O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Geografik bilimlarni hayot bilan bog’lash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Geografik bilimlarni hayot bilan bog’lash
geografiya darslariga 
qo’yiladimgan asosiy talablardan biri bo’lib xisoblanadi. Geografiya predmetlarida 
beriladigan bilimlarning deyarli barchasi xayot bilan bog’langan. Atrof muxitni 
muhofaza qilish, siyosiy iqtisodiy soxa bo’yicha davlat qarorlari geografik bilimlarni 
xyotga bog’lash uchun asos bo’lib xisoblanadi. 
Masalan, atmosfera mavzusini o’tishda atmosfera xavosini muxofaza qilish va 
qo’riqlash bo’yicha davlat qarorlariga suyanmoq lozim. O’zbekiston iqtisodiy va 
ijtimoiy geografiyasini o’rganishda mamlakatimiz prezidenti asarlari, davlat 
qarorlariga asoslanmoq zarur. Mazkur materiallardan dars jarayonida foydalanish 
uchun mavzu mazmuniga mos bo’lgan ma’lumotlarni topmoq lozim. SHundagina 
o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalarni hayot bilan bog’lay oladi. 
Darsni kasbga yo’naltirilganligi.
Geografik bilim va ko’nikmalarni egallash 
jarayonida o’quvchilar juda ko’p kasblar bilan tanishadi. Masalan, “Boshlang’ich 
tabiiy geografiya” kursida “plan va xarita” mavzusi o’tilganida geodezis va 
topograflar kasbi haqida, litosferani o’rganishda geologlar kasbi haqida, gidrosferani 
o’rganishda gidrolog kasbi, iqtisodiy geografiya darslarida iqtisodchi va boshqa 
kasblar haqida bilimlar va ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari har bir materikni 
tekirilish tarixini o’rganganda sayyohlar va olimlar haqida ham ma’lumotlar beriladi. 
Olimlar kasbi haqidagi ma’lumotlar turli xil qonun va qonuniyatlarni ochgan 
olimlarini hayoti va faoliyatini o’rganishda berib boriladi. 
Dars tuzilishini aniqlash
xam asosiy talablardan biri bo’lib hisoblanadi. Dars 
tuzilishini aniqlashga quyidagilar kiradi: a) darsni turini tanlash. O’quv materialini 
mazmuniga ko’ra ma’lum bir dars turi tanlanadi. Quyi sinflarda ko’proq aralash dars 
turiga e’tibor beriladi, ya’ni o’tgan darsni takrorlash, yangi darsni o’qitish, 
o’rganilgan darsni mustaxkamlash va uyga vazifa berish; darsning alohida qismlarini 
asoslash va ular orasidagi bog’liqliklarni bo’rttirib ko’rsatish; Masalan, 
“Boshlang’ich tabiiy geografiya” kursida “Masshtab” mavzusini o’rganganda uni 
quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: masshtab xaqidagi umumiy tushuncha, sonli 
masshtab; chiziqli masshtab; so’zli masshtab; masshtab bilan ishlash. Darsning 
tuzilishi uning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari bilan xamda ulardan oldingi va 
keyingi darslar bilan bog’liqligi bilan aniqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin