O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot”kafedrasi



Yüklə 216,72 Kb.
səhifə9/14
tarix07.05.2023
ölçüsü216,72 Kb.
#109106
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Iqtisodiyot”kafedrasi “ makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot” fa

Uchinchidan,ba’zi bir sohalarda monopoliya sohaning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlab bera oladi. Shu sababdan ham bu sohalarda monopoliyaning vujudga kelishi davlat tomonidan ham ta’minlab beriladi.Raqobat bu sohalar faoliyatini buzishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib elektr energiyasi, gaz, suv kabi komunal sohalarni yoki metropolitelin, temir yo’l va avia sohalarni keltirishimiz mumkin. Ammo hozirgi kunda dunyoning bir nechta rivojlangan davlatlarida bu sohalarning monopoliyadan chiqarilish holatlarini kuzatishimiz mumkin.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko’rsatish mumkin:
1. Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, past texnikaviy darajsini va sifatini hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.
Monopoliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo’ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. O qibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiayt boyligi resurslarning oqilona raqobatli bozor taqsimoti sharoitida qo’lga kiritilishi mumkin bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi.
2. Daromadlardagi tengsizlikning kuchayayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi yoki pasaytirilishi hamda yuqori foyda olinishi bilan bo’g’liq bo’lib, bu aholining qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi. 2-rasm. Monopol hokimiyat keltirgan sof zararlarning chizma tasviri.
A va B iste’molchi yutug’ining yo’qotilishi.

Yüklə 216,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin