O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
dissertasiya ishim

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz», «Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” xamda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kabi asarlari tadqiqot ishi uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qildi.
Oilaviy munosabatlar, oilada farzandlarni tarbiyalash, ularda yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirishning nazariy-tarixiy asoslari Ibn Sino, A.R.Beruniy, A.N.Forobiy, Maxmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, A.Shoshiy, Mirzo Ulug‘bek, va Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Avloniy kabi shark mutafakkirlari va ma’rifatparvar olimlarining asarlarida yoritilgan.
Respublikamiz olimlaridan M.Imomnazarov, Q.Nazarov, O.Musurmonova, S.Nishonova, M.Quronov, M.Ochilov, P.S.Abdimuratov, M.Abdullaeva, F.Yu.Abdurahimova, R.Imomqulov, G.Sh.Aripova, N.E.Jumaeva, R.Mamatqulova, A.Muxsieva, M.A.Inomova, H.D.Norqulov, F.F.Xidirova, Z.Q.Qurbaniyozova, E.G‘oziyev, V.Karimova, G‘.Shoumarov, N.Sog‘inov, M.Jamoliddinov, R.Ernazarov9 va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida bag‘rikenglik va milliy o‘zlikni anglash, ko‘p tillilik muhitida millatlararo muloqotni tarbiyalashning turli pedagogik xususiyatlari, oilaviy tarbiya jarayonida bolada ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tadqiq etilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari olimlaridan G.F.Biktagirova, R.A.Valeeva, R.R.Biktagirov, Madjidova Bibixafiza, A.Nukinlassi, Ye.Protasova, V.M.Smokotin, L.K.Nagmatullina, O.A.Maksimova, A.Burov, Ye.Kvyatovskiy, Z.A.Malkova, B.Lixachev, G.Bolxovskaya, O.Bogdanova, N.Zaridskaya, O.Ivansenko10 va boshqalarning tadqiqot ishlarida ko‘rtillilik muhiti va unda oila tarbiyasini tashkil etish muammosining turli jihatlari ilmiy-uslubiy jihatdan o‘rganilgan.
Xorijlik olimlardan Suzan Merrill, W.Leopold, J.Howell, E.Dean, Merit Hallap, Marika Padrik, Järvi Lipasti, Renate Pajusalu, Colin Baker, François Grosjean, Barbara Z. Pearson, .Eisner, A.Smith, R.Shusterman, P.Parrish, H.Fairdank, M.Holrer, A.Gulla11 kabilar tomonidan ko‘ptillilik muhitida oilaviy munosabatlarni takomillashtirish buyicha ilmiy tadkikot ishlari olib borilgan.
Biroq, respublikamizda ko‘ptillilik muhiti va unda oilaviy tarbiya mazmuni, ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari, mezonlari, ta’sir etuvchi omillari va mazkur jarayonning ijtimoiy-pedagogik jihatlari maxsus tadqiq etilmagan. Bu esa, ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etdi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin