tajriba» (1798), «Er rentasining tabiati va o’sishi to’g’risida tadqiqot» (1815),
«Sig’siy iqtisodning boshlanishi» (1820) hisoblanadi.
«Nufus qonuni».
Er kurrasidagi resurslarning cheklanganligi va aholi ehtig’jlarining cheksizligi
g’sh ingliz ruhoniysini iqtisodig’t bilan shug’ullanishga da’vat etadi. U 32 g’shida
g’zgan «Nufus qonuni to’g’risida tajriba» asarida o’zining bu mavzu bo’yicha butun
dung’da katta qiziqish uyg’otgan, hozir ham unutilmagan mulohazalarni bag’n etgan.
T.Maltus o’z mulohazalariga statistik materiallarni, katta hajmdagi faktlarni asos qilib
olgan. Ularni o’rgangan holda T.Maltus, o’z tarixi to’g’risida aniq ma’lumotlarga ega
bo’lgan barcha
xalqlar o’zini-o’zi takror hosil qilishda shu qadar yuqori qobiliyatga ega bo’lganki,
agar bu hodisa yashash vositalarining etishmasligi g’ki boshqa sabablar (kasalliklar,
urushlar va b.) bilan to’xtatib turilmasa, balki odamlarning
soni juda tez va muttasil
ko’payib borgan bo’lar edi, deb isbotlab berishga uringan.
T.Maltusning g’zishicha, uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha bironta
mamlakat o’z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan o’zini etarli hajmda
iste’mol mollari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan. Iqtisodig’t, eng
avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari bilan aniqlanuvchi o’zining ishlab chiqarish
imkoniyatlari doirasidan chetga chiqishga qodir emas.
Muallifning xulosa qilishicha, o’tmishda bo’lgan narsalar kelajakda ham
qaytarilishi extimol, aholi o’sishi ham, agar
u ongli suratda cheklanmasa, unda
kambag’allik,urushlar, kasalliklar va boshqa halokatli sabablar bilan to’xtatilib
turiladi. T.Maltus aholining tez o’sish sur’atini pasaytirish maqsadida
kambag’allarning nikohdan o’zlarini tiyishlarini, kech turmush qurishlarini taklif
qiladi. Lekin uning o’zi ham o’z tavsiyalarining to’g’riligiga unchalik ishonmagan.
T.Maltus o’z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdorligining pasayishi
kontseptsiyasidan foydalangan. Agar bitta er uchastkasining o’ziga ustma-ust mehnat
sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o’sishiga
olib kelmaydi, chunki
hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog’liq
bo’ladi. U berishi mumkin bo’lgan narsadan ortiqchasini undan olib bo’lmaydi.
Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin,
qishloq xo’jaligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arifmetik
progressiyada o’sishi (eslatib o’tamiz , arifmetik progressiyada o’sish 1,2,3,4,5....
ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan bir
xil absolyut miqdorga oshib
boradi), aholining soni esa geometrik progressiyada o’sishi mumkin (eslatib o’tamiz,
geometrik
progressiyada o’sish 1,2,4,8,16,… ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan
2 barobar ko’p bo’ladi).
Arifmetik progressiya geometrik progressiyaga nisbatan sekin oshib borganligi
sababli, T.Maltus hisobidan kelib chiqadi: agar er kurrasi aholisi sonining o’sishi
cheklanmaydigan bo’lsa, u chog’da odamlar dahshatli ocharchilikka duch keladilar.
Bu erda T.Maltus insoniyat manfaati nuqtai nazardan o’limning ko’payishiga olib
86
keluvchi barcha omillarni - epidemiya, ocharchilik qirg’ini, urushlarni ijobiy
baholash kerak, deb xulosa qiladi.
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg’uli, eng ma’yusli
hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning xulosa va prognozlari
asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun odamlarga
tuproq unumdorligini
oshirish, T.Maltus tasavvur qila olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish
imkonini yaratib beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo’ldi. Amerika iqtisodchisi
J.L.Saymonning tasdiqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi - texnik
jarag’n planetadagi aholining har qanday o’sishini kompensatsiyalashi va uning
yuqori hag’t darajasini ta’minlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: