Na – kationitli filtlarni regeneratsiya qilishda ishlatiladigan osh tuzi issiqlik elektr stantsiyalarida
37
filtrdan 4-5 m/soat tezlikda o‟tkazilib, kerakli konstruktsiya keltirish uchun maxsus baklarga
yuboriladi. Baklardagi tayyor tuz eritmasi nasos yokui ejektorlar orqali filtrlarga yuboriladi. Tuz sarfi
bir kecha-kunduzda 500 kg dan kam bo‟lgan suv tozalash qurilmalarida tuzni isitilmaydigan xonalarda
saqlab, yayratish uchun maxsus tuz erituvchi qurilmalardan foydalaniladi.
4 - rasm. Regenerasiyalovchi eritmani tayyorlashda suvli ejektorga ega “ho'l” tuz saqlash
sxemasi:
1 – temir yo'l vagoni; 2 – panjara; 3 – “ho'l” tuzni saqlash bo'lmasi; 4 – nasoslar; 5 – tindirish
bo'lmalari; 6 – loyqa va ko'pik yig'ish bo'lmalari; 7 – o'lchov baki; 8 – tindirish filtri; 9 – texnik suv;
10 – issiq suv; 11 – ejektor; 12 – natriy-kationit filtriga.
IESlarda sulfat kislota temir yo‟l orqali 50-60 tonnali sisternalarda har uch oyga yetadigan
miqdorda keltiriladi va maxsus isitiladigan xonalarda joylashtirilgan sisternalarda saqlanadi, chunki
sulfat kislota past xaroratda yaxlab qolish xususiyatiga ega. Bu sisternalardan kislota vakuum
surgichlar orqali kislota sarfini o‟lchaydigan o‟lchov bakiga o‟tkaziladi. Bu idishdan ejektor orqali
kerakli kontsentratsiyada suyultirilib, regeneratsiya qilinadigan filtrlarga yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: