4.4.1-teorema. Agar G gruppa yechiluvchan bo‘lsa, u holda uning ixtiyoriy qism gruppasi ham, gomomorf obrazi ham yechiluvchan bo‘ladi.
Isbot. Aytaylik, bizga
G = H0 ⊇ H1 ⊇ H2 ⊇ · · · ⊇ Hn−1 ⊇ Hn = {e}
yechiluvchan qator berilgan bo‘lib, K esa G gruppaning qism gruppasi bo‘lsin. Quyidagi Ki = K ∩ Hi qism gruppalar uchun
K = K0 ⊇ K1 ⊇ K2 ⊇ · · · ⊇ Kn−1 ⊇ Kn = {e}
qatorni yechiluvchan qator bo‘lishini ko‘rsatamiz. Hi+1 a Hi bo‘lganligi uchun
Ki+1 a Ki ekanligi osongina kelib chiqadi. Bundan tashqari Ki+1 = Ki ∩ Hi+1 va
Ki/Ki+1 = Ki/(Ki ∩ Hi+1) ekanligidan izomorfizm haqidagi ikkinchi teoremaga ko‘ra
Ki/Ki+1 ∼= (KiHi+1)/Hi+1
bo‘lishi kelib chiqadi. Hi/Hi+1 faktor gruppaning kommutativligi va (KiHi+1)/Hi+1 ≤ Hi/Hi+1 ekanligidan Ki/Ki+1 gruppaning ham kommutativligi kelib chiqadi. Bundan esa, K qism gruppaning yechiluvchan ekanligi kelib chiqadi. Endi G gruppaning gomomorf obrazi yechiluvchan bo‘lishini ko‘rsatamiz. Ay- taylik, f : G → G′ epimorfizm berilgan bo‘lsin. Hi′ = f (Hi) to‘plamlarni qarasak,
f epimorfizm bo‘lganligi uchun f (Hi+1) a f (Hi) bo‘ladi. Demak,
G′ = H0′
⊇ H1′
⊇ H2′
⊇ · · · ⊇ Hn′ −1 ⊇ Hn′
= {e} (4.8)
qator subnormal qator bo‘ladi. Biz endi Hi′/Hi′+1 faktorlarning kommutativ ekan- ligini ko‘rsatamiz. Buning uchun g(hi) = f (hi)Hi′+1 kabi aniqlangan g : Hi → Hi′/Hi′+1 akslantirishni qaraymiz. Ushbu g akslantirish epimorfizm bo‘lib, ixti- yoriy hi+1 ∈ Hi+1 uchun
g( hi+1) = f ( hi+1) Hi′+1 = f ( hi+1) f ( Hi+1) = f ( Hi+1) = Hi′+1
bo‘ladi. Bundan esa Hi+1 ⊆ Ker g ekanligi kelib chiqadi. Demak, g epimor- fizm orqali Hi/Hi+1 gruppadan Hi′/Hi′+1 gruppaga epimorfizm aniqlash mumkin. Bundan esa, Hi′/Hi′+1 faktorlarning kommutativ ekanligi, ya’ni G′ gruppaning yechiluvchanligi kelib chiqadi.
4.4.1-teoremadan quyidagi natijani hosil qilamiz.
4.4.1-natija. Agar G yechiluvchan gruppa bo‘lib, H uning normal qism gruppasi bo‘lsa, u holda H va G/H gruppalar ham yechiluvchan bo‘ladi.
Quyidagi teoremada esa, yuqoridagi natijaning teskarisi ham o‘rinli ekanligini ko‘rsatamiz.
4.4.2-teorema. Agar G gruppaning H normal qism gruppasi berilgan bo‘lib, H va
G/H gruppalar yechiluvchan bo‘lsa, u holda G gruppa ham yechiluvchan bo‘ladi.
Isbot. Aytaylik, G/H yechiluvchan gruppa uchun
G/H = K0 ⊇ K1 ⊇ K2 ⊇ · · · ⊇ Km−1 ⊇ Km = { eH} = { H}
yechiluvchan qator berilgan bo‘lsin. U holda, G gruppaning Ki = Ki/H va Ki+1 a Ki shartlarni qanoatlantiruvchi Ki, 0 ≤ i ≤ m qism gruppalari mavjud. Izomorfizm haqidagi uchinchi teoremaga ko‘ra Ki/Ki+1 ∼= Ki/Ki+1
bo‘lib, Ki/Ki+1 gruppalarning ham kommutativ ekanligi kelib chiqadi.
Ikkinchi tomondan esa, H yechiluvchan bo‘lganligi uchun
H = H0 ⊇ H1 ⊇ H2 ⊇ · · · ⊇ Hn−1 ⊇ Hn = {e}
yechiluvchan qator mavjud. U holda
G = K0 ⊇ K1 ⊇ K2 ⊇ · · · ⊇ Km−1 ⊇ H ⊇ H1 ⊇ H2 ⊇ · · · ⊇ Hn−1 ⊇ Hn = {e}
qator ham yechiluvchan bo‘ladi. Demak, G gruppa ham yechiluvchan.
Endi gruppaning yechiluvchan bo‘lishini uning kommutanti orqali ifodalovchi natijani keltiramiz. Ma’lumki, G gruppaning kommutanti
[G, G] = ⟨[a, b] = aba−1b−1 | a, b ∈ G⟩
to‘plamdan iborat bo‘lib, u normal qism gruppa bo‘ladi (1.6.3-tasdiqqa qarang). Bundan tashqari, G/[G, G] faktor gruppa kommutativ bo‘ladi.
4.4.3-teorema. Bizga G gruppa va uning H qism gruppasi berilgan bo‘lsin. [G, G] ⊆ H bo‘lishi uchun H a G va G/H faktor gruppaning kommutativ bo‘lishi zarur va yetarli.
Isbot. Aytaylik, [G, G] ⊆ H bo‘lsin, u holda ixtiyoriy h ∈ H va a ∈ G uchun aha−1h−1 ∈ [G, G] ⊆ H bo‘lib, aha−1 = (aha−1h−1)h ∈ H ekanligi kelib chiqadi. Demak, H normal qism gruppa bo‘ladi. Endi G/H gruppaning kommutativligini ko‘rsatamiz. Buning uchun ixtiyoriy aH, bH ∈ G/H elementlarni olsak,
(aH)(bH)(aH)−1(bH)−1 = aHbHa−1Hb−1H = aba−1b−1H
bo‘ladi. aba−1b−1 ∈ [G, G] ⊆ H ekanligidan (aH)(bH)(aH)−1(bH)−1 = H
bo‘lishi, ya’ni aHbH = bHaH ekanligi kelib chiqadi.
Va aksincha, agar H a G bo‘lib, G/H kommutativ bo‘lsa, u holda a, b ∈ G elementlar uchun (aH)(bH) = (bH)(aH) tenglikdan aba−1b−1 ∈ H munosabat kelib chiqadi. Bu esa, [G, G] ⊆ H ekanligini anglatadi.
Quyidagi belgilashlarni kiritamiz
G(1) = [G, G], G(k+1) = [G(k), G(k)], k ≥ 1.
U holda biz kommutantlardan iborat quyidagi qatorga ega bo‘lamiz
G ⊇ G(1) ⊇ G(2) ⊇ G(3) ⊇ . . . .
Ushbu qator G gruppaning hosilaviy qatori deb ataladi. Quyidagi teore- mada berilgan gruppaning yechiluvchan bo‘lishini hosilaviy qator orqali beriluvchi zaruriy va yetarlilik kriteriyasini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: |