I1=3 A tok kuchida akkumlyatorlar batareyasining tashqi zanjirida P1=18 Vt quvvat ajraladi. I2=1 A tok kuchida esa mos ravishda P2=10 Vt. Batareyaning EYuK ε va ichki qarshiligi r aniqlansin.
Qarshiligi r=100 Om bo’lgan o’tkazgichdagi tok kuchi τ=30 s davomida Io=0 dan Imax=10 A gacha bir tekisda o’sadi. Shu vaqt davomida o’tkazgichda ajralgan issiqlik miqdori Q aniqlansin.
3gVt·soat elektr energiyasi sarflab qancha suv qaynatish mumkin? Suvning boshlang’ich temperaturasi 10oC. Issiqlikning isrofi hisobga olinmasin.
1l suv 5 minutda qaynaydigan bo’lsa, elektr choynagining isitgichi necha vatt iste’mol qiladi? 2) Tarmoq kuchlanishi 120 V bo’lsa, isitgichning qarshiligi qancha bo’ladi? Suvning boshlang’ich temperaturasi 13,5oC. Issiqlikning isrofi hisobga olinmasin.
1l sig`imga ega bo`lgan suvli termostatning temperaturasi 26vt quvvatli isitgich yordamida o`zgarmas xolda saqlanadi, shu quvvatning 80% i suvni isitishga sarf boladi. Isitgichni uzib qoyilsa, 10min da termostatdagi suvning temperaturasi qancha gradusga pasayadi.
Uzunligi l=2 m va ko’ndalang kesimining yuzasi S=0,4 mm2 bo’lgan mis o’tkazgichdan tok oqmoqda. Bunda har bir sekundda Q=0,35 J issiqlik miqdori ajralmoqda. Bu o’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasidan 1 s da nechta N elektron o’tadi?
t=1 min davomida V=6 sm3 hajmli mis o’tkazgichdan o’zgarmas tok o’tganida Q=216 J issiqlik miqdori ajralib chiqdi. O’tkazgichdagi elektr maydon kuchlanganligi E hisoblansin.
E.Y.K lari xamda ichki qarshiliklari bo`lgan ikkta element o`zaro parallel ulangan. Elementlarning qisqichlardagi potensiallar ayirmasi topilsin.
Ikkita elektrolitik vanna ketma – ket ulangan. Birinchi vannada m1=3,9 g rux, ikkinchisida shu vaqt davomida m2=2,24 g temir ajraldi. Rux ikki valentli. Temirning valentligi aniqlansin.
Agar mis kuporosidagi elektrolizdan oqayotgan tokning zichligi j=80 A/m2 bo’lsa, t=5 soat vaqtda ajraladigan mis qatlamining qalinligi h aniqlansin.
AgNO3 eritmasi solingan elektrolitik vannaga ketma – ket ulangan ampermetr 0,90 A ni ko’rsatib turibdi. 5 min tok o’tgandan so’ng 316 mg kumush ajralib chiqqan bo’lsa, ampermetrning ko’rsatishi to’g’rimi?
Al2O3 eritmasidan elektroliz usuli bilan alyuminiy olishda eritilgan kriolitdan elektrodlardagi potensiallar ayirmasi 5 V bo’lganda, 2·104 A tok o’tgan. 1) 103 kg alyuminiy ajralishi uchun ketgan vaqt, 2) bunga qancha elektr energiyasi sarflanganligi topilsin.
Agar eritma orqali t=5 min vaqt davomida kuchi I=2 A bo’lgan tok oqqan bo’lsa, elektrolitik vanna katodida o’tirib qoladigan ikki valentli metallning modda miqdori ν va atomlar soni N aniqlansin.
Sirtqi ta’lim yo’nalishlarida tahsil oluvchi bakalavriat talabasi 1-nazorat ishini topshirishi uchun quyidagi jadvalda ko’rsatilgan o’z shrift nomeriga mos keluvchi variant nomeridan 10 ta masala yechishi kerak.