Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi. Bugun o’zbek tilini yaxlit bir tizim sifatida
o’rganish, uning mantiqiy madaniyatini zamon talablari darajasiga ko’tarish
hayotimizning tarkibiy qismiga aylandi. Ona tilimizning ravnaqi davlat siyosati
darajasiga ko’tarilishi tilshunosligimiz oldiga yuksak vazifalarni qo’ydi. Hozirda
o’zbek tilshunosligi sezilarli darajada muvofaqiyatlarga erishmoqda.
Lisoniy birliklarni yangidan yangi metod va usullar asosida tadqiq etishga
tilni, uning birliklarini tobora chuqurroq, teranroq tadqiq eta borib, lisonimizning
yagona tizm ekanligi va uning qator kichik tizimlardan iborat ekanligini
isbotlashga alohida e’tibor berilmoqda. Biroq bu borada kelashakda amalga
oshirilishi lozim bo’lgan yuzlab muammolar, masalalar o’zining to’la to’kis
yechimini kutmoqda. Shulardan biri alohida xususiyatlarga ega bo’lgan
olmoshlarni stilistik yo’nalishda tahlil etishdir. Olmoshlarning semantik-stilistik
xususiyatlari esa badiiy matnlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Olmoshlarning badiiy
mantlardagi xususiyatlari alohida o’rganilishi lozimligi tanlangan mavzu
dolzarbligini belgilaydi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Nutqda olmoshlar o’zining leksik-
grammatik vazifasidan tashqari nutqiy vaziyatga qarab turlicha stilistik vazifalarni
doim ado etadi va emotsional, ekspressiv bo’yoqdorlikni vujudga keltiradi. Ammo
bu borada U.Suyarov, R.Qo’ng’urov, M.Asqarova, T.Akramov, B.Isobekov,
S.Karimov, B.Yo’ldoshev, M.Hamrayev. M.Fozilova, Y.Tojiyev, E.Qilichev va
boshqalarning monagrafik tadqiqotlarida, o’quv qo’llanmalarida yo’l - yo’lakay
aytib o’tilgan fikrlar va sanoqli maqolalargina mavjud. Bu manbalarda
olmoshlarga xos bo’lgan stilistik jihatlarning ayrim qirralari ochib berilgan, xolos.
Tadqiqot ishining tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi.Tadqiqot
A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida
o’rganilayotgan mavzular tarkibiga kiradi.