O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot”kafedrasi


O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik



Yüklə 216,72 Kb.
səhifə13/14
tarix07.05.2023
ölçüsü216,72 Kb.
#109106
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Iqtisodiyot”kafedrasi “ makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot” fa

O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik.

Raqobatning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlar mavjud bo'lishini taqozo etadi.Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo'lishi mumkin.Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o'z-o'zidan, evolyutsion yo'l bilan vujudga kelgan.Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi.shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta'kidlanganidek, davlalning monopoliyalarga qarshi siyosatida o'z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo'lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog'lom raqobatga shart-sharoit hozirlash. iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero.Prezidentimiz ta'kidlaganidek, bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo'ymoqda. Bu borada ham juda ko'p yechilmagan muammolar bor. Ya'ni eski ma'muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta'minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to'laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo'lidagi mavjud g'ovto'siqlarni bailaraf etishimiz zarur».4
Bugungi kunda O'zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporalsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo'lib, ular ko'pincha tarmoq vazirliklari mavqye va vazifalariga ega bo'ladilar.

4I.A.Karimov. Bizningboshmaqsadimiz - jamiyatnidemokratlashtirishvayangilash. mamlakatnimodernizatsiyavaislohqilishdir. T.: «O’zbekiston», 2005. 76- 77-betlar.

Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit hamda fond ko'rinishida taqsimlanishning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma'muriy to'siqlar monopolistik tendensiyalarga ko'proq imkon yaratadi.
Shunga ko'ra, O'zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:


  1. iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo'lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;

  2. bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o'z ustunlik mavqyelarini suiiste'mol qilish imko- niyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta'minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas.1

O'zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o'rin tutadi.Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o'z egalari qo'liga topshirilsa, ikkinchidan.ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.


Shunday qilib, O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobat ni taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, cluinki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchierkin xo'jalik subyektlarining mavjudligi. ularning bozor orqali aloqa qilishidir.

Biz yuqorida monopoliyaning salbiy jihatlari bilan tanishib chiqdik . Umuman olganda monopoliyaning ijobiy tomonlari ham mavjud, biroq uning bozor iqtisodiyotiga va umuman iqtisod sohasiga yetkazadigan zararlari bir talay. Monopollizm avj olib ketgan sharoitda ayni amalakatdagi raqobat, narx-navo, ish haqi, bozorning amal qilish sikli, pul aylanmasi va shu kabi iqtisodiy jarayonlarga jiddiy zarar yetadi. Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin.Monmopoliyanig yo’liga to’siq sifatida davlatdan boshqa subyekt maydonga chiqa olmaydi.Shunga ko’ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlar tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi.


Davlat monopoliyaga qarshi siyisat yurgizishda avvalo, qonun tashabbuskorligi va qonun chiqaruvchi huquqlaridan foydalanadi va monopoliya qarshi qonunlar ishlab chiqadi. Bu jarayon antimonopol qonunchilik deb ataladi.
Tarixdan ma’lumki antimonopol siyosat yurgizgan birinchi mamlakat AQSH hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan bir davrda esa deyarli barcha mamlakatlar monopoliyaga qarshi jiddiy kurash olib bormoqda(ba’zi davlatlar bundan mustasno).
Monopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo’lgan monopolistic hokimiyatni to’planishini cheklashga qaratilgan. Monopolistik hokimiyat yuqorida aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta’sir qilish kuchini bildiradi.Qaysi firma bozor narxiga ko’proq ta’sir qila olsa, u ko’proq monopolistik hokimiyatga ega bo’ladi. Davlatning antimonopol siyosati esa shunga o’xshash nohush holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotda manopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham qatnashadi .Bu esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Davlat monopolizmga йarshi siyosat yurgizishida, umuman olganda, bozorning "bir maromda" faoliyat ko’rsatishidagi to’siqlarni bartaraf etishdan jamiyat manfaatdorligining oshirilishi tushuniladi. Davlatning monopolizmga qarshi siyosati ra?obat munosabatlarini takomillashtirishda g’oyatda muhim vositadir. U, birinchidan ayrim firmalar tomonidan bozorning egallab olinishiga qarshi kurashni, ikkinchidan, firmalar o’rtasidagi bozor mexanizmlari harakatini cheklashi mumkin bo’lgan yashirin kelishuvlarni bartaraf etishni, uchuinchidan, zaxiralarning iqtisodiyotning bir tarmog’idan boshqasiga erkin o’tishi yo’lidagi g’ovlarni o’qotishni taqozo etadi.
Yetarli bo’lmagan yoki buzib ko’rsatilgan axborotlar muayyan an'analar, qonunlar, mayda tadbirkorlar uchun kredit yo’lining berkligi va hokazolar ana shunday g’ovlar jumlasiga kiritilishi mumkin.
Monopolizmga qarshi siyosat shart qilib qo’yilgan choralar, ko’pincha, erkin bozor iqtisodiyoti prinsiplariga zid keladi. Lekin, qanday g’ayritabiiy tuyulmasin, ular bozor stixiyasining o’z- o’zidan yemirilishidan (monopoliya bozor kuchlari harakatining qonuniy natijasi bo’lgan holda) va bozorni tashqaridan yemiruvchi omillar (raqobatning nomukammalligini tabiiy resurslarning cheklanganligi, xo’jalik faoliyati va qonunchilikning xususiyati, hukumat muassasalari, an'analar va hokazolarning harakatlari keltirib chiqargan holda)dan himoya qilishga yordam beradi.
Monopolizmga qarshi siyosatni amalga oshirishning ikkita asosiy usuli ma'lum: ma'muriy (qonun chiqaruvchilik) va raqobat munosabatlarini bilvosita tartibga solish.
Bugungi kunda O’zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo’lib, ular ko’pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo’ladilar. Shunga ko’ra mamlakatimizda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:
a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo’lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur.
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o’z ustunlik mavqelarini suiiste’mol qilish imkoniyatlarini oldini olish.
Shu maqsadda 1992-yilning avgust oyida O’zbekistonda “Monopol faoliyatni cheklash to’g’risida”gi qonun kuchga kiritildi.Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab taqchillik keltirib chiqarish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man etildi.

Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996-yil 27-dekabrda “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida” gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g’irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to’xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.


Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko’zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O’zbekiston va boshqa o’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo’lgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o’rnatilgan.
Quyidagi xatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:

  • xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiiste’mol qilinishi (5-modda)

  • xo’jalik subyektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o’zaro kelishilgan xatti-harakatlar) (6-modda)

  • davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyati organlarining raqobatni cheklashga yo’naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda)

Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992-yilda O’zbekiston monopoliyaga qarshi organ – Moliya Vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro’yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996-yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil qilindi. 2000-yilda Respublika Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoniga asosan, Monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va muqil davlat qo’mitasiga aylandi. Keyinchalik mazkur qo’mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-apreldagi farmoniga binoan, u monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasiga aylantirild i.


Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozoridagi shu turdagi mahsulotning 35 %dan ortiq bo’lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi.Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 % deb belgilanadi.1 Respublikada monopoliyalar ro’yxatiga kirgan korxonalarning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim: 1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo’yish 2. O’z monopol mavqeini suist’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-iyuldagi 366-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Obyektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi” nizom asosida amalgam oshiriladi. Monopoliyani maksimal darajada kamaytirishga qaratilgan bu chora-tadbirlar o’z natijasini berdi. Bu chora tadbirlar samarasi sifatida shuni aytishimiz mumkinki, oxirgi 12 yil mobaynida monopolist korxonalar soni deyarli 4 barobar kamaydi, monopolist mahsulotlar soni esa 30 barobarga kaamaydi. 2014-yilda yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida monopoliyaning ulushi 26%ni tashkil qilgan bo’lsa, 2019-yilga kelib bu ko’rsatkich 19%ni tashkil qildi.
2013-yilda 1-yanvarida Davlat reyestrida monopol sifatida 386 ta xo’jalik yurituvchi subyektlari hisobga olingan bo’lsa, 2019-yil 1-yanvaridagi holatiga ko’ra bu ko’rsatkich 95 tani tashkil etdi.2017 yilda qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan tabiiy monopoliya subyektlarida monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlarning 87,5 foizida turli xildagi qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan o‘z vaqtida zarur chora-tadbirlar ko‘rildi, aybdorlarga nisbatan 2,3 milliard so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Bu sohada mamlakatimizda katta yutuqlarga erishilgan bo’lsada bu bilan cheklanib qolinayotganligi yo’q.Buning yorqin misoli sifatida joriy 2010-yilning 26-fevralda yurtboshimizning “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarini ko’rishimiz mumkin. Bu farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilindi. Bundan tashqari farmonda qo’mitaning asosiy vazifalari va huquqlari aniq qilib belgilab berildi.
So‘nggi 10 yil mobaynida monopolist korxonalar soni 3,5 barobar kamaydi
Mamlakatimizda monopoliyaga qarshi siyosat olib borilishi natijasida so‘nggi 10 yil mobaynida monopolist korxonalar soni 3,5 barobar, monopol mahsulotlar turi esa 26 barobar qisqardi. 2014-2017 yillar davomida yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida monopol mahsulotlar ulushi 26 foizdan 21 foizga tushdi. O’zbekiston Respublikasida monopol subyektlar va mahsulotlar soni Manba: O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining reysteri To‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish, uning eng muhim talablaridan biri bo‘lgan sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish natijasida tadbirkorlik va kichik biznes subyektlari soni hamda ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yil sayin ortib bormoqda. Yurtimizda monopolist va tabiiy monopol bo‘lgan korxonalar faoliyatini tartibga solish hamda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlashga doir qonunchilik asoslari yaratilgan. Jumladan, 1996 yilda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi, 1999 yilda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlar monopolistik mavqega ega bo‘lgan korxonalar faoliyatini tartibga solishning qonuniy asoslarini ta’minlashda mustahkam huquqiy zamindir. Ammo, ba’zi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bunday holatlarga barham berish yuzasidan izchil chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Tovar va xizmatlar bozoridagi o‘zaro tenglik, tabiiy monopol korxonalar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qo‘mita tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tabiiy monopoliyalar sohasiga kiritilgan 24 xil mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning narxlarini moliya organlarida deklaratsiyadan o‘tkazmasdan iste’molchilarga yetkazib berayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar aniqlandi. Ko‘rilgan chora tufayli ularning narxlari moliya organlarida belgilangan tartibda deklaratsiyadan o‘tkazilishiga erishildi. 2017 yilda qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan tabiiy monopoliya subyektlarida monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlarning 87,5 foizida turli xildagi qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan o‘z vaqtida zarur chora-tadbirlar ko‘rildi, aybdorlarga nisbatan 2,3 milliard so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.Bunday tadbirlarning amalga oshirilishi sog‘lom raqobat muhitini barqarorlashtirishda, mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholi turmush darajasini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotir. Raqobat muhitini, jumladan, kichik biznes sohasida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishni rag‘batlantirish orqali rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar xo‘jalik subyektlari umumiy sonida monopolist korxonalar ulushini 2010 yilning birinchi yarmidagi 0,43 foizdan 0,37 foizgacha kamaytirish imkonini berdiRaqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak boʻlgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodi-yotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli, narxlarni erkin qoʻyib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda Oʻzbekistonda "Monopolistik faoliyatini cheklash toʻgʻrisida"gi qonun (1992 yil 3 avg .) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga karatilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga koʻra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni mo-nopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga toʻsqinlik qilish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi.
Xulosa.
Dеmоkrаtik jаmiyatni bаrpо etishning аsоsiy shаrtlаridаn biri, nоmаrkаzlаshgаn tаrtibdа iqtisоdiy qаrоrlаrni qаbul qilish bilаn bоg’liq shаrоitlаrning mаvjudligi hisоblаnаdi.Erkin rаqоbаt - tаnlаsh erkinligi, tаdbirkоrlik erkinligi, bоzоrgа kirish erkinligi kаbi tаlаblаrning sinоnimidir, u fuqаrоlik jаmiyatidа kishilаrning kоnstitutsiyadа bеlgilаngаn iqtisоdiy erkinligining muhim tаrkibiy qismi hisоblаnаdi.
Iqtisоdiyotdа mоnоpоllаshuv tеndеnsiyalаri pаydо bo`lish munоsаbаti bilаn erkin rаqоbаt chеklаnаdi, shu sаbаbdаn sоg`lоm rаqоbаtchilik muhitini yarаtishdа dаvlаt hаm qаtnаshаdi. Bu dаvlаtning аntimоnоpоl siyosаti оrqаli аmаlgа оshirilаdi. Bu siyosаt erkin rаqоbаt muhitini yangidаn yarаtishgа emаs, bаlki uni sаqlаb qоlishgа, qаytаdаn tiklаshgа, rаqоbаtning mаdаniylаshgаn usullаrini qаrоr tоptirishgа qаrаtilаdi.
O`zbеkistоndа ham bоshqа sоbiq ittifоqdоsh rеspublikаlаri kаbi, rаqоbаtni umumаn inkоr etuvchi dаvlаt mоnоpоliyasidаn dаvlаtlаshmаgаn, turli хo`jаlik shаkllаrining muvоzаnаtigа аsоslаngаn vа erkin rаqоbаtni tаqоzо etuvchi bоzоr tizimigа o’tish yuz bеrmоqdа. Bu yеrdа аvvаllо rаqоbаtchilik munоsаbаtlаrini shаkllаntirish vа shu bilаn bir qаtоrdа uni tаkоmillаshtirish vаzifаsi turibdi. Har qanday iqtisodi rivojlangan davlatni qarasak, eng avvalo ichki iqtisodiyotini rivojlantirganligiga guvoh bo`lamiz. Buning uchun esa u eng avvalo erkin raqobatni vujudga keltirishga harakat qilgan. Bunday erkin raqobat bozorlarini yuzaga keltirish qiyin bo`lsada, lekin iloji boricha shu bozorga yaqin raqobatlashgan monopol bozorni yuzaga keltirishimiz kerak.
Аntimоnоpоl qоnunlаrni qаbul qilish vа hаyotgа tаtbiq qilish bоzоr munоsаbаtlаrigа o`tаyotgаn hаr bir mаmlаkаt uchun hаyotiy zаrurаtdir, chunki erkin rаqоbаtgа yo`l bеrmаy turib bоzоr iqtisоdiyotini shаkllаntirib bo`lmаydi.

Yüklə 216,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin