollar keltiramiz: Salim darg’azab bir holatda
Po’latboyning gaplariga shunday javob qildi: Bilasizmi Po’lat boy bu shinam
uylarni biz qurganmiz! Ha, biz qurganmiz. O’sha vaqtlarda biz o’shanda
allaqayerlarda sanqib yurgan edingiz. (7x7)
№ 45) – xudoga shukur, bizdaqa
qaynona – kelin kamdan-kam (7x7 10-bet). Biz olmoshining – lar qo’shimchasi
bilan ishlatilayotganligi aniq dalildir. Pirovardida – bizlar olmoshi ham,
“takabburlik” ma’nosini reallashtirish badiiy asarlarda qo’llab kelinmoqda.
Masalan, qani ko’ramiz, qachongacha otdan tushmas ekan dedi nihoyat bir kuni
jarroh Normirza Holiqov ko’zlarini ola-kula qilib – hali bu odam bizlarning
sovunimizga kir yuvmabdi chog’i. Bizlar ahir yildan ortiq shu yerda ishlaymiz.
(7x7,
№ 45)
?
Shu bilan birga, sen olmoshining ko’plik shakli (senlar) ko’plikka
murojaatda “takabburlik” ma’nolarini ifodalab, uslubiy ahamiyat kasb eta olishi
quyidagi misollar bilan ifodalab keladi: Senlar kim bo’ldilaring-u, menga aqil
o’rgatasizlar. (Mo’jiza 2006, 15-son). Menga qara uka, senlarning zotlaring asli
payt edi. Shunday bo’lib qolaverasizlar. (Ko’ngil ko’chalari 2006, 7-son).
Senlar olmoshining shevaviy sanlar varianti ham qayt etilgan. Ma’noda
qo’llanilayotganligini ta’kidlab shuni aytish lozimki, bunday holatda mazkur shakl
og’zaki, aniqrog’i, shevaviy nutqqa xosligi bilan ajralib turadi. Masalan: sanlarni
ko’rgani ko’zim yo’q. Yo’qollaring bu yerdan! (so’z uslubidan) mazkur ikkala so’z
shakil ham oppazitsiyali, ya’ni salbiy ma’no bilan birga, ijobiy ma’noni ham
ifodalay olishi mumkun. Masalan: ey bolalarim, senlar hali yoshsanlar. Sanlar
kattalarni hurmat qilishga o’rganinglar, ta’kidlash joizki, sen olmoshiga tegishli
qo’shimchalarning qo’shilishidan senday, sendagi so’z shakllar yasalgan bo’lib,
ular ham nutqning uslubiy bo’lishini ta’minlaydi. Chunki mazkur so’z shakllar
ko’pincha, ko’plik ma’nolari ifodalay oladi. Masalan: a) – sendaylarning kasri
menga urmasligi uchun hali ko’p ishlar qilishim kerak,- dedi, Hoji polvon (Ko’ngil
ko’chalari, 8 - (21) Sendaqalarning jonini Kesakpolvon kirgizib qo’yar edi.
Baxtimga u o’lib qoldi, - deb o’yladi Asadbek (T.Malik, “Shaytanat”).
II. “Kinoya” semasi. O’zbek tilida uslubiy ahamiyatga molik badiiy
vositalardan biri “kinoya”, ya’ni kesatiq, qochiriq, piching ma’nolarini ro’yobga
chiqarish maqsadida, asosan ot turkumiga mansub so’zlardan keng foydalanib
kelinmoqda. Shu bilan birga, bu borada olmoshlarning ham o’ziga xos o’rni
borligini ta’kidlab o’tish lozim. “Kinoya” ma’nosining voqiylanishida
olmoshlarning kishilik, o’zlik ham so’roq turkumlaridan foydalanayotganligini
ham yozma, ham og’zaki nutqqa oid dalillar yaqqol isbotlay oladi.
Sen va siz olmoshlari “hurmat” ma’nosida qo’llanganda, ko’pincha bosh
harf bilan yoziladi. Bunday holat olmoshlarning uslubiy qirralidan birini tashkil
etib, o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Mazkur olmosh bunday yozuvi bilan yozma
nutqda qo’llanishi alohida ta’kidlab o’tamizki, bunday uslub ham nasriy, ham
nazmiy asarlarda bod-bod qo’llab turiladi. Misollar keltiramiz. Rishtalarni jonimda
tutashgan, biriga ozor yetsa, boshqalari teng zirqiraydigan opalarimiz… (Bekajon
№ 19 (425)). Azizam, siz bahorning egizaki, go’zallikning sur’ati, hayotning
doyasisiz… (shu joyda)..
Ilohim yor topgin menga o’xshagan,
Poyingizga jonimni fido aylagan.
Afsus sizdek aqillini, qaydan topaman.
(Bekajon 19-son).
Shunday qilib, olmoshlarning har ikkala nutq turida xilma xil funktsional
uslubiy vozifalarda qo’llanishini ularning turli uslublarga xosligi bilan
belgilash
mumkun. Bundan tashqari badiiy uslubda olmoshlar, tarixiy, shevaviy variyantlari
bilan olinib badiiy asarlarda o’ziga xos vazifa bajaradi. Tilning ijtimoiy vozifasi
haqida gapirar ekan akademik V.V.Vinogradov “Tilning aloqa, xabar va ta’sir kabi
muhum ijtimoiy vazifalari ajratilganda til strukturasi umumiy planida quyidagi
uslublar chegaralangan bo’lishi mumkun: kundalik maishiy uslub (aloqa vazifasi),
kundalik hizmatga doir rasmiy xujjat va ilmiy (xabar vazifasi), publisistik va
badiiy belletristic (ta’sir vazifasi)” tarzida qayt etgan fikrlari badiiy matnlarda til
vazifalarini tahlil etishda muhum ahamiyatga egadir.
Til vazifalarining badiiy matnlarda o’ziga xos tarzda nomoyon bo’lishi
tufayli ularda tildan foydalanishning alohida uslubi shakilangan. Ana shu
alohidalikning olmoshlardan foydalanishda ham yaqqol nomoyon bo’lishi
ularningm mahsus tahlil etishni taqozo etadi.
Adabiy asarlar matnida olmoshlarning barcha turlarini uchratish mumkun.
Mavzularning turli tumanligi asardaturli jins, yosh va kasbdagi qahramonlar nutqi
olmoshlarning shu tariqa keng ko’lamda foydalanishga yo’l qo’yadi. Bu
qo’llanishda ular, birinchi navbatda o’zining semantic ma’nolari, ikkinchidan
stilistik ma’nolari bilan ishtirok etadi. Kishilik olmoshlari badiiy matnlarda juda
faol ularni birma-bir ko’zdan kechiramiz. Men janr xususiyatlaridan qatiy nazar
barcha badiiy asarlarda faol qo’llanadi va o’zining grammatik ma’nosidan tashqari
alohida semantik ottenkani nomoyon etadi. Asosan ta’kidni ifoda etadi. Agarchi
(ta’kidni ifoda etadi). Masalan, Shaxzodaning gunohlarini kechirmoqda bo’lsa,
yurt osoyishtaligi yo’lida men sulhdan bosh tortmas edim.
“Tushda kechgan umrlar”da manetti marttagina persanajlar nutqida
qo’llanilgan: bo’masa uy obber, uch holanimi, desam man sizga kvartera beradigan
ispolkam emasman, deydi. Kelinkiyov dogma ko’chib kelgan kunlari eng avval
man bilan tanishgan… kabi. Bu maning adabiy matnlarda imkoniyati chegaralanib
borayotganligidan dalolat beradi.
“Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi”da uchraydigan 2 ta faqir va 27 ta banda
so’zining birontasi ham men ma’nosida ishlatilgan emas, balki o’z leksik ma’nosi-
odam, inson, kishi ma’nolari bilan ishtirok etgan. Bu esa, hamma, faqir, banda
so’zlarining men o’rniga qo’llanish imkoniyatlari tobora torayeb borayotganligini
ko’rsatadi. Banda so’zi bilan yonma-yon men ning qo’llanilishi fikrni yanada
mustahkamlaydi. Shunday ekan, men ojiza banda, shu shu yerda o’tirgan barcha
mo’min-musulmon mazlumalar Muhammad alayhissalomimiz o’gitlariga amal
qilib, boshlariga rumol yopishlarini so’rayman… Xudo men bandasini –da o’z
rahmatiga olsa edi! Shuning uchun bo’lsa kerak, “Ulug’bek xazinasida” ham banda
1-shaxs birlikni ko’rsatish vazifasida bir martta qo’llangan.
Osiy banda o’z padarini taxtdan sarnigan qilgan bo’lsam… bu yumushni
misli islom yo’lida qilganman, mavlono! Lekin roman matnida Bandai ojiz, Bandai
g’afil, osiy banda, Bandai mo’min, gunohor banda, Bandai mutakkabbur, Bandai
nabokor kabi aniqlovchili – izofali qurulmalar uchraydi. Bandai ojiz
Movorounnahirga salkam qirq yil rahnomolik qildim. Va lekin, bandai g’oful haq
taoloning ixtiyorini bilmoqdan ojirdurmiz mavlono Ali, har bandai mo’minning
izmi ixtiyori o’zidadir. Yo’q Bandai ojiz emas, bandai nobokorsen! kabi.
Men o’rnida kamina, faqir, banda so’zlarining qo’llanishi tarixan (amtarlik
ma’nosini ifodalash bilan bog’liq, bo’lgan “Ulug;bek xazinasi”da aynan shu
ma’nolarni bergan) Kaminadin tagin ne tilaysiz, ustod? Nahot faqirdan shubha
qilarsiz, ustod?
Zamonoviy adabiy asarlar matnida kamina, faqir so’zlarining qo’llanish
ko’lami torayib borayotganligi ko’rsatiladi va bu bilan bir qatorda, ularning
semantic doirasida ham o’rganishlar sodir bo’layotganligi ko’rsatiladi. Masalan,
kamina O’.Xoshimov qahramoni Soat G’aiyev va T.Murod qahramoni luttiboz
“demakrat” Dilya nutqida mantanchoqlik ottenkasini ifodalash maqsadida
keltirilgan. E’tiboringiz uchun, o’rtoq tergovchi, gorispolkamning uy taqsimoti
komissiyasida kamina ham borlar! (kamina ana shundan keyin). Chunki ko’rob
turibsiz-kamina bir ojizai zaifa kabi.
J.Hamdamov “o’zbek tili tarixi” asarida Alisher Navoiy ijodida kishilik
olmoshlarining tarixan faqir, bi faqir, banda, bu banda, bu bandai faqir, bu benavo,
bu marhum, bu notovon, bu telba, bu shikasta, bu qil, bu haqir, kamina singari
ekvivalentlari bo’lganligini va ularni qo’llash an’analari keyingi asrlar adabiyotida
ham davom etganligini ko’rsatib o’tadi va quyidagilarni yozadi: “_________”
olmoshining ekvivalanti yoki dubleti sifatida qo’llanadigan so’zlar yoki so’z
birikmalari odatda so’zlovchining tinglovchiga nisbatan sub’ektiv hissiyotini,
uning oldida o’zini g’oyatda kamtar, xoksor tutishini yoki tilga olinayotgan
shaxsga nisbatan hurmati va samimiyati kabilarni ifodalaydi. Bunday vaqtda
birinchi shaxs birlikdagi kishilik olmoshlari o’rnida uning
uslubiy ekvivalanti
sifatida ishlatilgan so’z yoki ibora o’zining leksik ma’nosini yo’qotib, olmosh
ma’nosini ifodalaydi, lekin o’zining leksik ma’nosi bilan olmoshlar qatoriga
butunlay o’tib ketmaydi.
13
Sen olmoshi badiiy asarlardagi eng faol olmoshlardan biridir. Agar uning
fe’l tarkibida kelib, 2-shaxs birligini ko’rsata olishini, shu bilan u bajaradigan
grammatik vazifaning zimmasiga o’tishni hisobga oladigan bo’lsak, sen gap
tarkibida bajaradigan leksik-grammatik vazifadan ozod b’ladi. Unda faqat stilistik
vazifa qolishi mumkun:
Hamon ko’nglimga sen ilxom solursan,
Gohi Layli, gaho Shirin bo’lib.
13
Ҳамдамов Ж. Ўзбек тили тарихи. – Самарšанд: СамДУ, 2004, 56 - 57 –бетлар.
Doimo yasharsen dostonlarimda,
Xozonsiz gul bo’lib bo’stonlarimda (Uyg’un, I.Sulton).
Misralarida u ta’kidga, ajralib ko’rsatish maqsadida xizmat qilmoqda. Ushbu
olmoshning badiiy manbalaridagi stilistik vazifani mana shu tarzda izohlash
mumkin.
Ba’zan senga ko’plik ko’rsatkichi –lar qo’shiladi. Bu holat sitilistik uslubdan
ko’chgan deyish mumkin. J. Hamdamov mazkur hodisaning tilimizda qadiymiy
ekanligini ta’kidlaydi:
“Senlar –senlar olmoshi bir tomondan siz degan ikkinchi shaxs ko’plikdagi
kishilik olmoshlari ma’nosida ishlatilsa, ikkinchi tomondan unda so’zlovchining
tinglovchiga sub’yektiv munosabati ifodalanadi. Shubhasiz, bizni masalaning
ikkinchi jihati qiziqtiradi. J.Hamdamovning aytganlaridan shu nasa anglashiladiki,
bu olmoshning subyektiv munosabati bildirish xususiyati hozirgi tilimiz uchun
yagilik emas. Buni o’z vaqtida Mahmud Qashqariy ham payqagan. Ammo uning
stilistik ottenkalar bilan qo’llanishi (qayd etish lazim bo’ladi). Chegaralanganligi
asosan so’zlashuv uslubi va badiiy uslublar doirasida ishlatilishini qayt etish lozim
bo’ladi.
Tahlil qilingan misollardan senlarning badiiy manbalardagi stilistik vazifalari
to’g’risida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
- So’zlozchining o’zidan yoshi kichiklarga nisbatan murojatida qo’llanadi
vahech qanda sitilistik vazifa bajarmaydi: Hali senlar ko’rganlarigni hech
kim ko’rmaydi, bolalarim, inoq bo’linglar, senlarning baxtingni ko’rsam,
bas, - dedi (U. Hoshimov).
- Xuddi shu ma’noda O.Yoqubov uni Ulug’bek nutqida qo’llab, u orqali
g’oyatdamuhim,boshqa matinlarda kamdan-kam uchraydigan mehir, mehribonlik
ottenkalari bera olgan. Bu ottenkaning aniq ifodalanishini ko’rsatish uchun
mikromatnni to’liq keltiramiz: Va lekin qaytmay musofirlikda olamdan o’tsam …
bu xazinani ko’z qorachiqlaringizday saqlangiz, so’ng, inongan shogirtlaringizga
topshiringiz ham o’z shogirdlariga topshirgay va shu yusin zurriyotlarga o’tib,
elimiz osmoniga oftob chiqqanda yashaydurgon baxtli avlodlarimizga yetib
borgay…senlardin tilaydurgon boshqa tyo’q. Ammo matin davomidagi gapda
kelgan sizni bilan almashtiribbo’lmaydi: Faqat sizday shogitlarimdin ming bor
rozimen;
O.Yoqubov bu olmoshini favqulodda orginal tarzda qo’llagan, uni
predmentlarga nisbatan ishlatgan: O, yulduzlar, sehrli yulduzlar! U qirq yil
senlarning sirlaringni bilmoq niyatida yashadi, sanoqsiz tunlarni bedor o’tkazdi.
Bu yerda ham ta’kid ottenkasi, asar qahramonining yulduzlarga bo’lgan mehri
aynan ana shu olmosh orqali kuchaytirilgan:
- Hozirgi o’zbek nutqida faol bo’lgan mensinoslik ottekanlarini beradi. Shu
ma’noda O’. Hoshimov uni komissor S. G’aniyev tilida ko’p ishlatadi: Baloniyam
bilmaysanlar! Hayronman, institutlaringda nimani o’rgatadi, senlarga? Senlar
nima? Amallab o’qishga kirasan … amallab bitirasan;
- Nafaqat g’azabni ifoda etadi: Afg’onistondagi “duh”lar tilida qo’llaydi: -
senlar o’zbekmi! – “duh” yorilgan lablari orasidan qon tupirib, tishlarini g’ijirlatdi.
–yo’q! senlar o’zbekmas! Senlar musurmonmas! – U esdan og’gandek xoxolab
kuldi. –Senlar “shuraviy!” (O’.Xoshimov). Olmoshning takror qo’llanishi bu
stilistik ottenkalar ta’sirini yana ham kuchaytiradi;
- Masxaralash, birovning ustidan kulish ottenkasini kuchaytiradi:
Dedushkang senlarga yangi babushka olib keldi! – Dedi Lola akabiy kulib. –
yaqinda babushkang senlarga dyadya tug’ub beradi. Senlar ko’tarib yurasan!
(O’.Xoshimov) “Tushda kechgan umrlar”da Lola tilidan keltirilgan ushbu gaplarda
masxaralash, kulish, piching ohanglarini mikro matnning o’zidan ham payqas
mumkun: Dedushkang senlarga yangi babushka olib keldi! – Dedi Lola akabiy
kulib. Senlar ko’tarib yurasanlar. Yaqinda babushkang senlarga dyadya tug’ub
beradi. Senlar ko’tarib yurasan! Kabi. Ammo olmoshning har bir gapda bir
maromda takrorlanishi nutqda bu ottenkalarning aniq reallashuviga sabab
bo’lmoqda.
Mazkur olmoshning takror qo’llanish imkoniyati faqat badiiy uslubda ko’p
keladi: - Senlar, o’zi, qayerdansan? Senlar, o’zi, qayoqda o’sding? Senlar, o’zi,
kimni bolasisan? Osmondan tush-a, to’nkalar, osmonlar sharoblab tush-a,
to’nkalar. Senlar sovet tuzumi tug’ruqxonasida tug’ulding. Sovet tuzumining
bog’chasida katta bo’lding. Senlar, o’zi, sovet tuzumi maktabida o’qiding, sovet
tuzumi institutida o’qiding. Senlar, o’zi, sotsializmdan chiqding-senlar, o’zi,
porloq kommunizm sari olg’o borayotib eding. Senlar pioner eding, komsamol
eding. Bu kabi o’rinlarda senlar va takror usuliga xos bo’lgan
takrorlash, ajratib
ko’rsatish ottenkalari uyg’unlashadi. Bir birini qo’llab quvvatlaydigan stilistik
vositaga aylanadi.
Biz elementi so’zlayotgan kishi va boshqa kishilarni birgalikda olib ko’plik
ma’nosini anglatishi uning leksik- grammatik ma’nosi hisoblanadi: O’zi –ku, bizni
ilm-urfanga chanqoq xalq deydi, yana mehnatkash nomehnatkash deb xalqni
ajratgani nimasi!... (A.Qahhor). Ko’plikni umumiy tarzda anglatishdan tashqari,
ba’zan aniq, ikki kishi ma’nosini ham beradi: Nechun ollo bizni bultur
qovushtirmadi? (O.Yoqubov). Shu bilan birga, u funksional uslublar da’rasida
yana qo’shimcha ma’nolar ham anglatadi. Jumladan, badiiy mabalarda alohida
semantik –sitilistik ottenkalar bilan namayon bo’ladi. Masalan, an’anaviy tarzda
men o’rnida qo’llanadi: bu talofat sababi shukim, biz inongan lashkarboshilar,
misilsiz razolatga borib, shahzoda tarifiga qochib o’tmishlar … (O.Yoqubov.
Ulug’bek xazinasi). Kabi, bunda bir necha sitilistik nozikliklar yuzaga chiqadi.:
a) Kamtarlik, ottenkasi: Bizning dorgoh to’g’ri kelmasa … kamina ne qilay?
(O’.Hoshimov Tushda kechgan umrlar);
b) Manmanlik, maqtanish ottenkasi: Buyog’ini bizga ko’yib bering. Buyog’ini
biz boplaymiz! (T. Murad. Otamdan qolgan dalalar);
c) Hoksorlik ottenkasi: biz bir dalada yurgan dehqon bo’lsak (T.Murod);
d) Erkalash ottenkasi: jinni! Ayiq! – SHahnoza erkalanib qo’lidagi qoshiqchasi
bilan yana tahdid qildi – yomon bola bo’psiz! Bilib qo’ying, bizdayam
qurol bor. Bir ursam!
- shunday deb rumolchasi bilan menning lablarimni artib qo’ydi. (O’.
Hoshimov Tushda kechgan umrlar).
e) ajratish yoki birgalik ottenkasi: sen bilan biz - o’zbekmiz (O’.Hoshmov);
sen bilan biz faqat “opazdivat” qilamiz, (T.Murod) kabi.
v) yaqinlik ottenkasi: Agarchi humo qushi shahzodaning boshiga qo’nib, yurt
osoyishi buzilsa… rasadxonadagi barcha nodir kitoblar,
barcha
noyobqo’lyozmalarni asrabqolmoqsizu bizga yuklanibdur, birodori aziz….
(O.Yoqubov)
Maskur olmoshda birgalik ottenkasi men o’rnida qo’llanmagan taqdirda ham
namoyon bo’lishi kuzatiladi. O-o-o, qo’shin bizda bor-da! Qayta quruvchilir
qo’shini! Biz Gippakrat oldida qasam ichganmiz (T.Murod).
Birgalik va umumiylikni anglatish jarayonida bizning semantik ko’lami
yanada kengayib ketadi. U shaxsga nisbatan qo’llanish doirasidan tashqariga
chiqadi va qandaydir tashkilot yoki idoralarga, ularning vakillariga ishora qiladi.
Bizga umumiy gap emas, aniq dalil kerak. Biz haqiqatni aniqlashimiz, eringizning
qo’llarini topishimiz kerak (O’.Hoshimov).
Ba’zan bizning qo’llanishi metonimiya hodisasining yuz berishiga
qo’llanishi sabab bo’ladi va u gapda boshqa bir so’zning vazifasini o’z zimmasiga
oladi. Siz bizda o’qirdingiz-a! – dedi hamon jilmayib (O’.Hoshimov). Bu holat
so’zlashuv uslubida ko’proq kuzatiladi.
Biz badiiy matnda obzar yaratishning kuchli vositalariga aylanadi. Biz
ishimizni bilib qilamiz. Biz Ukrainada ocharchilikka qarshi kurashib, rosa tajriba
to’plaganmiz. Biz ana shu tajribalarimizdan kelib chiqib ish qilamiz.biz mana
shunday yo’l bilan ocharchilikka qarshi ko’ramiz. (T.Murod. Otamdan qolgan
dalalar).
Achinish, afsuslanish ottenkalarini kuchaytirishga ichki tug’yonning yuzaga
chiqishiga ko’maklashadi. Ana, bizni shahrimiz-yaraqlaydi!
Bizni shahrimizni ko’rgan odam … o’lgisi keladi! O’tgan sayin, o’lgisi
keladi! Bizni shahrimizni ko’rgan odam … tezroq omonotimni topshirib… shu
shahardan makon tosam deydi. (T.Murod).
So’zlashuv nutqi bo’lgani singari badiiy nutqda ham biz olmoshi maqtanish,
o’zini ko’rsatish ma’nolarini ham ifodalaydi. Chaqirtirgan ekansiz, mana biz
keldik. Agar shunday bo’ladigan bo’lsa, biz nima qilib yuribmiz: biz ham bormiz
aka kabi. Bu kabi gaplarda u grammatik men vazifasini ado etadi. Biz olmoshi
badiiy matnlarda ko’rsatish olmoshi yuzaga keltiradi. Masalan. Bizning mashina
ro’paraga kelib to’xtashi bilan “Burbuxayka” kabinasida avtomat tarilladi.
Mashinangiz adir tepasiga to’xtagan, pastda, ancha olisda qoya panasidagi
myulishda “burbuxayka” (avg’onlarning yuk mashinasini shunaqa deymiz) turar
edi. Hayriyat, postga boshqa ekipaj yuborib, bizning tankni qismga qaytarish
haqida buyruq bo’ldi. Tankimiz toshlar uyumi orasiga ko’milib ketibdi. (O’.
Hoshimov. Tushda kechgan umrlar).
Bizni Rajabo’vni ozod qiling, jo-o-on uka! (T. Murod) misolida esa
Rajabovning yaxshi odam ekanligiga ishora mavjud. Asar mihromatnidan ham shu
narsa anglashiladi. Bizni Dilya ham chekadi. Ichishini bilmadim. To’y-
ma’rakalarda ichadi, deyishadi. (T. Murod). Gapdagi biz olmoshining sitilistik
ma’nosi esa butunlay boshqacha. Unda go’yo yaqin olib gapirayotganday
tuyulayotgani bilan, Dilya va uning xatti – harakatlariga nisbatan nafrat norazilik
bor. Shuning uchun bizning Dilya jumlasining piching ottenkasi, salbiy munosabat
anglashiladi. Odatda ijobiy ma’noni beradigan so’zni salbiy ma’noda qo’llash
tilning muhim sitilistik imkoniyatlaridan biridir.
Mana bu misolida ham bizning qo’llanishida alohida ekspressivlik ajratib
turadi: Ishonasanmi, o’g’lim: ba’zan qarab turib kulgim keladi. Xo’p, men-ku,
“gunohkorman”, “jinoyotchiman”. Bizdaqa “yomonlar”ni “yaxshi” yo’lga
soladiganlar- chi? (O’. Hoshimov). Gapning umumiy mazmunidan bizdaqa
elemetidan so’zlovchi o’zini kamsitmoqda, past olmoqda deb tushunish mumkin.
Aslida so’zlovchi bu niyatda emas, so’z bu o’rinda uni yomonotliq qilganlarga
bo’lgan nafratini ifoda etishga ko’maklashmoqda. Maskur olmoshning navbattagi
stilistik imkoniyati mana shundan iborat.
Ushbu tahlillar badiiy mantlarda biz olmoshining semantic-stilistik
imkoniyatlari keng ko’lamda nomoyon bo’lishini k’rsatadi. Bu o’ziga
xosliklarning ma’lum qismi olmoshning so’zlashuv uslubida anglatagan
ma’nolariga mos keladi. Bu murojaat tarixiy-badiiy asarlarda yanada faollashadi.
Tahlilda yangilikni ko’zlab, uni ham kishilik, ham ko’rsatish olmoshi
sifatida olib qaraymiz. U, ular barcha matnlarda bo’lgani singar badiiy asarlarda
ham faol va barcha uslublar uchun betaraf sanaladi. Tilimiz tarixida u, ul,
shakillarida qo’llanib kelingan ushbu olmoshining ul shakli hozirgi adabiy
tilimiz
uchun me’yor sanalmaydi. Uning imkoniyatlari hatto so’zlashuv uslubida ham
chegaralanib qolgan. Faqat badiiy matnlarda unga murojaat qilanidi. Statistik
ma’lumotlar nasriy, badiiy asarlardan olingan. Ul so’ziga uchta romonda faqat bir
o’rinda murojaat qilinganligi, uning prozayek asarlar tili uchun xos emasligi
mumkunligini ko’rsatadi: Aqil-zakovat bobida… ul zotga teng kam topiladi.
(T.Murod) kabi.
Poetik asarlar matnda esa manzara o’zgaradi. Masalan,Zulfiyaning “Shalola”
va “Mushoira” toplamida u olti marta M.Alining “Saylanma”sida esa 49 marta
qo’llangan. Bu qo’llanish darajasi ijotkorning har bir so’zga. Bu o’rinda u va ul
olmoshlariga bo’lgan individual munosabati ham belgilaydi. Daryolarning ul
yuzidan kelgan, so’zmi, yor-yor, (To’lin oyday yashanab kelgan Zaynab qizmi,
yor-yor (Zulfiya). Bugun ul do’stlardan darak yo’q, mana). Bugun ul qizaloq
qaydadir, xayxot! (M.Ali) kabi. Har qalay bir narsa aniq: Tilimizda qadimdan bap-
baravar qo’llanib kelayotgan u va ulning qo’llanish imkoniyatlari hozirga kelib,
funktsional jihatdan chegaralangan. Ul badiiy uslubga xoslangan. Bu olmoshning
aniq ko’rinishi haqida ham shu fikrni aytamiz: Bobongiz fatk etib shuhrat qozondi.
Jumla dunyoni, / Bu odam ko’rmagay endi, aningdek zoti a’loni.Aning kalomini
o’zing eshitding! (O.Yoqubov). ko’plik korsatkichi ularning tarixiy alar shakli
ba’zan birlikda qo’llanadi va badiiy estatek jihatdan g’oyatda kuchli samara beradi:
Biz Amir Temur… - ollo taola alarga bog’irizvonni makan qilgay! – Amir Temir
avladidan yaxshilik ko’rgan bo’lsak, yomonlik ham ko’rdik. Hazinadan bobong
Amir ul mo’minin… - tangi taola alarga Firdavsi aloni makon qilgay! – bobong
Amir Temur javhradi yo’qolgan emush… (O.Yoqubov). tilimiz tarixida ham shu
stilistik ottenkani bergan alar bugungi badiiy tilida yuqori uslub namunasi sifatida
shtirok etadi. Ko’rsatish olmoshlari ilmiy manbalarda bu, shu, o’sha olmoshlari va
ularning ko’plik ko’rsatkichi –lar qo’shilgan shakillari ko’rsatish olmoshlari
sifatida etirof etilgan va ular day, doq, daqa, daqangi –cha, chalik kabi
qo’shimchlar bilan kelgan paytlarda sifat va ravish harakterida ishlatilishi
ta’kidlangan.
14
Shuning uchun tahlil ko’lamini cheklaymiz va faqat badiiy uslubda bu, shu,
o’sha olmoshining qo’llanish xususiyatlari haqida mulohaza yuritamiz. U, ular
haqida ko’rsatish olmoshlar qismida so’z yuritiladi. Bu, shu, o’sha olmoshlari
qadimiy bul, shul, o’sha, ushul, oshul elementlarining fonetik o’zgarishiga
uchragan, qisqargan shaklidir.
15
Olmoshlarning, xususan ko’rsatish olmoshlarining shakillanish tarixi haqida
kuzatish olib brogan. S.Ibrohimov ul, bul, shul, o’shal so’zlarni bu turdagi
olmshlarning to’liq shakli sifatida baholaydi va o’zbek tili taraqqiyotining keyingi
bosqichlarida ohirgi tovish qisqarib u, bu, shu tarzda aytilishi… haqida
mulohazalar bayon qilinadi.
16
Olim ko’rsatgan bu variantlarning ikkinchisi uslubiy
betaraf harakterga ega va o’zbek tilining barcha funktsional uslublarida
qo’llanaveradi.
Tilimiz tarihida ko’rsatish olmoshlarining to’liq shaklda ifodalangan ul, bul,
shul, o’shal kabi ko’rinishlarni bugungi adabiy tilimiz talablari nuqtai nazardan
me’yoriy sanalmaydi. Ularning tarixan qo’llanishida esa stilistik ottenkalarning
nomoyon bo’lmagan. Ammo ushbu shakillarning hozirgi o’zbek tildagi funktsional
14
Ўзбек тили грамматикаси, 1 том –Т, ---- 337-343- бетлар
15
Ўзбек тили грамматикаси, 1 том, 339- бет. Абдураҳимов Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси, 95-
99-
бетлар.
16
Иброҳимов С. Айрим олмошларнинг эволюцияси масаласига доир. // Ўзбек тили адабиёти. 1960. 56 – бет.
uslublaridan badiiy uslublarda yashab kelayotgan davrlar o’tishi bilan ularga shu
uslub doirasida ekspressiv ottenkalarning yuzaga kelgani bilan izohlanadi. Hozirgi
ularning qo’llanishi, garchi she’r mazmuniga o’zgarishlar kiritmasa ham, ifodaga
ko’tarinki ruh bag’ishlaydi, uning yuqori uslubda va darajada berilishiga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi.
Jadvaldan anglashilib turibdiki, ko’rsatish olmoshlarining hozirgi adabiy
tilimizdagi barcha ko’rinishlar faol bo’lib, ular orasida bu va shu qo’llanish
chastotasiga ko’ra ustunlik qiladi. Ularga qaraganda o’shaning bu ga nisbati deyarli
to’rt, shu ga qaraganda ikki baravar kam qo’llanishi unda rasmiylik ottenkasining
mavjudligi bilan izohlanadi. Ushbu haqida ham shu gapni aytish mumkin. Tahlillar
boshqa asarlarga ayrim qahramonlarning “firqaviyligi”, rasmiy kishilar
hisoblanishi, ularning hayoti va faoliyatiga oid voqyealar o’rni bilan rasmiy
ohangda tasvirlanganligiga bog’liq ekanligini ko’rsatadi. B.Yusupov “Eski o’zbek
tilida ko’rsatish olmoshlari (XV – XVI)” nomli maqolasida ushbu, o’shal) o’shul
kabi ko’rsatish olmoshlarining stilistik xususiyatlari haqida so’z yuritgan. Ushbu
olmoshni u bilan ma’nodor bo’lgan olmoshlarga qiyoslar ekan, “so’zlovchi
predmetlarni aniq, konkret, ajratib ko’rsatmoqchi bo’lgan taqdirda ushbu ushbu
olmoshlarini ishlatadi. Aniq voqyealar, sanalar ko’proq
uchraydigan asarlarda
(masalan, “Boburnoma” va tarixiy dostonlarda) ushbu ko’proq ishlatilgan. Chunki
bunday asarlardagi o’sha voqyea-hodisalar sodir bo’lgan paytni aniqroq, tasvirlash
ushbu olmoshlarini ko’proq qo’llashni taqazo etadi. Lirik asarlarda ushbu kam
ishlatiladi. Bu hol mazkur janrning tabiatidan kelib chiqadi. Masalan, Bobur
lirikasida (189 bet) hammasi bo’lib 13 marta, “Mubayyin” risolasidan olingan
“Kitobuzzakot” (16-bet) nomli soliq yig’ish tartib-qoidalariga bag’ishlangan
she’riy parchada esa 33 marta uchraydi. Demak, ushbu olmoshli adabiy tilning
turli uslublarida har xil miqdorda ishlatilgan”.
17
Maqola muallifi o’shulga ushbu ko’rsatish olmoshining muqobili (varianti)
deb qaraydi. O’shal va o’shul olmoshlarining bir-biridan deyarli farq filmasligini
17
Юсупов Б. Эски ўзбек тилида кўрсатишлари (XV – XVI асрлар) ўзбек тили ва адабиёти – 1986 №3, 23-бет.
ta’kidlagan holda ular o’rtasidagi stilistik farqlari ko’satib beradi va ularning
o’zaro almashtirilib qo’llanishi bilan bitta so’zning hadeb takrorlanaverishiga yo’l
qo’ymaydi, deydi. Ammo olimning “bu ikki olmoshni bir birining o’rnida ishlatish
ularning sinonimligidan darak beradi”
18
, degan fikri bastalabdir. Bizningcha,
ularning qo’llanishida sinonimi munosabatdan ko’ra funksional chegaralanish
kuchliroqdir, muallif ham buni payqagan
O. Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanida bulning 31 marta, shulning 6
marta, o’shalning 10 marta qo’llanilganligi roman mavzusining tarixiyligi va
undagi personaj nutqi bilan bog’liq, O’. Hoshimovning “Tunda kechgan
umrlar”ida umuman uchramasligi ham asar mavzusining zamonaviyligi bilan
izohlanadi.
Ko’rsatish olmoshlaridagi arxaik shakllar hozirgi adabiy tilimiz meyor
sanalmaydi va ular faqat tarixiy matnlar hamda sheriyat tilida saqlanib qolgan deb
ayta olamiz: Tig’iz bo’lsa hamki fursati g’oyat (Jahongir bul yurtga to’xtabdi
biror. Senning qadamingga o’qirman afsun) va qilurman o’shal yonni ziyorat (M.
Ali). Tahlillardan anglashiladiki, bu, shu, o’sha olmoshlarining badiiy uslubda
qo’llanishiga alohidalik ko’zga tashlanmaydiva bu ularning funksional uslublararo
betarafligi bilan xarakterlanadi.
So’roq olmoshlari. Ilmiy adabiyotlarda so’roq olmoshlar orqali so’zlovchi nutq
jarayonida ishtirok etuvchilardan o’ziga ma’lum bo’lmagan narsani aniqlab bilishi
aytilgan
19
va badiiy uslubda ham asosan shu ma’nolari bilan ishtirok etadi.
Hozirgi o’zbek adabiy tilida so’roq olmoshlar orqali kim, ne / na, nechun,
nechuk, nega, nima, nima uchun, necha, qay, qaysi, qanday, qani, qancha, qachon
singari o’ndan ortiq turlari mavjud.
Besh muallif asarida ham kim, necha, nega, nima, qancha, qanday, qani,
qachon kabi olmoshlarning qo’llanishidagi mo’tadillik buni yaqqol ko’rsatib
turibdi.
18
Юсупов Б. XV-XV аср ўзбек тили грамматикаси, I том, 353-бет.
19
Ў
збек тили грамматикаси. I том, 343-бет.
Notekislik deganda ne /na, nechun, nima uchun olmoshlarining qo’llanish
chostotasidagi har xilliklarni tushunayapmiz. Masalan, son jihatdan birinchi
o’rinda turgan ne olmoshi O.Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanida 793
marta, Muhammat Ali “Saylanma” 89 marta, Usmon Azim “saylanmasi”da 30
marta qo’llangani holda, O’.Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida
atigi 1 marta va T. Murodning “Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi” romanida 2 marta
qo’llangan. Har bir ijodkorning so’z qo’llashdagi individualligini inkor etmagan
holda ushbu fakitlarga tayanib aytish mumkinki, ne olmoshining qo’llanishi tarixiy
mavzudagi proraik va barcha poetic asarlar doirasida chegaralangan: Menga erk na
hojat, na hojat menga? Intilib, yalinib –yolvorib senga, (Topib yashamoq buyuk
saodat! Intirqin yer edi xokisor,) Aqil ko’zi hech na ilg’amas… (M.Ali).
Demak, hozirgi adabiy til miyorlari nuqtai nazaridan qaralganda ne/na
olmoshlarining nutqda qo’llanishi chegaralanib borayotganligi nafaqat badiiy
uslubda saqlanib turganligi ni dadil ayta olamiz:
Faqatgina o’z so’zidan iborat bo’lgan o’zlik olmoshi badiiy matnlarda ham
betaraf birlik sifatida ishtirok etadi. Ushbu olmosh semantik ma’nosining
taraqqiyotida so’zlashuv jarayonida sodir bo’lgan ma’nolari bilan badiiy matnlarda
ko’chgan va aksariyat hollarda personaj nutqida qo’llanadi.
O’z olmoshi bir shaxsni ajratib ko’rsatish, yakkalik semasi bilan qatnashadi.
Ziyofat tafsilotlarini eslab, ta’bi battar xira bo’ldi: o’zi behat hurmat qiladigan,
alohida lutor bilan taklif etilgan keksa bir olim tantanaga kelmadi, kim bilsin,
munosib ko’rmadimi? (X. Sultonov. Bir oqshom ertagi. Qog’oz gullar 59-bet). U
o’ziga tarbiya bergan kampirni bibim derdi. (O. Muxtor. Yillar shamoli 3-bet).
O’zlik olmoshi o’zini takidlash ma’nosida ham qo’llanadi. Unga –muncha
narsani bular nazar-pisand qilmasa, qimmatini qayoqdan olaman, o’zim bir qaram
benavo bo’lsam.(U. Nazarov. “chayon yili” 47-bet). Bir o’zim shoshmay narsalarni
yig’ishtira boshladim. (U. Nazarov o’zgalar uchun 4-bet). –A?.. yo’q, yaqinda
keldim, -dedi. (X. Sultonov. Bir oqshom ertagi 23-bet). Deyman, dehqonchilik
o’zibir dunyo ish bo’lsa, bashqa ishlarni qachon o’rgandingizu bunday ishlarni
qilishga qanday ulgurasiz?! (O. Muxtor. Yillar shamoli 41- bet). Ayrim hollarda
favqulotdagi nutqni hosil qilishda ham o’zlik olmoshi ishtirok etishi mumkin bu
holat ham uning semantik stilistik qirralari ko’pligidan dalolat beradi.
M.M.Do’stning “Galatepa qissalari”dan olingan ushbu matnda qahrampnning
individual nutqini hosil qilshda o’zlik olmoshi xuddi shu fazifani bajargan.
O’zingizda bo’lasizmi?- deb so’radi. Binafshaxon, ovozida favqulotda hurmat va
hayiqish zahur bo’ldi. –Ha, shuyerdaman-dedi. Elomonov, so’ng xotiniga shirinroq
qilib tanbiq berdi: - G’alizroq gapirdingiz, xonim ona tilimizda odam o’zida emas,
aniq bir joyda, masalasi kabinetda bo’ladi. (M.M.Do’st. galatepa qissalari 138-
bet).
O’zlik olmoshi (favqulotda) takrorlanib kuchaytirish ma’nosini ham bildiradi.
Ahvolimdan qilayotgan ishimdan o’z- o’zimga xo’rligim keladi. (Said Ahmat.
Qorakuz Majnun 34-bet).
E’tirof ma’nosini ham bildirish mumkin. Qiz uzatishning o’zi bo’lmasa…
(X. Sultonv bir oqshom ertagi 103-bet). Siz o’zingiz bo’lmagan holda menga
qachalik dalda berganingizni bilsangiz edi. Faqat rahmat ayta olaman. (X. Sulton.
Bir oqshom ertagi 18-bet). O’zlik olmoshining so’zlasguv va badiiy nuqta
qo’llanishda uning ko’plik va egalik qo’shimchalariniolgan variantio’zlari ajralib
turadi.
Badiiy matnlarda esa o’zlari olmoshi personajlar nutqida asosan hurmat
semasi bilan qatnashadi kuzatiladi. Endi, mana shu kasalxona rayonimiz
territoryasida ekanidami yo sizni qo’llab-quvvatlashimini bilganidanmi, o’rtoq,
rajabov meni jo’natdi.
Shaxsan o’zlari jo’natdi!... (T. Murod). Sof ko’pli ma’nosida keladi.
Odamlarning bir- birlariga qaraq o’zlarini rostlaydilar. (O. Matjan. “Iymon
yog’dusi”. 132-bet). – yo’q, meniki bo’ladi, o’zlaring bir balo qilib amallab qo’ya
qollaring, -dedi Omon. (G’. G’ulom asarlar 10 tom 165-bet) o’z olmoshining 2-
shaxs ko’plik yoki 1- shaxs birlik o’rnida qo’llanishida ham milliy odatga xos
bo’lgan ma’noda anglashilib turadi. Aybga o’zlaring qayerdan so’raymiz? Biz
Toshkentdan, ota (U. Nazarov. Girdob 112-bet). Bu olmosh ta’kid ma’nosida
ba’zan nutqni individuallashgtirish maqsadida ham qo’llanadi. Chala tush ko’rdim,
ro’paramdan bir it chiqib, sovuqda qaltirab g’inshiyotgan kaminaning o’zlari
emishman (G’ofur G’ulom. Asarlar 10 tom 5 tom 187-bet). Belgilash olmoshlari
(hamma, barcha, bari, jami, yalpi, butun har kim, har nima, har qanday, har
qancha
, va hk.) badiiy matnda (olmosh) qo’llanilgan olmoshlarning asosiy qismini tashkil
etadi. Ammo bu mahsuldorlik ularning badiiy matnda xoslanganligini bilirmaydi.
Ular o’zbek nytqining barcha ko’rinshlarida faoldir.
Badiiy matnlarda yalpi so’zining uchramaganligi uning rasmiy, ilmiy
matnlarga xoslanganligi, har nima, har qanaqa, har qaysi olmoshning barcha
uslublarda ham kam qo’llanishi va ijodkorlarning bu olmoshlarga bo’lgan
individual munosabati bilan izohlanadi.
Bo’lishsizlik olmoshlari (hech kim, hech nima, hech qanaqa, hech qaysi)
badiiy matnlarda kelganda butunlay yangi ko’rinish kashf etmaydi.
Badiiy matnning o’ziginagina tegishli bo’lgan bo’lishsizlik olmoshlari yo’q.
ammo ifodkorlarning ularga bo’lishsizlik olmoshlarining sinonimik qatoridan faqat
birgina birlikniqo’llash afzal ko’radi, boshqa bir holatda esa bu olmoshlarni shaxs,
predmet-hodisa va harakatga nisbatan ishlatishda farqlaydi.
Bo’lishsizlik olmoshlari qo’llanishining deyarli yarmi hech kim zimmasiga
tushmoqda. Faolikning ikkinchi pog’onasini hech bir, hech qachon, uchunchi
pog’onasini hech narsa, hech nima olmoshlari ishg’ol qiladi.
Masalan, O.Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romonida 22 marta
qo’llangan hechkim bo’lishsizlik olmosh matnda hech kim yo’q, hech kimning
ko’ziga ko’zi tushmadi, hech kimdan sas/un chiqmadi, hech kim tob berolmadi,
hech kim qaramadi, hech kimni qabul qilmadi, heckim ko’rinmadi, hechkim javob
bermadi, hech kim kuttirmadi, hechkim tegmadi sengari gaplar tartibida turli xil
grammatik vazifalarni ado etgan.
Havliga siz xo’jayin sizga hech kim xo’jayin emas. (X.Sultonov, Bir oqshom
ertagi, 98-bet). Qorong’ida hech narsa ko’rinmaydi. Buta shohlari orasidan
mashina chirog’iarang ko’rinardi. (S.Ahmad, Qorako’z majnun, 28-bet). Pilla
ayniqsa qiyin bo’ldi. (U.Nazarov, “O’zgalar uchun”, 57-bet). Hech narsa
ko’rmagandek bo’lasiz-qo’yasiz. A? (X.Sultonov, Bir oqshom ertagi, 106-bet).
Gumon olmoshlarning mavhumlikni, noaniqlikni ifoda etishda ikki
grammatik ko’rsatkich – alla va –dir qo’shimchalariishtirok etadi va ular ma’lum
o’rinlarda sinonimik munosabatga kirishi mumkun. Masalan: ko’ngli notinch
davlatpanoh esa bunga allaqanday umid bog’lar, nimanidir kutar edi. (O.Yoqubov,
Ulug’bek xazinasi) – Ko’ngli notinch davlatpanoh esa bunga qandaydir umid
bog’lar, nimanidirkutar edi. – ko’ngli notinch davlatpanoh esa bunda allanechuk
umid bog’larnimanidir kutar edi kabi.
Badiiy matnlarda qo’llanish imkoniyati –dir qo’shimchali olmoshlarga
qaraganda alla bilan hosil bo’lgan olmoshlarda ko’proq ekanligi ma’lum
bo’ladi.S.Karimov bu haqda quyidagilarni yozgan edi. “Gumon olmoshlar ichida
aksariyat mavhumlikni, noaniqlikni ifodalaydigan, ko’proq his- tuyg’ular ifodasida
ishlatiladigan allaqanday, allanechuk va gumon yuklamasi bilan birga kelgan
qandaydir, nechundir, nimadir, negadir olmoshlarni badiiy uslub doirasida qarash
to’g’ri bo’ladi”
20
. Shunga asoslanib ularda badiiy uslubgamoillikborligi va unda –
dirga nisbatan ma’lum darajada ekspressivlik mavjud ekanligini aytish mumkun. –
dir qo’shimchalari gumon olmoshlarining so’zlashuv nutqida faoligi va
umumuslubiy shakillanadigan gumon olmoshlarning ham predmet, ham belgiga
nisbatan qo’llanisji tufayli ishlatilish ko’lami kengdir.
Badiiy uslubga xoslangan gumon olmoshlar haqida so’z ketganda
ularningayrim tarixiy shakillarini yodga keltirish zarur gumon olmoshlarining
tarixiy shakllari kimsє, kimersє, burєvlar shaxsga nisbatan nimersє predmetlarga,
jonivorlarga, voqea - hodisalarga nisbatan, falanhar ikkala holda ham qo’llanadi.
21
Binobarin bu gumon olmoshlarining ayrimlariga tarixiy mavzulardagi asoslarga
duch kelamiz: Qani bir kimarsa amrini vojib qilmay ko’rsinchi? … Zero bu
20
Каримов С. Ўзбек тилининг бадиий услуби, 59-бет.
21
Абдурахмонов Ғ., Шукуров Ш. ¡збектилининг тарихий грамматикаси. – 112-бет.
hodisalardan bir kimarsa borabor bo’lsa ikkovimiz ham badnom bo’lamiz… -
ko’nglim boshqa nimarsani istaydi, shuaro tili bilan aytganda, gul iskamoqni
tilaydi, amirim! (O.Qobulov, Ulug;bek xazinasi).
Shunday qilib, badiiy matnlarda olmoshlarning ko’pligi tarixiy variantlari
qo’llanishi bilan o’ziga xoslik kasb etadi. Bu badiiy adabiyotning voqealari qamrab
olish ko’lami, ya’ni tarixiyligi va tasvirim koniyatlarining kengligi bilan
izohlanadi. So’zlashuv uslublarining birontasida adabiy til me’yorlari nuqtai
nazaridan bunga yo’l qo’yilmaydi.
Poetik nutqda so’z mazmunan xis-hayojonga yo’g’rilgan, nihoyatda
tiniqlashgan, teranlashgan bo’lishi shart. Har bir so’z shakl-shamoilga, rang-
bo’yoq, “maza”, salmoq va ohangga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun poetik nutq
o’ziga xos nutq bo’lib, bu o’ziga xoslikini lirikaning predmeti keltirib chiqaradi.
She’riyatga xos xissiy fikrlash, monologig nutq uning so’z poetikasi ham o’ziga
xos olamni yaratadi. Bu olamni yaratishda so’z turkumlari muhim o’rinni
egallaydi. Garchi ot, sifat, fe’l singari so’z turkumlarining poetikkengligi
olmoshlarda uchramasa-da, olmoshlar ham o’zining semantik-stilistik xususiyatlari
bilan she’riynutqda o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.she’riy nutqda olmoshlar
sinonimiyasidan, she’riy, tarixiy variantlaridan keng foydalanganlik holatiga duch
kelamiz. Bu nutqni g’aliz qilmaydi, aksincha, she’riyat talabidan kelib chiqadi va
bu holat ba’zan muhim stilistik vazifani ado etishga xizmat qiladi.
Zavol ko’rma hech qachon, o’lkam
Zavol bilmashu yoshining bilan.
Muzaffar bo’l, g’olib bo’l, o’ktam,
Do’stu-yoring, dartdoshing bilan.
Asrlarning silsilasida,
Boqiy turgay basharang sening.
Mangu yorug’
peshonang sening,
Mangu yorug’maskanim manim.
O’zbekiston vatanim manim.
(A.Oripov Tanlangan asarlar, 4 jildlik, I-jild, 181-bet).
Bu matndagi “manim”shakl “men” olmoshining shevaviy variantidan
olingan. Lekin she’rga ajayib ruh bag’ishlab turibdi. Muhammad Yusufning ushbu
she’rida esa “mening” tarzida qo’llanib, unda ham o’ziga xosnutqni hosil
qilmoqda.
Bor bo’l bag’rimda mudom,
O’tli imonim mening.
Qon bo’lib ketganda ham,
Tanamda bu jonim mening.
Menga bu jahon nadir
Topmasam topsam qadar.
Bulbuldin zabonim mening
(M.Yusuf, Biz bahtli bo’lamiz)
Ba’zan olmoshlar nutqda ko’p takrorlansa uslubiy jihatdan g’alizlik kelib
chiqadi.lekin she’riyatda bunday holat kuzatilmaydi. Shu takror o’ziga xos vazifa
ta’kid, kuchaytirish vazifasini bajaradi.
Haddim bormi sizga bir so’z demakka
Hatto uzr aytmoqqa sig’armi haddim
Sizning husningizga boqqoni yakka
Qancha savdolari boshdan o’tkardim
Sizga ikki olam boricha nisor
Siz ikki olamdan balandsizmutloq
Sizga faqatgina teng bo’lmoq darkor
Sizga faqatginalozim sig’inmoq.
(A.Oripov o’sha asar 247-bet).
Sen borsan men uchun bu hayot go’zal
Sen borsan men uchun dilbar koyinot
Sensiz qolar edim zulmatda tugul
Sensizqolar edim butkul bemurod.
(A.Oripov o’sha asar 247-bet).
Takrorning boshqa bir ko’rinishi ham olmosh orqali vujudga kelganini
ko’ramiz bu holat ham she’rga boshqacha bir ruh bag’ishlagan.
Odam yaralgandan beri
Odam yaralgandan beri
Ajdodlarim imdodini menga bering, menga bering.
O’g’lim deb ishongan elim
Kindik qonim tomgan elim
Tuyg’ularim ozodini menga bering, menga bering.
(M.Yusuf, Biz bahtli bo’lamiz, 36-bet)
She’riyatda olmoshlar takrori har qanday o’rinda ham kelib o’ziga xos
stilistik vazifani bajaradi.
Yor eshiging ochilmadi men uchun,
Tilingdan bol sochilmadi men uchun.
Yoningdan joy topilmadi men uchun,
Ketar bo’ldim yuzingni bir ko’rolmay.
(M.Yusuf, o’sha asar, 154-bet).
Xalq og’zaki ijodida ham olmoshlar keng qo’llanadi bu esa olmoshlarning
vazifa ko’lami nihoyatda serqamrov ekanligidan dalolat beradi. Masalan, bitta bu
olmoshning qo’llanish chastotasiga e’tiboringizni qaratsak. Shu holatning o’zi
yuqoridagi fikrimizning yaqqol isboti bo’lib, hizmat qiladi. Bu olmoshi Alpomish
dostonida 1069 marta, uning bu varianti esa 466 marta, Ravshan dostonida bu
olmoshi 139 marta, Rustamxon dostonida 282 marta qo’llangan. Lug’atda bu
olmoshi eng ko’p qo’llangan so’zlar qatorida turibdi
22
. Mana shu dalilning o’zi
olmoshlarning nutqdagi o’rni ancha faolligidan dalolat beradi. Shu o’rinda aytish
kerakki, adabiy til me’yorida mavjud bo’lmagan man, san, ul, alar, na, ne, nechuk,
nechun, undoq, bundoq, shundoq, munday, kimsa, har kimsa, bir kimsa, nechundir,
faqir, kamina, janob, banda, hech banda, allanechuk, nechundir, qandoq olmoshlari
22
O’rinboyeva D. O’zbek xalq dostonlari tilining chastotali lug’ati. – Toshkent, 2006, 124-184-betlar.
she’riyat talabi bilan, ba’zan qofiya talabi bilan, ko’tarinki nutqni ta’minlash
individual nutq xosil qilish, tantanavor ruh xosil qilish uchun poetik nutqda keng
qo’llaniladi.
Xalq og’zaki ijodida ham ko’proq bugungi kunda sheva varianti deb
o’rganiladigan olmoshlar yoki tarixiy shakl deb o’rganiladigan olmoshlar keng
uchraydi.
Daryolarning ul yuzida uylaringiz
Oqaribon ko’rinadi bo’ylaringiz.
(xalq qo’shig’i).
Charx yigirib, charx yigirib,
Shul qo’lginam taladur.
Agar shuni yigirmasam,
Bolalar och qoladur.
(O’zbek adabiyoti, 5-sinf 24-bet).
Gumon olmosh “nimadir” ayrim shevalarda bir bola tarzida ham ishlatiladi.
Shu ko’rinishda she’rlarda asosan, xalq og’zaki ijodida ko’p uchraydi.
Charxim tanob tashlaydi,
Bir baloni boshlaydi.
Kundoshligi qurisin,
Kunda urush boshlaydi.
(O’zbek adabiyoti, 24-bet).
Ba’zan poetik nuqda olmoshlar kuchaytirish ma’nosini ham o’zida
ifodalaydi. Quyidagi misralarda bo’zchining o’z ishidan juda qo’ngli to’lgani,
bo’zni nihoyatda mohirona to’qilganini, sevinchini ifodalash uchun shunday
olmoshlardan foydalanmoqda.
Do’kan uyga kirsam, tanam qaqshaydi,
Sovuqlarda o’lmay qolsam yaxshiydi.
Qarisi tillaga ketsa yaxshiydi,
Shunday mening bo’zim arzon ketarmi?
(5-sinf, 27-bet).
Topishmoqlarda o’zlik olmoshining semantik xususiyati kengayganligini
ko’ramiz.
O’zlik olmoshi asosan uch shaxsdan birini ta’kidlab ifodalash uchun
ishlatiladi. Biroq topishmoqlarda predmet, narsa o’rnida qo’llanadi, yashiringan
narsani ifodalash uchun qatnashadi.
O’zbek xalq topishmoqlari kitobining 176-178 sahifalaridan olingan
topishmoqlar fikrimizning dalilidir.
O’zi bitta,
Ko’zi mingta.
(Angishvona).
Hammaga to’n tikaman,
O’zim yalang’och.
(igna).
Kichkina xotin
Chachvoni uzun.
(igna, ip).
O’zi mitti
Ovozi olamga yetdi.
(surnay).
Bolalar adabiyotida esa sodda olmoshlar keng qo’llanilgan. Men, sen, biz, u,
kim, nima, qancha, bu, shu, olmoshlar ko’proq qo’llanilganligi kuzatiladi. Bu
bolalar tilining soddaligi ruhiyati bilan bog’liqdir.
O’ynab uchgan,
Laylak qor.
Qanotingda
Nima bor?
(V.Ahmadjon, Gulxumorning gulbog’i, 17-bet).
Mehri xola sevinib,
Nabirasin quchib der.
Boshim yetar osmonga,
Seni ko’rsam, Alisher.
-Sizga mazza bo’larkan,
Ko’rinarkan hamma yer.
(O’sha asar, 19-bet).
Xusnixatni sen uchun,
Kim yozadi, rostin ayt! –
Muallim so’rog’iga
Javob berar Toshpo’lat:
-Dadam bilan oyimni,
Har kech chorlab tolaman.
Kim yozganin bilolmay,
Oxir uxlab qolaman.
(O’sha asar, 29-bet).
Qo’yni to’la shaftoli,
Mashrab turar yer chizib.
“O’g’risan” deb akasi,
Do’q urar bo’nin cho’zib.
Olgan joyinga hozir,
Barin to’kib kelasan.
Yo bo’lmasa menga ham
To’ygunumcha berasan...
(17-bet).
Bu she’rda favqulotdagi, kutilmagan g’oyani ifodalash uchun yozuvchi
“men” olmoshidan foydalanmoqda. Bu ham olmoshning boshqa so’z turkumlariga
o’xshamagan o’ziga xos semantikasidan dalolat beradiki, shu yerda olmosh o’rnida
biror bir so’zni qo’llab bo’lmaydi.
Aruz vaznidan keng foydalangan E.Vohidov she’riyatida esa olmoshlarning
tarixiy shakllari keng qo’llanilib o’ziga xos stilistik vazifa bajargan.
She’r aziz olam aro,
Menga tiriklik, jon qadar.
Jon nedir oshiq uchun,
Jondan aziz jonon qadar.
(E.Vohidov, Ishq savdosi 1-jild 169-bet).
Dardlashurga do’st qani-yu,
Dillashurga yor qani,
Topganim ul oshnoroqdir,
Bul esa o’rtog’iroq.
(194-bet).
Nechun hushu sadoqatni
Egiz tug’madi bu olam
Tabiat qasdidur yoki
Bu ham bitta xatosidur.
(177-bet)
XULOSA
1. Ot, sifat, fe’l, ravish kabi turkumlar ichida olmoshlar ularning vazifasini
bajaruvchi so’z turkumi hisoblanadi. Olmoshlar qadim-qadimdan ishlatib
kelinmoqda. Yozma yodgorliklarda so’z ifodasini topgan olmoshlar
shundan
dalolat beradi.
2. olmoshlar yozma yoxud og’zaki nutq jarayonida, asosan, denonativ
ma’nosida ishlatiladi. Shu bilan birga, boshqa so’z turkumlariga nisbatan passivroq
bo’lsa-da, ular kontativ ma’nolarni ham ifodalab kela oladi.
3. Aniqlanishicha, olmoshlar nutq jarayonida xilma-xil funksional- uslubiy
vazifalarni ado etadi. U, birinchidan, nutqning ixchamligini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, nutqning tejamkor bo’lishiga olib keladi.
4. Olmoshlarning uslubiy xususiyatlaridan biri shundaki, ayniqsa, og’zaki
nutqda xima-xil variantlar bilan qo’llanadi. Olmoshlarning variantdorligi ularning
tarkibi kengaytirilgan shakli, tarkibi qisqartirilgan shaklidan iborat bo’lib, muhim
uslubiy ahamiyat kasb etadi, ya’ni xilma –xil ekspressiv emosional vazifalarni
bajaradi.
5. Boshqa so’z turkumlariga nisbatan, olmoshlarning sof sinonimiyasi
(shakllar xilma xil so’zlar) unchalik faol emas. Olmoshlar sinonimiyasi nutqning
xilma-xilligini ta’minlovchi muhim lisoniy omillardan biridir. Chunki biror
kengroq matnda bir xil olmoshni qo’llaverish so’zlovchi yoxud yozuvchi nutqning
ta’sirchanligini ta’minlay olmaydi.
6. Og’zoki yoki yozma nutq jarayonida olmoshlar xilma-xil funksional –
uslubiy vazifalarni bajaradi. Olmoshlar turli manbalarda, birinchidan, turli xil
uslublarga xoslangan bo’ladi. So’zlashuv uslubiga xoslangan (fonetik shakli
o’zgargan, yasovchi affekslarining o’zgarishini olmosh shakllarining olmosh
so’zlariga aylanishi, olmoshlarning diolektal shakillari), publisistik asarlarga
xoslangan olmoshlar shular jumlasidandir.
Olmoshlarning qo’llanish chostatasida eng yuqori o’rnni so’zlashuv va badiiy
nutq egallaydi. Ammo ular anglatgan semantik – stilistik ma’nolar ko’lami badiiy
matinda kengdir. Yodgorning badiiy taffakur olami, ijodiy jarayonidagi vaqt va
muhit bunda imkoniyat yaratadi. Badiiy matnda barcha olmoshlarning ishtirok
etishi adabiy asarlarda tasvir doirasining kengligi, ijodkorning badiiy mushohada
quvvati bilan izohlansa, ayrim olmoshlardagi xoslanganlik ularning tarixiy variant
sifatida tilimizda saqlanib kelayotganligi, ba’zilarida obrazlilik darajasining yuqori
ekanligiga bog’liqdir.
Badiiy matnlardagi olmoshlarning semantik - sitilistik ma’nolari va
funksional sitilistik chegaralanuv tilimizning emosional - ekspressivlik va amlda
bo’lishlik darajasi g’oyatda yuqori ekanligining dalilidir.
http://fayllar.org