«O’zbеkistоn tеmir yo’llаri» aj



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə50/53
tarix15.11.2022
ölçüsü1,49 Mb.
#69192
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
1TузбФизикадан топширик сиртки1 семестр

U=600 V potensiallar farqigacha zaryadlangan yassi kondensator qoplamalari orasida ikkita dielektrik qatlami bor: qalinligi d1=7 mm bo’lgan shisha va qalinligi d2=3 mm bo’lgan ebonit. Kondensator har bir qoplamasining yuzasi S=200 sm2. 1) Kondensator sig’imi C; 2) har bir qatlamdagi maydon siljishi D, kuchlanganligi E va potensial tushishi Δφ topilsin.




  1. Yassi kondensator qoplamalari orasidagi d=1,33 m, qoplamalarning yuzasi S=20 sm2. Kondensator qoplamalari orasidagi bo’shliqda dielektriklarning ikkita qatlami bor: qalinligi d1=0,7 mm li slyuda va qalinligi d2=0,3 mm li ebonit. Kondensatorning elektr sig’imi C aniqlansin.




  1. C1=3 mkF va C2=6 mkF sig’imli kondensatorlar o’zaro ulangan va ε=120 V EYuK li batareyaga biriktirilgan. Agar kondensatorlar: 1) parallel; 2) ketma – ket ulangan bo’lsa, kondensatorlardagi Q1 va Q2 zaryadlar va ularning qoplamalari orasidagi U1 va U2 potensiallar farqi aniqlansin.




  1. C1=0,2 mkF elektr sig’imli kondensator U1=320 V potensiallar farqigacha zaryadlangan. Uni U2=450 V potensiallar farqigacha zaryadlangan ikkinchi kondensator bilan parallel ulanganlaridan keyin undagi kuchlanish 400 V gacha o’zgardi. Ikkinchi kondensatorning sig’imi C2 hisoblansin.




  1. Bir-biridan uzoqlikdagi yassi kondestator plastinkalari orasiga U=100v potensiallar ayirmasi berilgan. Plastinkalarning biriga 9,5mm qalinlikdagi kristall bromli talliy ( ) yassi-parallel plastinkasi yopishtirilgan kondestatorni kuchlanish manbaidan uzib qo`yib, kristall plastinkani olib tashlanadi. Shundan keyin kondensator plastinkalari orasidagi potensiallar ayirmasi qanday boladi.




  1. Xavo oraliqli yassi kondensator plastinkalarining yuzi va ularning oralig`i 5mm Plastinkalarga 300v potensiallar ayirmasi berilgan. Kondensatorni elektr kuchlanishi manbaidan uzib qo`yib, plastinkalar orasiga ebonit to`ldiriladi. 1) Ebonit to`ldirilgandan keyin plastinkalar orasidagi potensiallar ayirmasi qanday bo`ladi? 2) Ebonit to`ldirilguncha va to`ldirilgandan kegin kondenstatorning sig`imi qanday bo`ladi? 3) Ebonit to`ldirilgunicha va to`ldirilgandan kegin kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligi qanday bo`ladi?




  1. Quyidagi xollarda nuqtadagi elektr maydoni energiyasining xajm zichligi topilsin. 1) nuqta 1sm radiusli zaryadlangan shar sirtidan 2sm uzoqlikda, 2) cheksiz zaryadlangan tekislik yaqinida va 3) zaryadlangan cheksiz uzun ipdan 2sm uzoqlikda joylashgan. Shar va tekislikdagi zaryadning sirt zichligi va ipdagi zaryadning chiziqli zichligi uchala xol uchun muxitning elektrik kirituvchanligi 2 ga teng deb olinsin.




  1. E lektr sig’imlari C1=2 mkF, C2=2mkF, C3=3 mkF, C4=1 mkF bo’lgan kondensatorlar rasmda ko’rsatilganidek qilib ulangan. To’rtinchi kondensator qoplamalaridagi potensiallar farqi U4=100V. Har bir kondensator qoplamalaridagi zaryadlar va potensiallar farqlari hamda kondensatorlar batareyasining umumiy zaryadi va potensiallar farqi topilsin.




  1. Yassi havo kondensatori har birining radiusi r=10 sm dan bo’lgan ikkita yumaloq plastinkadan tashkil topgan. Plastinkalar orasidagi masofa d1=1 sm. Kondensatorni U=1,2 kV potensiallar farqigacha zaryadladilar va tok manbaidan ajratdilar. Plastinkalarni bir – biridan uzoqlashtirib ular orasidagi masofani d2=3,5 sm gacha orttirish uchun qanday A ish bajarish kerak?




  1. Yassi kondensatorning elektr sig’imi C=111 pF. Dielektrik chinni. Kondensatorni U=600 V potensiallar farqigacha zaryadladilar va kuchlanish manbaidan ajratdilar. Dielektrikni kondensatordan tortib chiqarish uchun qanday A ishni bajarish kerak? Ishqalanish inobatga olinmaydigan darajada kichik.




  1. Yassi kondensator qoplamalari orasidagi bo’shliq hajmi V=100 sm3 bo’lgan dielektrik (chinni) bilan to’ldirilgan. Kondensator qoplamalaridagi zaryadning sirt zichligi δ=8,85 nC/m2. Dielekrikni kondensatordan olib tashlash uchun bajarish kerak bo’lgan A ish hisoblansin. Dielektrik va kondensator qoplamalari orasidagi ishqalanish inobatga olinmasin.


  1. Shuntlangan ampermetr I=10 A gacha tok kuchini o’lchaydi. Agar ampermetrning qarshiligi Ra=0,02 Om va shuntning qarshiligi Rsh=5 mOm bo’lsa, bu ampermetr shuntsiz qanday eng katta tok kuchini o’lchashi mumkin?




  1. Mis simli g`altak chulg`amining qarshiligi da 10om ga teng. Tokga ulangandan kegin chulg`amning qarshiligi 12,2om ga teng bo`lib qoladi. Chilg`am qancha temperaturagacha qiziydi? Mis qarshiligining temperature koeffitsienti ga teng.




  1. Elektr lampochkasi volfram ipning qarshiligi 20oC da 35,8 Om ga teng. 120 V kuchlanishli elektr tarmog’iga ulangan lampochka tolasidan 0,33 A tok o’tsa, uning temperaturasi qancha bo’ladi? Volfram qarshiligining temperatura koeffitsiyenti 4,6·10-3 grad-1 ga teng.




  1. A mpermetr 3 A ni ko’rsatadi; R1=4 Om, R2=2 Om, R3=4 Om (rasm); R1, R2 va R3 qarshiliklarida potensialning tushushi hamda R2 va R3 qarshiliklardan o’tayotgan tokninh kuchi topilsin.




  1. Elementning qarshiligi tashqi qarshilikdan n marta kichik bo’lsa, uning uchlaridagi potensialning tushishi EYuK ning qancha qismini tashkil qiladi? Masala: 1) n=0,1 2) n=1, 3) n=10 shartlar uchun yechilsin.




  1. 10 A tokka mo’ljallangan, qarshiligi 0,18 Om va shkalasi 100 ga bo’lingan ampermetr berilgan. 1) Shu ampermetrda 100 A gacha bo’lgan tokni o’lchash uchun qanday qarshilik olish va uni qanday ulash kerak? 2) Bunda ampermetr shkalasi bo’linmalarining qiymati qanday o’zgaradi?




  1. 30 V gacha bo’lgan potensiallar ayirmasini o’lchashga mo’ljallangan, shkalasi 150 ga bo’lingan va qarshiligi 2000 Om bo’lgan voltmetr berilgan. 1) Shu voltmetrda 75 V li potensiallar ayirmasini o’lchash uchun qanday qarshilik olish va uni qanday ulash kerak? 2) Bunda voltmetr shkalasi bo’linmalarining qiymati qanday bo’ladi?


  1. Akkumlyatorlar batareyasining ichki qarshiligi r=3 Om. Agar batareya qisqichlaridagi potensiallar farqini RV=200 Om qarshilikni voltmetr bilan o’lchab uni EYuK sifatida qabul qilinsa, xatolik EYuK ning haqiqiy qiymatining necha foizini tashkil qiladi?




  1. Quvati 10vt bo`lgan 120v li lampochka berilgan. Lampochka 220v kuchlanishli tarmoqda normal yonishi uchun unga ketma-ket qanday qo`shimcha qarshilik ulanishi kerak? Shunday qarshilikni yasash uchun diametri 0,3mm bo`lgan nxrom simdan necha metr olish kerak?




  1. 110v kuchlanishga mo`ljallangan va quvvati mos ravishda 40, 40 va 80vt bo`lgan 3ta lampochka berilgan. Shu lampochkalar normal yonishi uchun 220v kuchlanishli tarmoqqa qanday ulanadi? Lampochkalar normal yonganda ulardan o`tadigan tok kuchi topilsin. Lampochkalarning ulanish sxemasi chizilsin.




  1. EYuK ε=1,5 V bo’lgan tok manbaiga R=0,1 Om qarshilikli g’altakni uladilar. Ampermetr I1=0,5 A tok kuchini ko’rsatdi. Tok manbaiga xuddi shunday EYuK li yana bitta tok manbaini ketma – ket ulaganlarida o’sha g’altakdagi tok kuchi I2=0,4 A bo’ldi. Birinchi va ikkinki tok manbailarining ichki qarshiliklari r1 va r2 lar aniqlansin.




  1. E.Y.K. 110v bo`lgan generatordan 2,5km masofaga energiya uzatish kerak. Iste’mol quvvati 10kvt. Tarmoqdagi isrof bo`lgan quvvat 1% dan ortmagandagi ulovchi simning minimal kesimi topilsin.




  1. Har biri uchtadan ketma – ket ulangan elementlardan iborat bo’lgan ikki guruh elementlar parallel ulangan. Har bir elementning EYuK ε=1,2 V, ichki qarshiligi r=0,2 Om. Hosil bo’lgan batareya R=1,5 Om tashqi qarshilik bilan yopilgan. Tashqi zanjirdagi tok kuchi I topsilsin.




  1. Batareyaning EYuK 240 V, qarshiligi 1 Om, tashqi qarshilik 23 Om. Batareyaning 1) umumiy quvvati, 2) foydali quvvati va 3) FIK topilsin.




  1. Tashqi qarshilikning ikki R1=5 Om va R2=0,2 Om qiymatida tashqi zanjirda ajralib chiqqan quvvat bir xil bo’lgandagi generatorning ichki qarshiligi topilsin. Ikkala holning har birida generatorning FIK topilsin.




  1. Elementni oldin R1=2 Om li tashqi qarshilikka so’ng R2=0,5 Om li tashqi qarshilikka ulanadi. Bu hollarning har birida tashqi zanjirda olinadigan quvvat bir xil va 2,54 Vt ga teng bo’lsa, elementning EYuK va uning ichki qarshiligi topilsin.




  1. E.Y.K 2v va ichki qarshiligi 0,5om bo`lgan element tashqi qarshilik R ga ulangan. 1) Zanjirdagi tok kuchining, 2) Tashqi zanjir uchlaridagi potensiallar ayirmasining, 3) Tashqi zanjirdan ajralgan quvvatning va 4) to`la quvvatning R qarshilikka bog`lanishi grafiklari chizilsin. R qarshilik om intervalda 0,5om dan olinsin.




  1. EYuK ε va ichki qarshiligi r bo’lgan element tashqi qarshilik R ga ulangan. Tashqi zanjirdagi eng ko’p quvvat 9 Vt ga teng. Bu holda zanjirdan o’tayotgan tok kuchi 3 A ga teng. ε va r ning qiymati topilsin.




  1. Ketma – ket ulangan lampochka va reostat tok manbaiga tutashtirilgan. Lampochka qisqichlaridagi kuchlanish U=40 V, reostatning qarshiligi R=10 Om. Tashqi zanjir P=120 Vt quvvat iste’mol qiladi. Zanjirdagi tok kuchi I topilsin.




  1. Akkumlyatorlar batareyasining EYuK ε=12 V, qisqa tutashuvning tok kuchi I=5A. Shunday batareyaga ulangan tashqi zanjirda qanday eng katta quvvat Pmax olish mumkin?




  1. EYuK ε=2 V va ichki qarshiligi r=0,5 Om bo’lgan akkumlyatorlar batareyasiga o’tkazgich uladilar. 1) Unda ajraladigan quvvat maksimal bo’lishi uchun lozim bo’ladigan o’tkazgichning R qarshiligi, 2) bu holda o’tkazgichda ajraladigan quvvat P aniqlansin.





  1. Yüklə 1,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin