Diksiya ustida ishlash
o’quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor
bo’lishiga erishishdir. U savod o’rgatish uchun ham, ifodali o’qish, orfoepik va
orfografik malakani, xushovozlik ko’nikmasini o’stirish uchun ham juda muhimdir.
Yaxshi diktsiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog’liq, shuning
uchun diktsiyani o’stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning
egiluvchanligini oshirishga qaratiladi.
Diktsiya ustida ishlashda quyidagicha mashq turlaridan foydalanish mumkin:
65
1. Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan,
sara-shira-sara-shira
kabi
so’zlarni ovozni to qichqiriqqacha balandlatib, so’ngra esa ovozni to shivirlashgacha
pasaytirib talaffuz qilish.
2. Talaffuz tempini mashq qilish. SHu
sara-shira
kabi so’zlarni sekin talaffuz
qilib, tempni asta tezlashtira borish.
3. Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o’quvchilar qiyinchilik bilan yoki
noto’g’ri talaffuz qiladigan so’zlarni qayta talaffuz qilish mashqi.
4. Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish. Buning uchun
tez aytishlardan foydalaniladi. Misol:
Qishda kishmish pishmasmish, pishsa
kishmish qishmasmish.
Bolalarni so’zlayotganda to’g’ri nafas olishga, tovushlarni to’g’ri talaffuz
qilishga o’rgatish zarur. Ba’zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga
uyaladilar. Bunday vaqtda tovushni, so’zni xor bilan talaffuz qildirish, xor bilan
o’qitish, tez aytishlarni xor bilan ayttirish foydalidir.
Savod o`rgatish davrida o`quvchilar nutqini o`stirish
Boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilar nutqini
o’stirishdir. Nutq o’stirish uch yo’nalishda: so’z ustida ishlash, so’z birikmasi va gap
ustida ishlash, bog’lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik
adabiyotlarda qayd etilgan.
Savod o’rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo’nalish bo’yicha ish olib
boriladi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan savod
o’rgatish ham o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirish bilan bog’liq holda
uyushtiriladi. Savod o’rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo’lib,
ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, predmet darslar, rasm yuzasidan suhbat va
shu kabilar bilan bog’lanadi. Bu davrda o’quvchilar nutqini o’stirishning vazifalari
quyidagilardan iborat:
1) o’quvchilar nutqidagi kamchiliklarni to’g’rilash;
2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog’liq holda
lug’atini boyitish;
3) o’quvchilar nutqidagi ayrim so’zlarning ma’nosiga aniqlik kiritish;
66
4) gap va uch-to’rt gapli kichik “hikoyacha” (bog’lanishli nutq)ni og’zaki
to’g’ri tuzish ko’nikmasini o’stirish.
Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi
predmetlar bilan tanishish yordamida so’zni ongli ishlatishga; ikkinchidan, turli
sodda yig’iq gap
(Bolalar yuguryaptilar)
, sodda yoyiq gap
(Lola do’konga bordi)
,
uyushiq bo’lakli gap
(Anvar o’qidi va yozdi)
tuzadilar. Ular bu ko’nikmalarni
amaliy-mashqlar yordamida egallaydilar.
Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiatni kuzatishlari nutq
o’stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Narsalar, uy-ro’zg’or buyumlari,
o’simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun mavzu bo’lib xizmat qiladi. Suhbat
jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi.
Birinchi sinf o’quvchilari nutqni o’stirishda bolalarning o’yin va ermaklari,
rasm ko’rish va
“Bu nima?”, “Bu kim?”, “U nima qilyapti?”
kabi savollar asosida
suhbatdan ham foydalaniladi.
Savod o’rgatish davrida nutq o’stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli
predmetlarning nomini, ularning belgilarini aytish, predmetlarni ma’lum belgilari
asosida guruhlash kabi mashqlar kiradi. Masalan, o’qituvchining topshirig’iga
muvofiq, ma’lum bir mavzuda (kuz, mevali bog’, sinf, maktab haqida) ikki so’zdan
iborat gap tuzadilar; keyinroq esa shunday yig’iq gaplar tuzib, uni savollar
yordamida yoyiq gapga aylantiradilar. Ular o’rgangan harflaridan so’zlar va kichik
gaplar tuzib yozadilar.
O’qish darslarida o’quvchilar rasmga qarab kichik hikoyacha tuzadilar,
o’qituvchi savoliga to’liq javob berishga o’rganadilar. Alifbedagi rangli chiroyli
rasmlar tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o’simliklarning
nomini idrok etishga, bilib olishga yordam beradi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilarning talaffuzi ustida ishlash ham katta
ahamiyat kasb etadi, chunki ko’pgina bolalar talaffuzida kamchiliklar bo’ladi: bir
tovush o’rniga boshqasini (
sh
o’rniga
s, r
o’rniga
l
) talaffuz qiladilar, chuchuk til
bilan duduqlanib gapiradilar, so’zdagi ayrim tovushni tushirib yoki boshqa bir
tovush qo’shib talaffuz qiladilar, tovushlar o’rnini almashtirib qo’yadilar va hok. Bu
67
kamchiliklarni bartaraf etish uchun logopedlar maxsus mashqlardan foydalanadilar.
O’qituvchi ham har bir darsda va darsdan tashqari vaqtda o’quvchilar talaffuzini
kuzatib borishi, kamchiliklarni aytib, to’g’ri talaffuz namunasini ko’rsatishi lozim.
Savod o’rgatish davridagi har bir dars jarayonida nutq o’stirish ishiga alohida
e’tibor qaratish lozim. SHundagina o’quvchilarda adabiy nutq (shevalar ta’sirisiz,
adabiy me’yor asosidagi nutq) ko’nikmalari shakllanadi va malakaga aylanadi. SHu
o’rinda “Alifbe”
(mualliflari: R. Safarova, M. Inoyatova, M. SHokirova, L.
SHermamatova)
darsligi asosida bir soatlik dars namunasini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: |