74
nomerlar bo‗sh bo‗lishi haqida ma‘lumot beriladi; bir kunlik bahosi 45 dollar bo‗lgan
iqtisodiy toifa nomerlari va bir kunlik bahosi 62 dollar bo‗lgan biznes toifa nomerlari bu
davrga to‗la bronlashtirilgan.
Mijoz lyuks nomeriga joylashganida unga ko‗rsatilishi mumkin bo‗lgan xizmatlar
sifatining yuqoriligidan qat‘iy nazar,
u taklifdan qanoatlanmaydi, binobarin, taklif
qilingan nomerni xarid qilish to‗g‗risida qaror qabul qilmaydi va o‗zi xohlagan pirovard
natijaga erishishning boshqa, nisbatan arzon yo‗lini topishga harakat qiladi – boshqa
mehmonxonalarga murojaat etadi.
Xizmatlar ko‗rsatish sohasida iste‘molchi «sifat-narx-natija»
nisbatini muttasil
tahlil qiladi. Bu xizmatlar sifatini boshqarishda «narxning sifati» tushunchasini qo‗llash
zarurligi to‗g‗risida so‗z yuritish imkonini beradi.
«Xizmatning sifati» tushunchasiga quyidagi qismlardan tashkil topgan kompleks
deb qarash ham mumkin:
salohiyat sifati (texnik sifat);
jarayon sifati (funksional sifat);
madaniyat sifati (ijtimoiy sifat).
Salohiyat sifati yoki texnik sifat mehmondo‗stlik korxonalarining ishlab chiqarish
holatiga tegishli mezonlardan tashkil topadi. Mehmonxona xizmatlariga nisbatan bular
mehmonxona nomerlari,
restorandagi ovqatlar, ijaraga beriluvchi avtomobillar,
kommunikatsion texnika sifati va h.k. Iste‘molchi mehmonxona xizmatini xarid qilgunga
qadar uning texnik sifatiga qisman baho berish imkoniyatiga ega.
Funksional sifat – mehmonxona xizmatlari ko‗rsatish jarayonining sifati. Bunda
iste‘molchi mehmonxona xodimlari bilan bevosita aloqaga kirishadi (nomerni bronlash,
resepsiya bo‗limida hujjatlarni rasmiylashtirish, mijozni nomerga kuzatib qo‗yish,
bagajni etkazish, har xil xizmatlar ko‗rsatish va h.k.). Funksional
sifatning yuqoriligi
mijoz umidini uncha oqlamagan nomerdan olingan tassurotni yaxshilashi mumkin.
Biroq, agar funksional sifat past bo‗lsa, hatto mehmonxonadagi eng yaxshi nomer ham
ko‗rsatilgan xizmatdan qoniqmaganlik hissini o‗nglay olmaydi.
Ijtimoiy sifat – mehmonxona xodimlarining xulq-atvori va mehmonlarga nisbati
bilan belgilanuvchi madaniyat sifati. Xodimlarning xushmuomalaligi, jonkuyarligi va
seriltifotligi ijtimoiy sifatning muhim mezonlaridir.
Sifatli xizmat ko‗rsatishga katta e‘tibor beruvchi
chet el mehmonxonalarining
aksariyatida mijozlarning shikoyatlari sifat mezoni deb olinadi. Bu umumiy sifat uch
tarkibiy qismining qaysi biri yuzasidan ko‗proq shikoyat qilinganligini baholash
imkonini beradi. Mutaxassislar guvohlik berishicha, mazkur mehmonxonalarda 70% dan
ko‗proq hollarda mijozlar jarayon va madaniyatning sifatidan shikoyat qiladilar.
Salohiyat sifati bu erda ancha yuqori darajaga etgan va mijozlarni qanoatlantiruvchi
«narx-xizmat» nisbatiga erishilgan.
Dostları ilə paylaş: