O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Ko’pgina ishlarda lisoniy tahlil jarayonida morfologik birligi bilan ishlatilishi



Yüklə 156,78 Kb.
səhifə10/12
tarix11.04.2023
ölçüsü156,78 Kb.
#96011
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

Ko’pgina ishlarda lisoniy tahlil jarayonida morfologik birligi bilan ishlatilishi 

ham aytib o’tilgan.
Masalan: M.Yo’ldoshev “Badiiy matn va uning linbopoetik tahlili asoslari” 
asarida bu haqida quyidagi fikrlarni keltiradi. Badiiy mant lisoniy jihatdan
tekshirilganda dastavval ana shunday ma’no qirralariga ega bo’lgan birliklarni 
ajratish va qaysi turkumga xosligi, kimning nutqida nima maqsad bilan
qo’llanilganligi, kimga nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligiga e’tiborni 
qaratish lozim bo’ladi. Odatda, erkalash-suyush, hurmat-ezozlash, ko’tarinkilik,
ulug’vorlik, tantanavorlik kabi ma’nolarni bildiruvchi so’zlar ijobiy ma’no 
qirrasiga ega bo’lgan so’zlar hisoblanadi. Masalan: qizaloq, toychoq, o’rgilay,
girgitton bo’lay, bolaginam, do’mbog’im, arslonim, pahlavonim, shakarim, 
shirinim kabi salbiy ma’no qirrasiga ega bo’lgan so’zlar sirasiga jirkanch,
manmanlik, mensimaslik, kibrlilik, masxara, nafrat, g’azab, kinoya, kesatiq kabi 
sub’ektiv munosabatni ifodalovchi so’zlar kiradi. Bunday ma’nolarni yuzaga
keltiruvchi omillarni aniqlash va baholash lisoniy tahlilning asosini tashkil qiladi.
Tahlil jarayonida matnda qo’llanilgan barcha morfologik birliklar emas,
estetik maqsad aniq ko’rinib turadigan, yozuvchining badiiy niyati ifodalangan 

morfologik o’zgachiliklar haqida so’z yuritiladi. Masalan, eng ko’p ishlatiladigan


badiiy tasvir vositalaridan biri takrordir. Bu holat olmoshlarda ham yuz beradi. 
Olmoshlar takrorlanib ta’kid, kuchaytirish, ko’plik ma’nolarini berish bilan birga
yozuvchining o’ziga xos uslubini yaratishga yoki qahramonning individual nutqini 
hosil qilishda ishtirok etadi. Masalan, Dehqonqul, shul-shul. (T.Murod Otamdan
qolgan dalalar). Bundan tashqari olmoshlar inson xulq atvorini ikki xil jihat (ijobiy 
va salbiy)dan harakterlash uchun ham ishlatilib kelinmoqda. Olmoshlarning
bunday xususiyati esa alohida uslubiy ahamiyatga molikdir.
Qisqa bayon etilgan mazkur dalildan maqsad olmoshlarning ham shunday
xususiyatini ifodalash uchun hizmat qilib kelayotganligini uqtirishdan iborat. 
Haqiqatdan, olmosh bo’yicha olib borilgan ishlar. Masalan, kishilik, qisman o’zlik
va ko’rsatish turlari insonni harakterlash uchun ishlatiladi. Olmoshlarning boshqa 
turlari esa o’zgacha uslubiy xususiyatlarni ro’yobga chiqarish uchun hizmat qiladi.
Bayon etilganlar asosida ko’rsatilgan olmoshlarning uslubiy xususiyatlarini 
ikki xil nuqtai nazardan ko’rib chiqish lozimligi ayon bo’ldi.
1) Ijobiy baho ottenkasi; 
2) Salbiy baho ottenkasi.
Bunday xususiyatlar matnlar asosan badiiy matnlarda namoyon bo’lishini 
ta’kidlab o’tamiz.
Ijobiy baho ottenkasi. O’zbek tilida ijobiiy so’zi “Ma’qul, ma’qul” deb 
topilganligini ifodalovchi, ma’qullovchi, yo’qlovchi, maqtovchi ma’nosini
ifodalaydi.
12

U narsa – predmetlarning ham, shaxslarning ham shunday xususiyatlarini 


ifodalash uchun ishlatiladi. Dastlab takidlash lozimki, bunday ijobiy xususiyat


olmoshlarning quyidagi semalarida o’z ifodasini topgan. 
I “hurmat” semasi. Kishining qadr qimmatiga ega ekanligini, ezozga,
ehtiromga loyiqligini ifodalash maqsadida “siz” olimoshidan foydalanib 
12

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Т, I.1981, 315 –бет.




kelinmoqda. Bunday xususiyat ko’pincha noetik uslubda o’z ifodasini topmoqda.


Quyidagi misollar fikrimizni tasdiqlay oladi.
Quloq soling menga, yaxshi qiz biroz, dilimni ochmoqchi bo’layapman
sizga. (A.Oripov). “Hurmat” semasining ro’yobga chiqarilishida o’zlik olmoshidan 
ham foydalanilayotganligi diqqatga sazovor dalillardan biridir. Chinki mazkur
olmosh ham asliy ma’nosida nomunativlik vazifasini bajarishi bilan bir qatorda 
uslubiy ahamiyat kasb etadi. Asosan, og’zaki nutqda qo’llanadigan birlik va
ko’plik shakllaridagi o’z so’zi ana shunday xususiyatga egadir. Ular ko’pincha 
shaxslarga nisbatan shunday ma’noda qo’llab kelinmoqda. Misollarga murojat
qilamiz.
a) Movunlarimiz ancha chaqqon odamlar, lekin o’zingizning yo’qligingiz
bo’lak-da. (U.Nazarov) 
Tengsiz bu holatda to’ymasdan sira, yaratganning o’zi tashlardi nigoh
(A.Oripov)
b) Aybga buyurmayiz o’zlarini qayerdan so’raymiz? Biz Toshkentdan, ota
(U.Nazarov). Ayniqsa poetik nutqda o’zi so’zi majoziy qo’llanib, narsa-predmetlar 
(ko’pincha mavhum)ni ifodalovchi so’zlarga nisbatan ham qayd etilgan vazifada
ishlatiladi. 



Yüklə 156,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin