O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə57/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   146
Укув кулланма 2022

Fuqarolarning burchlari quyidagilardan iboratdir: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarda ko‘zda tutilgan talablarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilish; O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy-madaniy merosini avaylab asrash; fuqarolar tabiiy atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; qonunlar bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash; O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish.
O‘quvchilarni fuqarolik ruhida tarbiyalashda davlat ramzlarining ahamiyati. Ramzlar – bu shartli belgilar bo‘lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan. Davlat ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu- umidlari, intilishlari hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g‘oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuidir. Muayyan davlatning bayrog‘i, gerbi (tamg‘asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini ifodalaydi.
Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g‘oyaviy mazmunni ifoda etadi. Davlat ramzlari (bayroq, gerb)da tasvirlangan ranglar, tasvirlar muayyan xalq, millat o‘tmishi, qadim an’analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi, hayotiy intilishlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Davlat madhiyasida esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi g‘oyalari tarannum etiladi.
Davlat ramzlari davlatning mavjudligini ko‘rsatuvchi belgilardir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining e’lon qilinishi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni ifoda etuvchi ramzlarni yaratishni taqozo etdi. 1992 yil 10 dekabrda O‘zRning davlat madhiyasi qabul qilindi. O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov va taniqli bastakor Mutal Burxonov O‘zR davlat madhiyasining mualliflaridir.
1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i, 1991 yil 2 iyulda esa O‘zbekiston Respublikasining gerbi (tamg‘asi) qabul qilindi.
Ta’lim muassasalarida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o‘quvchilarga davlat ramzlariga oid ma’lumotlarni berish, ularning ongiga davlat ramzlarining xalq, millat or-nomusi, sha’ni, qadr-qimmatining timsoli ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni singdirish zarur.
Mustaqil O‘zRning bayrog‘ida oq, ko‘k, yashil va qizil ranglar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularning har biri muayyan ma’noni anglatishga xizmat qiladi. Oq rang qizil rang bilan hoshiyalangan. Respublika bayrog‘ida yurt tarixi, o‘zbek xalqining milliy ruhi va yurt tabiatining jamoli aks ettirilgan. Bayroqning chap tomoni yuqori qismida yarim oy
va o‘n ikki yulduzning tasviri tushirilgan. Ko‘k rang va yulduzlar tasviri tiniq, moviy osmon belgisidir. O‘rtadagi oq rang esa yorug‘ kun va pokiza, oq ko‘ngilli o‘zbek xalqining tilagi, qizil hoshiyalar esa tomirlarda jo‘sh urayotgan qon kabi tiriklik va hayot ramzidir. Yashil rang esa qadim-qadimdan tabiat belgisi, oy (yangi oy) ramzining berilishi mustaqillik sharoitida hayot kechirish xalqimiz uchun o‘ziga xos yangi davr ekanligining ifodasidir. Yulduzlar sonining o‘n ikkitaligi yil oylari, muchal hisobiga nisbatdir. Umuman, yulduzlar qadimdanoq abadiyat timsoli sifatida qadrlanib kelingan. XVIII asrdan boshlab esa, buyuk intilish hamda ulug‘ g‘oyalarning ifodasi sifatida talqin etila boshlangan.
Respublika milliy bayrog‘ining huquqiy maqomi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab berilgan. Milliy bayroq va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazish sinf soatlarida, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida amalga oshiriladi.
Bayroq davlat mustaqilligining belgisigina bo‘lmay, u O‘zbekiston Respublikasi nomini xalqaro maydonda ramziy ravishda ifoda etish uchun xizmat qiladi. Davlat bayrog‘i Prezidentlik apparati, Respublika Oliy Majlisi va hukumati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengeshi va hukumati, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, turli davlatlarda Respublika nomidan ish olib boruvchi O‘zbekiston Respublikasining doimiy vakolatxonalari binolarida ko‘tariladi.
Fuqarolik tarbiyasining yo‘nalishlaridan biri o‘quvchilarga millat, xalq o‘tmishini o‘rgatish asosida milliy o‘zlikni anglash hisssiga ega bo‘lishlarini ta’minlash sanaladi.
Milliy qadriyatlar g‘oyalarini o‘rganish asrlar davomida ardoqlanib kelgan an’ana, urf-odat, marosimlar millatni bu qadar jipslashganligi siridan voqif etadi. Fuqarolik tarbiyasi negizida xalq o‘tmishi, tarixini o‘rganish milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga yo‘naltirilgan faoliyatga o‘quvchilarni jalb etish ijtimoiy maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan yo‘l sanaladi.
O‘quvchilarda fuqarolik hissini qaror toptirish, ularni fidoiy, vatanparvar fuqaro sifatida tarbiyalash evaziga ta’minlanadi.
Yosh avlodda fuqarolik hissi va e’tiqodini tarbiyalamay turib, ularda axloqiy, xulqiy odatlar va ko‘nikmalarni shakllantirib bo‘lmaydi.
Fuqarolik tuyg‘usini qaror toptirish murakkab jarayon. Bunda dastlab o‘quvchilarga fuqarolikning mohiyati va me’yoriy qoidalar mazmuniga oid bilimlar beriladi. Avvalo, o‘quvchiga fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar beriladi, bu xildagi xatti harakatlarga oid namunalar keltiriladi, so‘ngra faoliyat uyushtiriladi.
Badiiy va ilmiy adabiyotlar, matbuot yangiliklari, kinofilm, spektakl g‘oyalari, turli suhbatlar mazmunini tushuntirish, targ‘ib etib borish orqali o‘quvchilar ongiga fuqarolik tushunchalari singdiriladi. Fuqarolik tuyg‘usini bolalarda maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab hosil qilish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun “Respublika bayrog‘ida nimalar aks ettirilgan?”, “Respublika gerbida nimalar tasvirlangan?”, “Himo qushi tasviri qanday ma’noni anglatadi?”, “Sen Davlat madhiyasini bilasanmi?” kabi mavzularda suhbatlashish muhimdir.
O‘quvchiga fuqaro sifatida o‘z xulq-atvori mazmunini tahlil etish imkonini berish lozim. Ya’ni, “Bugun xalq farovonligi, Vatan taraqqiyoti uchun nima qila oldim?”, “Zimmamdagi burchni qanday ado etdim?” tarzidagi savollarga javob topishga o‘rgatish kerak.
Yosh avlodga turli fanlar asoslarini chuqur o‘zlashtirish ularning tafakkuri va dunyoqarashini boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida o‘z majburiyatlarini to‘laqonli anglashlari uchun imkoniyat yaratishini tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. Fidoiylik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, qat’iyat, matonat, uyushqoqlik kabi xislatlar o‘quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda tarbiyalanadi.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi. Bular: o‘quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak; fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining saviyasiga bog‘liq; tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo‘lishiga erishish; oila, maktab va mahalla o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi; o‘quvchilarning axloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy rioya etishga o‘rgatish, zimmasidagi burchni to‘laqonli ado etishlariga e’tiborni qaratish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza, bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollarga javoblar olish kutilgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi.
Fuqarolik tarbiyasida uning natijasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi asos qilib olinadi. Fuqaro quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi lozim: fuqarolik burchini bajara olish (o‘z Vatani, xalqi, ota-onasi oldidagi majburiyatni his eta olish) qobiliyatiga egalik; milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usiga ega bo‘lish; davlat Konstitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mamlakat Prezidenti, davlat ramzlari (gerb, bayroq va madhiya)ga hurmatda bo‘lish; mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, mas’ullik; ijtimoiy huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat va itoatda bo‘lish; mamlakat milliy boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish haqida qayg‘urish; davlat tili, milliy madaniyat va an’analarga sadoqat ko‘rsatish; ijtimoiy faollik; demokratik tamoyillarga amal qilish; tabiatga nisbatan ehtiyotkorona, mas’uliyatli munosabatda bo‘lish; fuqarolarning huquq va burchlarini hurmat qilish; huquqiy ong va fuqarolik madaniyatiga ega bo‘lish; o‘z faoliyati, xatti- harakatiga mas’uliyatli bo‘lish; baynalminallik, o‘zga xalqlarga hurmat ko‘rsatish va boshqalar.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin