Ko’mirgrafitlar grafit, ko’mir, kurum va kokskunlari, toshko’mir smolasi va
katronni quruq xaydash qoldig’i bilan aralashtirib presslab yuqori xaroratda
pishirib olinadi. Ular yuqori xarorat va agressiv muxit sharoitida moylanishsiz
ishlaydigan podshipniklar uchun ishlatiladi. Mustaxkamligini oshirish uchun mis,
kadmiy, babbit kukunilari qo’shiladi. Mo’rtlikni kamaytirish uchun fenolformal degid,
siloksan, teflon shimdirib grafitoplast olinadi. Umumiy eng yuqori ko’rsatkichlarga
atsenelaldegadlar (ATM-1, ATM-10 va ATM-G) ega. ko’mirgrafitlar yuqori
xaroratli qismlarni zichlash uchun xam ishlatiladi.
Friktsion mexanizmlarning vazifasi xarakat yoki biror kuchni bir joydan ikkinchi
joyga
uzatish
uchun va xarakatni to’xtatish uchun ishlatiladi. Friktsion
mexanizmlarga misollar:
1. Ilashish muftalari.
Tasmali uzatmalar; diskli uzatmalar. Lentali, barabanli va diskli tormozlar.
Friktsion uzatmalarda asosiy ko’rsatkichlardan biri bu ishqalanish
koeffitsientidir. Bunda ishqalanish koeffitsienti albatta katta bulishi kerak. Aks xolda,
xarakatni uzatib xam, to’xtatib xam bulmaydi.
Friktsion mexanizmlarda ishqalanish koeffitsienti katta bulishi xisobiga,
ishqalanish zonasidagi temperatura juda katta buladi. SHuning uchun friktsion
materiallarga kuyidagi talablardan biri asosiysi issiqbardosh bulishi kerak. Friktsion
mexanizmlarda asosan tola asosidagi issiqbardosh materila kullaniladi. Bunday
materiallarga asbest, shisha tolasi va ularni rezina bilan aralashmalari.
Antifriktsion materiallar deb ishqalanish koeffitsienti kam bulgan materiallarga
aytiladi. Antifriktsion materiallarning asosiy ko’rsatkichlari ishqalanish koeffitsienti
va yeyilish intensivligi xisoblanadi. Antifriktsion materiallarga kuyidagi talab
kuyiladi: ishqalanish koeffitsienti kam, issiqlik o’tkazuvchann, elektr o’tkazuvchan,
yukori mexanik xossalarga ega bulishi kerak. Uta kattik va plastik bulishi yerak.
Strukturasi mayda bulishi kerak.
Martensit strukturasi.
Temir uglerod xolat diagrammasini urganish.
Termik va kimyoviy termik ishlov.
Antifriktsion materiallar sifatida: barcha turdagi metallar va ularning
kotishmalari, keramik materiallar, polimer materiallar va polimerlardan metal
asosidagi kompazitsion materiallar.
Mashina va mexanizmlarda ishqalanish jarayoni uta murakkab jarayon bulib, u
xar xil muxitlarda sodir bulishi mumkin, ishqalanuvchi juftliklar: moyli, kuruk,
namli, kimyoviy muxit ta’sirida, uzining ishlash kobiliyatini bir necha barobar
komaytiradi. Mashina va asoslarning ishqalanuvchi juftliklari uzini kuyidagi
sharoitlarda kay xolatda ko’rsatishini kurib utamiz:
1. Uta yukori xarakatdagi ishqalanish va yeyilish. Uta yukori tezliklar (90 m/s
dan yukori) aviatsiyada, raketa texnikasida, priborlarda va boshka xarbiy ukotar
texnikalarda uchrashi mumkin. Bunday yukori tezliklardagi ishqalanish uzining kam
vaktligi bilan xarakterlanadi. Uta yukori tezlikda ishqalanish zonasida temperatura
jadal ortib boradi. Natijada temperatura jism ichiga utib ulgirmaydi. Yuza katlam
kizib ketadi va ishqalanish koeffitsienti ortadi. Yeyilish ortib ketadi. Bunday
ishqalanish juftliklarda normal bosim ortishi bilan ishqalanish koeffitsienti bir oz
kamayadi, lekin tezlik yukori bulgani uchun yeyilish jadalligi ortadi. Bunday
juftliklarda uta kattik yeyilishga bardosh materiallar va ularning koplamalari
ishlatiladi. Masalan, volьfram, molibden, xrom, pulat, chuyan, mis, alyumin...
2. Agressiv muxitlarda ishqalanish va yeyilish. Agressiv muxit sifatida xar xil
ishqorlar, kislotalar, namlik va ishlatilgan va x.k. kabul kilinishi mumkin. Agressiv
muxitda ishqalanish- yeyilish bir vaktning uzida sodir bulgan xodisalar, ya’ni
korroziya xamda mexanik yeyilishga olib keladi. Agressiv muxitdagi ishqalanish
yeyilish asosan, ularning ishqalanuvchi yuza katlamlari korroziya xisobiga tez
yemiriladi va yeyilish jadalligi bir necha barobar ortib ketadi. Bunday ishqalanuvchi
juftliklarni
yeyilishini
kamaytirish
uchun
agressiv
tarkibiga uning ta’sirini
susaytiruvchi kimyoviy moddalar kushilishi yoki korroziyabardosh materiallar
kullaniladi. Agressiv muxitda xaroratning ortishi, xarakat tezligining ortishi
bosimning ortishi, yeyilish jadalligini ortishiga olib keladi. Ishqalanuvchi juftliklarda
kuyidagi korroziyabardosh materiallar kullaniladi: xrom yoki nikel bilan boyitilgan
legirlangan pulatlar . Polimer materiallar va ularning kompozitsiyalari, legirlangan
chuyanlar.
Korroziyaga bardoshliligini oshirish uchun kimyoviy termik ishlovlar beriladi
(tsementatsiya,
azotlash,
xromlash,
nikellash).
Uglegrafitli
materiallar
korroziyabardoshligi uchun kullaniladi.
3. Vakuumdagi ishqalanish. Ishqalanuvchi juftliklarni vakuumdagi ishlash
sharoiti kuyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
1. Oksid pardalarini sekin asta tiklanishi.
2. Yemirilishning tezligi.
3. Fizik-mexanik xossalarning tez uzgarishi.
4. Issiqlik o’tkazuvchanlikni umuman kamligi.
Bunday sharoit vakuumlik darajasiga bog’liq. Vakuumlik darajasini 4 xilini kurib
chikamiz.
a) kichik vakuumlik darajasi bosim R 100Pa
b) urta R= 100
v) yukori R= 10
g) uta yukori R=10
Bunday sharoitda ishqalanuvchi juftliklarga kuyidagi talablar kuyiladi:
1. Kam govakli va gazni kam o’tkazuvchan
2. Materialning buglanish darajasi kichik bulishi kerak
3. Issiqbardosh
4. Korroziyaga chidamli.
Vakuumda ishqalanishni kamaytirish uchun kattik moylar ishlatiladi.
Bularga polimerlardan ftoroplast, poliamid, grafit, molibden, volьframning
sulьfidlari.
Vakuumda ishlaydigan juftliklarga ularning konstruktsiyasi yengil, tez
yigiladigan, tez yeyiladigan bulishi kerak, ishonchlik darajasi yukori xamda gaz
ajratuvchanlik darajasi kam bulishi kerak.
4. Uta past xaroratda ishqalanish-eyilish xaroratni 0 -159 Sgacha kam
xarorat -150 -270 S kriogen deyiladi. - 278 S dan kami uta past xarorat.
Eyilma deb - ishqalanuvchi detallar ishqalanuvchi yuza parametrlarining
yeyilish va deformatsiya jarayonida uzgarishiga aytiladi.
1. CHizikli
2. Massali
3. Xajmli
CHizikli yeyilima deb ta’sir etuvchi kuch yunalishiga va uning mikdori yuzaga
o’tkazilgan normal buyicha aniklanadi.
Massali yeyilma deb yeyilish jarayonida ajralib chikkan zarrachalarning
mikdoriga aytiladi.
Xajmli
- ishqalanish jarayonida ishqalanuvchi xajmning yeyilish va
deformatsiya ta’sirida uzgarishiga aytiladi.
Xalkaro standartlarda yeyilish mikdori etib chizikli yeyilma kabul kilingan.
- ishqalanuvchi yuzani normal buyicha
- material zichligi
- xajmiy yeyilma
Eng oson aniklanadigan yeyilma bu massaviy yeyilmadir. SHuning uchun
amalda keng kullaniladi.
Umumiy
xolda
yeyilmani
aniklash
turlari:
mikrometrlash,
tarozilash,
profilograflash, sun’iy kertmalar usuli, radiaktiv izotoplar sikilgan gaz va xavo
yordamida aniklash.
Mikrometrlash - tajribadan oldin va keyin o’lchash bilan aniklanadi.
Profilograflash - profilogrammada aniklanadi.
Xosil bulgan profilogrammani ishlash yuli bilan; yeyilgan va yeyilmagan
yuzalarni profilogrammasini olib ishlash yuli bilan g’adir-budirlik urtacha balandligi
aniklanadi.
Tarozilash standartlashgan usullardan biri bulib, mashina detallari yeyilmasini
moy tarkibida xosil bulgan zarrachalar mikdorini oshib borishiga karab aniklanadi.
Bunda detal turlari buyicha yeyilma mikdorini anikrok baxolash uchun spektral taxlil
xam kilinadi.
Radiaktiv izotoplar usuli- moydagi radiaktiv modda mikdori aniklanadi.
Sikilgan xavo yeyilgan yuza orasidan o’tkazilib vakt buyicha xavo sarfi
aniklanadi. Natijada yeyilma mikdori topiladi.
Sun’iy kertmalar usulida detal yuzasi yeyilish jarayonidan avval
piramidasimon yoki uchburchaksimon kattik predmetlar yordamida yuza iz xosil
kilinadi. Xosil bulgan izning diagrammalarini oldin va keyin o’lchab yeyilmaning
mikdori aniklanadi.
- o’lchanayotgan detal va o’lchagich asbobning termik kengayish
koeffitsientlari
- o’lchash sharoiidagi xarorat.
Yukorida kurilgan usullarni asosiy kamchiligi mashina detallarini yechib olib,
o’lchashga asoslangan. SHuning uchun xam bu usullar amalda kup xollarda ilmiy
tadkikot ishlaridagina kullaniladi. SHuning uchun kup xollarda mashina detallarini
yeyilma mikdorini aniklash uchun tarozilash, radiaktiv izotoplash va sikilgan gaz
usullari keng kullaniladi.
Dostları ilə paylaş: |