2008 yil,19may, Nortgempton.
Ella uy yumushlari kutayotganini eslab,
«Shirin shakkoklik» qo'lyozmasining kelgan
betini belgiladida, yopdi va stoldan boshqa
yoqqa olib qo'ydi. Lekin roman muallifi uni
qiziqtirib qo'ygan edi va Internetga kirib A.Z.
Zaxarani izladi. Bu shunchaki oddiy qiziqish
edi. Qizig'i shundaki, u yerda yozuvchining o'z
blogi bor ekan. Uning varaqlari safsarrang va
feruzaranglar bilan qoplangan bo'lib, tepasida
uzun oq libos kiygan erkak ohista aylanar edi.
Ilgari aylanuvchi darvishlarni sira ko'rmagan
Ella tasvirga uzoq qarab qoldi. Blog «Hayot»
deb atalmish tuxum po'chog'i» deb nomlangan
edi. Pastda xuddi shunday sarlavhali she'r ham
bor edi:
Biz bir kun sen bilan suhbat qururmiz!
Va bir kun sen bilan bo'lurmiz birga!
Axir dilimizda juda yaqinmiz,
Garchi ko’rinishda bo'lsak-da boshqa.
Blogda dunyoning turli mamlakatlaridan
yuborilgan xabarlar ko'p edi. Har bir xabar
ostiga uning qayerdan yuborilgani haqida bir
necha so'z yozilgan. Bunda uch narsa uning
diqqatini o'ziga tortdi. Birinchisi: A.Z.
Zaxaraning birinchi «A» harfi Azizni bildirishi.
Ikkinchisi: Aziz o'zini so'fiy hisoblashi.
Uchinchisi- u hozir Gvatemalaning qayeridadir
sayohatda ekani edi, Boshqa bo'limga borilgan
joylardan olingan fotosuratlar qo'yilgan edi.
Bulardan ko'pi turli til va millat kishilarining
portretlari edi. Odamlar bir-birlaridan
qanchalik farq qilmasinlar, ularni
birlashtiruvchi bir umumiyat bor edi: har birida
nimadir yetishmas edi. Ba'zilarining kiyimida
biron detal, masalan, zirak, tufli, tugmacha
etishmas edi; boshqalarida tish, barmoq, oyoq
kabi muhimroq narsalar yo'q edi. Ella
fotografiyalar ostidagi yozuvni o'qi- di:
«Bizning qaerda yashayotganimizning
ahamiyati yo'q, hammamiz ham ich-ichimizdan
o'z noqisligimizni, bizga nimadir etishmasligini
his etamiz, go'yo nimamiznidir
yo'qotgandaymiz va uni topishimiz kerak. Bu
nima ekanini ko’pchiligimiz hech qachon bila
olmaymiz. Bila olgan ozchilik esa uni izlashni
boshlaydi».
Ella bu yozuvlarni diqqat bilan o'qidi, har bitta
rasmni, Azizning biron izohini o'tkazib
yubormasdan ko'rib chiqdi. Pastda elektron
manzil berilgan edi - azizZahara@gmail.com.
U manzilni qog'ozga ko'chirib oldi, keyin
Rumiyning quyidagi she'riy satrlarini ko'rib
qoldi:
Ishq izla odamzot, izlagal ishqni!Ishq totin
tuymasdan yorug' dunyoda yashashning qadru
qimmati yo'q tushungil buni.
Ella she'rni o'qidi-yu, shu zahoti yalt etib
miyasiga g'alati fikr keldi: Aziz 3. Zaxaraning
butun blogi - undagi fotografiyalar, izohlar,
sitatalar va she'rlar - bularning hammasi
faqatgina unga (Ellaga) mo'ljallanganday
tuyulib ketdi.
Keyinroq u qattiq charchoqni va o'zidan
norizolik hissini tuygan holda deraza yonida
o'tirardi. Quyosh botmoqda edi, oshxonani
duxovkada pishayotgan yong'oqli, shokoladli
pirojniy isi tutib ketgan edi. «Shirin
shakkoklik» qo'lyozmasi stolda ochilgancha
yotar, lekin Ella fikrlar ortidan shunchalar
ergashib ketgan ediki, diqqatini kitobga to'play
olmay qolgan edi. Dabdurustdan miyasiga men
ham hayotning asosiy qoidalari to'g'risida biron
nima yozsam bo'lar ekan, degan fikr kelib
qoldi. Keyin uni balki «Kundalik ro'zg'or
tashvishlariga bo'g'zigacha botgan uy
bekasining qirq qoidasi» deb atasa bo'lar?
- Birinchi qoida, - to'ng'illadi u. - Sevgi
orzusiga chek qo'yish kerak! Turmush kurgan
qirq yashar ayol hayotida bundan ancha muhim
bo'lgan narsalar bor.
Va bu hazili unga o'sha ancha muhim
narsalarni esiga soldi. U boshqa chiday olmay,
qiziga telefon qildi. Lekin qiziga emas,
avtojavob beruvchi apparatga gapirishiga to'g'ri
keldi.
- Janet, azizam, men Skottga telefon qilganim
noto'g'ri bo'lganini tushundim. Lekin men buni
sira yomon xayolda qilmadim, shunchaki aniq
ishonch hosil qilmoqchi edim, xolos...
Ella birpas jim qoldi, aytadigan gaplarini
oldindan tayyorlab qo'ymaganiga afsuslandi.
Avtojavob beruvchining shovqini uning
asabiga tegardi.
- Janet, meni kechir. Men asli shunday ajoyib
oilam borligi uchun xursand bo'lishim
kerakligini bilaman. Lekin... agar bilsang...
men juda baxtsizman...
Shiq etgan ovoz eshitildi. Avtojavob beruvchi
o'chgan edi. Beixtiyor og'zidan chiqib ketgan
oxirgi so'zlaridan yuragi qattiq qisildi. Nima
bo'ldi, meni jin urdimi? Axir uning miyasiga
hech qachon men baxtsizman, degan fikr
kelmagan edi-ku! Nahotki inson o'zining ezilib
yurganini o'zi bilmasa? Eng ajablanarlisi, shu
gapni aytganidan zarracha afsuslanmadi ham.
Ellaning ko'zi Aziz 3. Zaxaraning elektron
manzili yozilgan qog'ozga tushdi. Manzil juda
oddiy edi,
bu uni go'yo nimanidir yozishga
chorlayotganday edi. Ella uzoq o'ylab
o'tirmasdan kompyuter oldiga o'tirdi va xat
yoza boshladi:
Dostları ilə paylaş: |