5-AMALIY MASHG’ULOT. MAVZU: MASHG’ULOTNING FIKRLASH BOSQICHIDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL METODLAR (2 SOAT)
Talabalarni baholash mezonlari:
mashg’ulotning fikrlash bosqichida qo’llaniladigan interfaol metodlarni qo’llash qoidalarini tushuntirib berish– 2 ball;
mashg’ulotning fikrlash bosqichida qo’llaniladigan interfaol metodlarni amaliyotda ko’rsatib berish – 2 ball;
1-topshiriq. Quyida keltirilgan savollar bilan tarnishing va ularga yozma ravishda javob bering.
Bir-birini kesadigan ikki yoki undan ortiq doiralarda qo’llaniladi, ular o’rtasida yozish uchun etarli joy qolishi kerak. U g’oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini ko’rsatib berishi kerak. Bu yerda qaysi grafik organayzer haqida bormoqda?
Munozara vaqtida qo’shaloq javoblar (ha/yo’q, tarafdor/qarshi) yoki taqqoslash-zid javoblarni yozish uchun universal grafik organayzer hisoblanadi. Qaysi grafik organayzer xuddi shunday xususiyatga ega?
Uchta va undan ko’p jihatlar yoki savollarni taqqoslash taqozo etilganida ushbu metod, ayniqsa foydali bo’ladi. Jadval quyidagicha tuziladi: vertikal bo’yicha taqqoslanadigan narsalar, gorizontal bo’yicha esa, ushbu taqqoslash bajariladigan xususiyat va xossalar joylashtiriladi. Ushbu ta’rif qaysi grafik organayzerga xos?
2-topshiriq. Quyida keltirilgan chizmalar bilan tarnishing va qaysi grafik organayzerni qo’llashga muvofiq kelishiga qarab amalda bajarib ko’rsating.
1)
Vosita
|
Belgilari
|
Ta’rifi
|
Funktsiyasi
|
Ideal vositalar
|
g’oya, fikr, dalil, isbot
|
chizmalar, jadvallar, diagrammalar, san’at asarlari
|
tashkiliy, ta’limiy
|
Material vositalar
|
narsa-buyum
|
darslik, o’quq qo’llanma, ko’rgazmali vositalar, mebel’
|
ta’limiy, tarbiyaviy, motivatsion, boshqarish
|
Dostları ilə paylaş: |