O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot”kafedrasi


Monopoliyaning vujudga kelish sabablari, mohiyati va turlari



Yüklə 216,72 Kb.
səhifə2/14
tarix07.05.2023
ölçüsü216,72 Kb.
#109106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Iqtisodiyot”kafedrasi “ makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot” fa

Monopoliyaning vujudga kelish sabablari, mohiyati va turlari

Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amaliyotidagi xususiyatlarini ko'rib chiqishni taqozo etadi.
Monopoliya tushunchasiga turli o‘quv adabiyotlarida turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, ba’zi o‘rinlarda unga «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi1 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda, «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba’zi adabiyotlarda yakka) hukmronlik holati»2, deb ta’riflanadi. Bu ta’riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta’riflash o'rinli deb hisoblaymiz: monopoliya — monopol yuqori narxlarni o'rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.3


«Monopoliya > atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyaga quyidagi ta’rif berish o’rinli: monopoliya – monopol yuqori narxlarni ornatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlik amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Monopoliya iqtisodiyotning har bir sohasida tanho hukmronlik, bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlar yagona sotuvchi o’z tovari bilan faoliayt ko’rsatadi, boshqa tarmoqlarda esa bunday tovarlarning o’rinbosarlari bo’lmaydi. Monopoliya ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilk korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qo’lida to’planishi natijasida paydo bo’ladi.
Monopoliya ko’rinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, o’rmnlar va boshqa tabiiy manbaalar ozchilik qo’lida to’planib, egalariga monopol mavqe bergan, ular ma’lum mahsulotni bozorga tanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron bolganlar.
Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra ishlab chiqarishda turg’unlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda ko’rish, raqobatning yo’qligi yoki zaifligidan foydalanib bozorda o’z izmini o’tkazish mumkin. Monopoliya bozor munosabatlarini chaklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlat monopoliyaga qarshi chora tadbirlarni ko’radilar.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishningto‘planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi.
Ishlab chiqarish to'planishining asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda hajmining ko'payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko'paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo'shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa, ba’zi bir korxonalarning o'sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to'planishining moddiy asosi bo'lib kapitalning to'planishi va markazlashuvi hisoblanadi.

Yüklə 216,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin