O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi o‘rta maxsus professional ta‘limning


O`quv rejasiga muvofiq o`zaro bog`lik bo`lgan



Yüklə 2 Mb.
səhifə116/286
tarix16.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#182976
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   286
Dastur toʼplаmi o‘zbekiston respublikasi-fayllar.org

O`quv rejasiga muvofiq o`zaro bog`lik bo`lgan
fanning nomi

Barcha klinik modullar




O`qitishning tashkiliy shakli

N – nazariy ta’lim A – amaliy ta’lim




Dasturga qo`yilgan talab

Majburiy




O`qitish tili

Guruhga tayinlangan dars tili asosida




Baholash tartibi

Joriy baholash tartibiga asoslanib




O`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini baholash

YOzma, og`zaki, savol javob, munozara, test.






          1. O`quv dasturi mazmuni




Mavzular nomi


Mavzular qisqacha mazmuni


Jami


O`qitishning tashkiliy shakli


Mustaqil ta’lim

1

Nutritsiologiya haqidagi tushuncha, vazifasi, maqsadi va rivojlanish tarixi

Nutritsiologiya fanining rivojlanish tarixi. Fanning tibbiyotda tutgan o`rni. Kasbiy tayyorgarlik tizimidagi ahamiyati. Ovqatlanish gigienasi soha-sida Davlat sanitariya nazorati, uning vazifalari va bosqichlari. Sanitariya qonunchiligi. Ovqatlanish gigienasi bo`limining ishlash usuli va shaklla-ri. Me’yoriy-texnik hujjatlar. Jamoat sanitariya faollari, ularning


vazifasi.

2

N



2

Ovqatlanishning fiziologik-gigienik asoslari. Ratsional ovqatlanish.Ovqat kaloriyasini aniqlash. Taomnoma tuzish.

Energiya almashinishining turlari. Mehnat faoliyati jarayonida energiya sarflanishi. Turli guruhlardagi aholining fiziologik ovqat me’yor- lari. Oqsil, yog`, uglevodning organizm-ni energiya bilan ta’minlashdagi aha-miyati.


Oqsillarning oziqlik va biologik qiymati. Almashtirib bo`ladigan va almashtirib
bo`lmaydigan aminokislotalar. Oqsil etishmov- chiligidan kelib chiqadigan kasallik-lari kelib

4

N A

2





chikishida oqsil etishmov-chiligining asosiy sabab ekanligi. Oqsil etishmovchiligi muammosini xal qilish choralari.


YOg`lar. Ularning oziqlik va biologik qiymati. To`yinmagan yog` kislotalari, ularning ahamiyati, manbai. Organizmni yog` bosishi. Uglevodlar. Uglevodlarning gigienik xarakteristikasi va manbai. Uglevodlarning almashinuvi, organizmda yog`ga aylanishini osonlashtiruvchi omillar. Monosaxaridlar (glyukoza, fruktoza), disaxaridlar(saxaroza, laktoza), polisaxaridlar (kraxmal, kletchatka, pektin moddasi). Ortiqcha uglevod qabul qilish
natijasida kelib chiqadigan kasalliklar.






3

Vitaminlar haqida ma’lumot: giper-, gipo- va avitaminozlar.
Suv.Mineral elementlar.

Vitaminlar. Vitaminlarningfizi-ologikahamiyati, asosiymanbai. Suvda (S, Vgurux, RR) va yog`da (A, D, E, K) eruvchivitaminlar. Vitaminsimon moddalar. Gipo-, avitaminozlar, ovqat mahsulotlarini va tayyor taomlarni vitaminlashtirish.


Suv. Modda almashinuvidagi ahamiyati. Suvga bo`lgan ehtiyoj.
Ratsional ovqatlanish, unga gigienik talab. Energiya berish qiymati va sifat tarkibi, ovqat moddasining balansi, singishi va turli – tumanligi. Ovqatlanish rejimi. Ovqat iste’mol qilishda atrof–muhitning ta’siri. Oshxonaning shinamligi, dasturxonni bezash, qulay mikroiqlim va hokazo.
Bolalar va o`smirlar ovqatlanishida mineral tuz, vitamin, yog` va uglevod-larning ahamiyati.
Bolalarning ovqatlanish rejimi, ortiqcha semizlik profilaktikasi.Mineral moddalar. Mineral moddalarning ishqoriy xarakteri (kaltsiy, magniy, natriy, kaliy). Mineral moddalarning suyak hosil bo`lishida, kislota – ishqoriy-lik muvozanatini saqlashda, tuz – suv almashinishida, qon tarkibida tuzni me’yorlashda, plastik jarayonda ishti-rok etishi va hokazo. Biomikroelementlar (temir,
marganets, kobalt, yod, ftor). Mineral moddalarning asosiy manbai.

2

N

2


4.

Parhez ovqat. Davolovchi-profilaktik parhez ahamiyati

Parhez ovqat. Unga bo`lgan gigienik talab. Davolovchi–profilaktik ovqatning ahamiyati.. Ovqatlanish maromi. Ratsional ovqatlanishni tashkil qilishda mutaxassisning vazifasi va nazorat qilib borishi. Aholi o`rtasida targ`ibot ishlarini olib borish.Ovqat kaloriyasini aniqlash. Taomnoma tuzish.Sog`lom kishining ovqat ratsioniga va fiziologik ovqatlanish normasiga baho berish. Miqdor ko`rsatkichlarini xisoblash: kaloriyasini, oqsil, yog`, uglevodning nisbatini.


Kaloriyaning
taqsimlanishi va shaklga taqqoslash. Mahsulot va taomning turli-tuman bo`lishi va unga baho berish. O`qituvchi bilan hamkorlikda ovqat ratsioniga, organizmning ovqatga fiziologik ehtiyoji, ovqatlanish maromiga xulosa chiqarish.

6

N A

2

5

Oziq–ovqat mahsulotlarini konservalashning gigienik asoslari


Ovqat mahsulotining sifati haqida tushuncha. Ovqat mahsulot-larining buzilish turlari (chirishi, achishi, oksidlanishi, mog`orlashi va hokazo). Ovqat mahsulotining sifa-tini pasayishiga sababchi bo`lgan sharoitlar. Ovqat mahsulotining sifatini yaxshi saqlovchi sharoitlar. Konservalash usullari. Har bir usulning gigienik harakteristikasi. YUqori va past temperaturaning ta’-siri, suvsizlantirish usuli, yuqori osmotik bosim ta’siri, vodorod ion kontsentratsiyasini o`zgartirish. Kim-yoviy


moddalar, antibiotiklar, radi-oktiv usullar bilan konservalash.

2

N

2

6

Oziq–ovqat mah- sulotlarining gigienik eksperti-zasini uyushtirish va o`tkazish.Oziq – ovqat mahsulot-laridan namuna olish va tekshirish usullari.Ekspertiza natijalarini rasmiylashtirish.


Oziq-ovqat mahsulotlarining gigienik ekspertizasi. Gigienik ekspertizaning vazifasi. Oziq-ovqat mahsulotining sifatini belgilashda Davlat nazorat tizimi. Oziq-ovqat mahsulotining sifatiga ko`ra tasnifi. Rejali va rejadan tashqari gigienik ekspertiza. Gigienik ekspertiza o`tkazishning bosqichlari. Oziq-ovqat mahsulotlarining gigienik ekspertizasini o`tkazishda tibbiy profilaktika ishlari feldsherining vazifasi. Oziq-ovqat mahsulotlarini organoleptik va laboratoriya usuli bilan tekshirish. YAroqsiz mahsulotlarni utilizatsiya qilish. Ovqat mahsulotlarining sifatini nazorat qilish. Ekspertiza natijalarini rasmiylashtirish.Oziq-ovqat mahsulot-larini tekshirish uchun namuna olish qoidasi bilan tanishish. Olingan mahsulot namunasini laboratoriyaga jo`natishdan oldin ko`riladigan


tayyorgarlik ishlari: muxrlash, o`ralgan namunani plombalash, olingan namuna

6

N A







to`g`risida dalolatnoma to`ldirish.








7

Oziq–ovqat mahsulotlarining oziqlik va biologik qiymati, ularni gigienik ekspertizasi.

Go`sht. Parranda go`shti. Oziqlik va biologik qiymati. Go`sht- sifatli oqsil va faol ekstraktiv moddalarning manbaidir. Hayvon yog`ining singishi. Go`shtning sifatini belgilovchi gigienik ko`rsatkichlari. Kasal hayvon go`shtlarining ishlatilishi, go`sht orqali tarqalishi mumkin bo`lgan kasalliklar. Kolbasa. Oziqlik qiymati. Kolbasa qiymasiga qo`shiladigan moddalar. Kolbasa mahsulotining sifatini belgilovchi gigienik ko`rsatkichlar. Botulizmning kelib chiqishida kolbasaning ahamiyati.


Nitratni aniklash. Bankali konservani tekshirish. Bankaning tashqi ko`rinishiga baho berish. Bosib tushirilgan harf va raqamlar bilan tanishish. Bombajni aniqlash.Germetikligini tekshirish. Bankali konservalar ichidagi mahsulotga baho Tayyor ovqat mahsulotidan namuna olish. Gigienik ekspertiza o`tkazilganligi to`g`risida hujjat to`ldirish.

4

N A

2

8

Umumiy ovqatlanish korxonalari gigienasi.


Umumiy ovqatlanish korxonalarining turlari, tuzilishi va jihozlanishi. Asbob- uskunalar, jihozlariga bo`lgan gigienik talab. Oshxona idish-tovoqlarini yuvish qoidasi. SanQvaM bo`yicha o`rganish. Xonalar maydoniga bo`lgan gigienik talab. Birlamchi sovuq ishlov berish, taomlarni pishirish, sotilish va tarqatilishiga bo`lgan gigienik talab. Umumiy ovqatlanish korxonalarida laboratoriya nazoratini tashkil qilish. Xodimlarning shaxsiy gigienasi va ular orasida sanitariya oqartuv ishlarini olib borilishi. Umumiy ovqatlanish korxonalarini


sanitariya jihatidan tekshirish usuli.

4

N A

2

9

Oziq–ovqat bilan savdo qilish gigienasi.


Savdo korxonalarining turlari. Asbob- uskuna, jihozlar,oziq-ovqat mahsulotini qabul qilishga bo`lgan gigienik talab. Omborxona tarmoqlariga, xaridorlarga mahsulotlarni sotishga bo`lgan gigienik talab.Mayda chakana savdo gigienasi, uning jihozlanishi, oziq-ovqat mahsulotini sotish sharoiti. Dehqon bozorlari, uning tuzilishiga bo`lgan gigienik talab, bozordagi veterinariya-sanitariya ekspertiza


laboratoriyasi va uning vazifasi.

2

N

2

10

Oziq-ovqat korxonalarining sanitariya nazo- rati.Oziq-ovqat korxonalarini sanitariya jihatidan tekshirish.


Go`shtni qayta ishlovchi korxonalarga qo`yiladigan gigienik talablar. Molni so`yishdan oldin qayta ishlanishi, so`yish jarayoni, qonsizlantirish, mol ichagini qayta ishlash.Kolbasa ishlab chiqarish korxonasiga qo`yiladigan gigienik talablar. Kolbasa kiymasini tayyorlash jarayoni. Nitrit tuzlaridan


foydalanish hamda uni saqlash qoidasi.

2

N

2





TSexning mikroiqlimi. Kolbasaga termik ishlov


berishni nazorat qilish. Go`sht va go`sht mahsulotlarini qayta ishlash va zararsizlantirish.






11

Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish.

Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga bo`lgan gigienik talab. Tez buziluvchi mahsulotlarni saqlash sharoiti, gigienik talab. Go`sht, parranda go`shti, kolbasa mahsulotlarini saqlashga bo`lgan gigienik talab. Oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq saqlash sharoiti. Muzlatish,


sovutish, konservatsiya kilish.

2

N

2

12

Ovqatdan zaharlanishlar va ularni profilaktikasi


Mikroblarga aloqador bo`lgan ovqatdan zaharlanishning etiologiyasi. Ovqat mikotoksikozlari: alimentar - toksik aleykiya, ergotizm, aflotoksikoz, profilaktikasi. Mikrobga aloqador bo`lmagan ovqatdan zaharlanishlar. O`simlik mahsulotlaridan zaharlanishlar.


2

N

1






Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin