Har birining massasi m=0,1 g bo’lgan ikkita sharcha uzunliklari l=20 sm dan bo’lgan iplar yordamida bir nuqtada osilgan. Sharchalar bir xil zaryadlangach, shunday ajralishdiki, iplar o’zaro 60o burchak hosil qilishdi. Har bir sharning zaryadi topilsin.
Ikkita bir xil zaryadlangan sharcha uzunliklari bir xil bo’lgan iplar bilan bir nuqtada osilgan. Bunda iplar α burchakka ajralishgan. Sharchalarni zichligi ρo=8·102 kg/m3 bo’lgan yog’ga botirdilar. Agar sharchalar yog’ga botirilgandan keyin ham iplarning ajralish burchagi o’zgarmay qolsa, yog’ning dielektrik singdiruvchanligi ε aniqlansin. Sharchalar materialning zichligi ρ=1,6·103kg/m3.
Tomoni a=10 sm bo’lgan to’g’ri oltiburchakning uchlarida Q, 2Q, 3Q, 4Q, 5Q, 6Q (Q=0,1mkC) nuqtaviy zaryadlar joylashgan. Oltiburchak tekisligida yotuvchi va uning uchlaridan teng uzoqlikda joylashgan Q nuqtaviy zaryadga ta’sir etuvchi F kuch topilsin.
Bir xil o’tkazuvchanlikli, zaryadlangan ikkita shar bir – biridan r=30 sm masofada turibdi. sharlarning tortishish kuchlari F1=30 mkN. Sharlar bir – biriga tekkizilib, oldingi masofaga uzoqlashtirilgandan keyin ular F2=160 mkN kuch bilan itarishisha boshlashdi. Bir – birlariga tekkizilguncha sharlarda bo’lgan Q1 va Q2 zaryadlar aniqlansin. Sharlarning diametrlari ular orasidagi masofadan ko’p marta kichik deb hisoblansin.
Ikkita musbat Q va 4Q nuqtaviy zaryadlar bir – biridan l=60 sm masofada mahkamlangan. Muvozanat vaziyatida bo’lishi uchun uchunchi Q1 zaryadni berilgan zaryadlar orqali o’tuvchi to’g’ri chiziqning qaysi nuqtasida o’rnatish kerak? Agar zaryad faqat mahkamlangan zaryadlar orqali o’tuvchi to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlana olsa, muvozanat turg’un bo’lishi uchun zaryad qanday ishorali bo’lishi kerakligi ko’rsatilsin.
Radiusi va og`irligi bir xil bo`lgan ikkita sharcha iplarga osilgan bo`lib, ularning sirtlari bir-biriga tegip turadi. Osilish nuqtasidan sharchaning markazigacha bo`lgan oraliq 10sm. Xar bir sharchaning og`irligi Iplarning tarangligi 0.098n ga teng bo`lishi uchun sharchalarga qancha zaryad berish kerak?
Xar bir uchida zaryad turgan kvadratning markaziga manfiy zaryad joylashtirilgan. Agar xar zaryadga ta’sir etuvchi natijaviy kuch nolga teng bo`lsa, markazdagi zaryadning miqdori qancha?
Muntazam oltiburchakning uchlariga uchta musbat va uchta manfiy zaryad joylashtirilgan. Har bir zaryadning miqdori . Oltiburchakning tomoni 3sm. Bu zaryadlarni turli kombinatsiyalarda joylashtirib, oltiburchak markazidagi elektr maydoni kuchlanganligi topilsin.
Radiusi va og`irligi bir xil bo`lgan zaryadlangan ikkita sharchani bir xil uzunlikdagi iplarga osib, zichligi p1 va dielektrik kirituvchanligi e bo`lgan suyuq dielektrikka tushiriladi. Xavoda va dielektrikda iplarning bir-biridan uzoqlashish burchagi bir xil bo`lishi uchun sharchalar materialining zichligi qancha bo`lishi kerak?
Bir xil ishorada zaryadlangan ikkita ip bir-biridan a=10sm uzoqlikda joylashtirilgan. Iplardagi zaryadning chiziqli zichligi Xar qaysi ipdan 10sm uzoqlikda bo`lgan nuqtadagi natijaviy elektr maydoni kuchlanganligining miqdori va yo`nalishi topilsin.
Erkin Q1=180 nC va Q2=720 nC zaryadlar orasidagi masofa l=60 sm. Zaryadlar tizimi muvozanatda bo’lishi uchun, uchunchi Q3 zaryadni o’rnatish lozim bo’lgan zaryadlar orqali o’tuvchi to’g’ri chiziqdagi nuqta aniqlansin. Zaryadning kattaligi va ishorasi aniqlansin. Muvozanat turg’un bo’ladimi yoki turg’unmasmi?
Har biri Q=1 nC dan bo’lgan uchta zaryad teng tomonli uchburchakning uchlarida joylashgan. Tortishishi zaryadlarning itarish kuchlarini muvozanatga keltirishi uchun uchburchakning markaziga qanday Q1 manfiy zaryad o’rnatish kerak? Bu muvozanat turg’un bo’ladimi?
Ikkita Q1=+8nC va Q2=-5,3nC nuqtaviy zaryad orasidagi masofa d=40 sm. Zaryadlarning o’rtasida yotgan nuqtadagi maydon kuchlanganligi E hisoblansin. Agar ikkinchi zaryad musbat bo’lsa, kuchlanganlik nima teng bo’ladi?
Elektr maydon bir – biridan d=20 sm masofada joylashgan Q1=10 nC va Q2=-20 nC nuqtaviy zaryadlar tomonidan hosil qilingan. Birinchi zaryaddan r1=30 sm va ikkinchisidan r2=50 sm uzoqlikda joylashgan nuqtadagi maydon kuchlanganligi E aniqlansin.
Ikkita Q1=9Q va Q2=Q nuqtaviy musbat zaryad orasidagi masofa d=8 mm. zaryadlar maydonining kuchlanganligi E nolga teng bo’lgan nuqta birinchi zaryaddan qanday r masofada joylashgan? Agar ikkinchi zaryad manfiy bo’lganda bu nuqta qayerda bo’lardi?