161
yoki pastroq darajali vositachilik funksiyalarini bajaradilar. Masalan, chakana
sotuvchilar ulgurji savdogarlarning funksiyalarini bajarishi va aksincha ulgurji
sotuvchilar chakana savdo bilan shug‘ullanishi mumkin.
Sotish kanallari o‘rtasidagi raqobat. Bu holda butun kanallar bir-biri bilan
raqobatlashadi. Masalan, an’anaviy sotish tarmog‘i tovarlarni pochta orqali sotish
bilan raqobatlashadi.
Sotish tizimida so‘nggi o‘n yilliklarda yuz bergan evolyusiya barcha turdagi
vositachilar o‘rtasidagi raqobatni keskin kuchaytirib yubordi. Vertikal marketing
tizimlarining rivojlanishi bu raqobatning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, ularni quyida
ko‘rib chiqamiz.
(1) Taqsimot kanali turlari
Vеrtikal-intеgratsiyalashgan
An'anaviy
Boshqaruv
Shartnomaviy
Shaxsiy
(2) Taqsimlash intеnsivligini talab kilish darajasi
Intеnsiv
Sеlеktiv
Eksklyuziv
(3) Taqsimlash kanali tuzilishini aniqlash
8.3-rasm. Taqsimlash strategiyasini ishlab chiqish bosqichlari
Vertikal marketing tizimi vositachilar bilan o‘zaro xarakteriga qarab vertikal
marketingni ikki turga bo‘lish mumkin:
• an’anaviy vertikal tuzilish;
• koordinasiyalashgan vertikal tuzilish.
An’anaviy vertikal tuzilishda sotish kanalining har bir darajasi boshqasiga
bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z foydasini maksimallashtirishga harakat qiladi.
Koordinasiyalashgan vertikal tuzilishda ayirboshlash jarayonlari qatnashchilari
to‘liq yoki qisman, ya’ni o‘zini bozorga ta’sirini va sotish qobiliyatini oshirish uchun
o‘z funksiyalariga tayanadi.
162
Qatnashchilardan biri tashabbusni o‘z qo‘liga oladi. Bu tayyor ham ulgurji
savdo va chakana savdo bo‘lishi mumkin.
Sotish kanalida vertikal koordinasiyaning bir necha shakllarini farqlash
mumkin: integrasiyalashgan vertikal marketing; nazorat qilinadigan vertikal
marketing; shartnomaviy tizim vertikal marketingi.
Integrasiyalashgan vertikal marketing ishlab chiqarish va sotish bosqichlari
yagona ega tomonidan nazorat qilinadi.
Shartnomaviy vertikal marketing tizimida a’zolarning majburiyat va huquqlari
aniq ko‘rsatib beriladi. Uni 3 turga ajratish mumkin:
1.
Ulgurjilar
rahbarlik
qiladigan
chakana
sotuvchilarning
ko‘ngilli
birlashmalari.
2. Chakana sotuvchilar shirkati.
3. Franshiza tizimi.
Dostları ilə paylaş: