O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot”kafedrasi



Yüklə 216,72 Kb.
səhifə4/14
tarix07.05.2023
ölçüsü216,72 Kb.
#109106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Iqtisodiyot”kafedrasi “ makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot” fa

Monopoliyaning asosiy belgilari:

  • Bitta yoki juda katta sotuvcgining mavjudligi;

  • Raqobatdosh analoglari bo’lmagan mahsulotlarning mavjudligi;

  • Bozorlarning o’xshash segmentiga kirish uchun yangi korxonalar uchun eng yuqori talab mezonlari mavjudligi.

Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko'rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko‘ra ajratish mumkin:

  1. Bozomi qamrab olish darajasiga ko‘ra:

-sof monopoliya,
-oligopoliya
-monopsoniya.

Sof monopoliya — tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. 0‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «0 ‘zbekiston havo Yo’llari» DAK, «O'zbekiston temir yollari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol qilib keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko'payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab boMadi. Monopolistik raqobat — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo’lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko‘plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni keltirish mumkin.
Sof monopoliyaning odatiy misol – alyuminiy kompaniyasi ( AQSH ) faoliyati. 1945-yilda ushbu kompaniya Amerikada boksit ishlab chiqarishni to’liq nazorat qiladi. Bu alyuminiy ishlab chiqarish asosiy xom ashyo.
Rossiyada sof monopoliyaning yorqin namunasi – aholi punktlari elektr energiyasi va gaz bilan ta’minlash bo’yicha mahalliy kompaniyalar. Bundan tashqari, bu suv ta’minoti tarmqlarini o’z ichiga olgan kompaniyalar.Kommunal xizmat dunyodagi bunday tadbirkorlik sub’ektlarining eng muvaffaqqiyatli namunalari.
Sof monopoliyaning xususiyatlari:

  • Bitta mutlaq monopolist sotuvchi;

  • Mahsulot noyobdir, yuqori sifatli anologlari yo’q;

  • Monopoliya o’z tovarlari uchun har qanday qiymatni belgilash huquqiga ega, xaridor belgilangan narxda olishga majbur bo’ladi;

  • Raqobat yo’q;

  • Sohaga kirish yo’q.

Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga 0‘zbekistonda sement (asosan, Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo’lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga « 0 ‘zDEUavto» korxonasi yaqqol misol boMa oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur boMgan ko'plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqyeiga ega boMadi.


  1. Yüklə 216,72 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin